Mundarija: Kirish i-bob. Quyi Amudaryo okrugining tabiiy-geografik xususiyatlari


Quyi Amudaryo okrugining tabiiy geografik vaziyati



Download 49,09 Kb.
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi49,09 Kb.
#950153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
quyi amudaryo okrugi

2.2. Quyi Amudaryo okrugining tabiiy geografik vaziyati
Orol bo`yida hukm surayotgan noqulay ekologik vaziyat ushbu mintaqada aholi migratsiyasining avj olishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, qishloq xo`jaligida foydalanadigan yerlarining yaroqsiz holatga kelishi, kuchli darajada sho`rlanishi aholining qishloqlardan shaharlarga ko`chishiga sabab bo`lmoqda. Ayrim hollarda mintaqa aholisining boshqa viloyatlarga ham borib o`rnashishi kuzatilmoqda. Bu esa aholining hududiy tarkibidagi o`zgarishlarga olib keladi.
Mintaqa mamlakatimizning ekologik jihatdan eng noqulay mintaqasidir. Hudud aholisi orasida sil, yuqumli ichak xastaliklari, tug`ma nuqson bilan tug`ilishlar, buyrak va o`t qopining surunkali kasalliklari eng ko`p uchraydi. Bu jihatdan Qoraqalpog`iston Respublikasi mamlakatimizda yetakchi o`rinlarda turadi. Ayniqsa mazkur respublikada aholining sil bilan xastalanish holatlari nihoyatda yuqori. 2005 yilda O`zbekistonda har 100 ming aholiga sil bilan og`riganlar 75,9 kishini tashkil etgan bo`lsa, ushbu hududda bu raqam 138,1 kishiga teng bo`lgan. Qorao`zak (300.2), Mo`ynoq (238,7), Chimboy (227,2) va Taxtako`pir (216,9) tumanlarida ko`rsatkichlar mamlakat darajasidan bir necha bor yuqori.
Mintaqa tarkibiga kiruvchi Xorazm viloyati maydoni 6,1 ming km2, aholisi 01.01.2006 ma`lumotlariga ko`ra, 1453,9 ming kishi yoki respublika aholisining 5,5 foizi shu viloyat hissasiga to`g`ri keladi. O`rtacha zichlik 238,7 kishi. 2005 yilda umumiy kasallanish har 1000 aholiga 599,2 kishiga teng bo`lgan, boshqacha qilib aytganda, mamlakat aholisi jami kasallanishining 7,1 foizi ushbu viloyat aholisiga tegishlidir. Mazkur ko`rsatkich bo`yicha viloyat Qoraqalpog`iston Respublikasidan ham yuqori o`rinni egallaydi. Umumiy o`lim har 1000 kishiga 4,5 kishi, kishi; bolalar o`limi 16,3 promillega teng.
Viloyat tabiiy-ekologik sharoiti jihatidan Qoraqalpog`iston Respublikasidan qolishmaydi. Uning Orol dengiziga yaqinligi, bu yerda yuzaga kelgan ekologik vaziyat viloyat aholisi salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Viloyatning Gurlan, Yangibozor, Urganch tumanlarida aholining o`lim ko`rsatkichlari birmuncha yuqori. Ushbu tumanlar bolalar o`lim ko`rsatkichlari bilan ham ajralib turadi. Hudud aholisi orasida ruhiy kasalliklar bilan og`riganlar birmuncha ko`pchilikni tashkil etadi. 2005 yilda har 100 ming aholiga 119,0 kishiga teng bo`lgan.
Mintaqa tarkibidagi har ikkala hududda ham yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. Ichimlik suvi tarkibining gigienik talablarga javob bermasligi oqibatida mazkur rayonda ham yuqorida ta`kidlab o`tgan kasallik tur va guruhlari keng tarqalgan. Aytish joizki, Xorazm viloyatida ayollar o`lim ko`rsatkichlari boshqa mintaqalarga nisbatan birmuncha yuqori holatda. Nafaqat Xorazm hududida, shuningdek Qoraqalpog`iston Respublikasida ham aholining asab tizimi kasalliklari bilan kasallanish ko`rsatkichlari yil sayin ortib bormqda. Bu holatlarning barchasini o`lkaning ekologik inqiroz o`chog`i bo`lib qolganligi bilan ham izohlash mumkin.
Quyi Amudaryo rayoni tibbiy geografik jihatdan ham muammoli hudud sanaladi. Bu yerda, eng avvalo,Orol muammosi bilan bog`liq kasalliklar ko`zga tashlanadi.
Quyi Amudaryo rayoni tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi sil bilan kasallanish bo`yicha O`zbekistonda ajralib turadi. Oxirgi 10-15 yillik statistik ma`lumotlar shundan guvohlik beradiki, sil kasalligi ko`rsatkichlari bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichlar Qoraqalpog`iston Respublikasiga to`g`ri keladi. 1991 yilda sil bilan kasallanish har 100 ming aholiga mazkur hududda 97,3 kishini, 2002 yilda 183,0 kishini tashkil qilgan holda, 2005 yilda bu ko`rsatkich 138,1 kishiga teng bo`lgan. Respublikamizdagi biror bir hudud bu jihatdan Qoraqalpog`istonga tenglasha olmaydi. Mintaqaning tabiiy-ekologik sharoiti, aholining ijtimoiy holatidagi o`ziga xos muammolar ushbu kasallikning hududda tez sur`atlar bilan ortib borishiga sabab bo`lmoqda.
Demak, mamlakatimizda sil kasalligi salmog`i eng yuqori rayon bu-Qoraqalpog`iston Respublikasi hisoblanadi. Shu sababli mazkur mintaqa sil kasalligining tipik o`chog`i sanaladi va uni biz alohida rayon sifatida qarash to`g`riroq bo`ladi.
Quyi Amudaryo nozogeografik o`lkasi tarkibidagi Xorazm viloyati aholisining sil bilan kasallanish ko`rsatkichlari bo`yicha O`zbekistonda oldingi o`rinlardan birini egallamasada, biroq viloyatdagi Pitnak (128,7), Urganch (93,2) shaharlarida ko`rsatkichlar respublika darajasidan birmuncha yuqoridir. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, muayyan kasallik bilan aholining kasallanish holatlari viloyatlarning yoki boshqa hududiy birliklarning barcha joyida ham bir xil bo`lavermaydi.
Ushbu kasallikka chalinganlar salmog`i yuqori bo`lgan hududlar faqat yirik mintaqalar doirasida emas, balki kichik maydonlarda ham tarqalgan bo`lishi, bunday areallar yirik hududlarda nihoyatda tarqoq holatda zam bo`lishi mumkin. Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasining Qorao`zak, Mo`ynoq, Beruniy va Chimboy tumanlarini bunga misol keltirsa bo`ladi. Ushbu tumanlar nafaqat mintaqada, qolaversa, respublikamizda aholisining sil bilan kasallanish ko`rsatkichlari bo`yicha o`ziga xos hisoblanadi. Mazkur tumanlarda sil bilan kasallanish har 100 ming kishiga 200-300 kishini tashkil qiladi. Ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar ushbu kasallikning avj olishiga sabab bo`lmoqda. Aynan shu hududlarni respublikamizdagi sil kasalligining nozogeografik o`choqlari deb qarash mumkin.

