Mundarija: Kirish i-bob. Quyi Amudaryo okrugining tabiiy-geografik xususiyatlari



Download 49,09 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi49,09 Kb.
#950153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
quyi amudaryo okrugi

Kurs ishining ob’ekti: Quyi Amudaryo o’lksi mavzulari bo’yicha tashkil etilgan darsliklar.
Kurs ishining predmeti: Quyi Amudaryo okrugi tabiiy geografiyasi
Kurs ishining maqsadi: : Quyi Amudaryo o’lksini pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish orqali geografiya ta’limi samaradorligini oshirish.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni belgilandi:

  • Geografik o’rni, geologik tuzilishi va rel’efi

  • Iqlimi va ichki suvlari

  • Tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi

  • Quyi Amudaryo mintaqasining iqtisodiy geografik muammolari

  • Quyi Amudaryo okrugining tabiiy geografik vaziyati

  • Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o’tkazish va olingan natijalarni xulosalash.

Kurs ishining amaliy ahamiyati: Umumiy o’rta ta’lim maktablari geografiya fani o’qituvchilari uchun geografiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oid uslubiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kirish, 2 ta bob, 5 ta bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


I-bob. Quyi Amudaryo okrugining tabiiy-geografik xususiyatlari.
1.1. Geografik o’rni, geologik tuzilishi va rel’efi.
Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi Qoraqum cho’li bilan Orol dengizi orasida joylashib o’z ichiga Amudaryoning qadimiy va hozirgi zamon deltasini oladi. Okrugni g’arbdan Ustyurt, janubdan Ungizorti Qoraqum, sharqdan Qizilqum va Sultonvays tog’lari, shimoldan esa Orol dengizi o’rab turadi. Quyi Amudaryoning ushbu chegara orasidagi maydoni 46 ming kv km ni tashkil etadi.
Quyi Amudaryo okrugi janubi-sharqdan shimoli-g’arb tomonga cho’zilgan bo’lib, shu tomonga kengayib, pasayib boradi. Okrug janubda Tuyamo’yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom ztadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo’lib, kengligi bir. xil emas. Eng janubiy qismida Tuyamo’yin tangligida okrugning kengligi taxminan 10—12 km bo’lib, shu yerdan Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanadi va shimoli-g’arbga (qarab kengayib, Xorazm-Toshxovuz tekisligini hosil qiladi hamda kengligi 75—80 km ga yetadi. Amudaryoning qadimiy deltasi Taxtatosh tangligigacha davom etadi va torayadi, so’ngra shimolga tomon yana kengayib qadimiy delta tugab, Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi hamda Orol dengizigacha davom etadi. Shu yo’nalish bo’yicha delta pasayadi va kengayib, ba'zi yerlarda 140—150 km ga yetadi.
Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvialdelta yotqiziqlarining asta-sekin to’planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o’sishi tufayli vujudga kelgan. Binobarin, Quyi Amudaryoda quruqlikning vujudga kelish jarayoni janubi-sharqdan, ya'ni Tuyamo’yin tangligidan shimoli-g’arb, shimol tomonga qarab davom etgan