Xulosa
Ushbu “Quyi Amudaryo okrugi tabiiy geografiyasi” mavzusidagi kurs ishini yozish jarayonida geografiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning hozirgi holatini o’rganib, shu narsaga amin bo’ldikki, geografiya ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyati juda katta. Mazkur imkoniyatlarni anglash, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy va texnologik yondashish o’quv mashg’ulotlarini qiziqarli bo’lishini ta’minlash bilan birga o’quvchilar tomonidan har bir mavzu bo’yicha bilimlarni puxta egallashlari uchun zamin yaratadi. Kurs ishida geografiyani o’qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarning xususiyatlarini “Quyi Amudaryo okrugi tabiiy geografiyasi” bo’limi misolida yoritib berishga harakat qildik.
SHuning uchun bunday salbiy holatlarni oldini olishning samarali yo’li sifatida ta’limning turli samarali usullari, xususan, ilg’or pedagogik texnologiyalarni izchil va maqsadga muvofiq tadbiq etish hamda undan oqilona foydalanish orqali o’quvchilar faolligi, fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, geografiya ta’limi samaradorligini oshirishga erishishimiz mumkin.
Quyi Amudaryo okrugi tabati mavzulariga yuqoridagi texnologiyalar asosidagi dars ishlanmalari tuzildi va tajriba-sinvdan o’tkazildi va quyidagi afzalliklar aniqlandi:
- O’quvchilar tomonidan o’quv materiallari yuqori darajada o’zlashtirilishiga, o’z ustida mustaqil ishlashga, mustaqil fakr yuritishga imkon yaratadi;
- O’quvchilarda o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalar shakllanadi;
- O’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usini vujudga keltiradi:
Umumiy xulosa qilganda barkamol shaxsni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish xolatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.



Download 49,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish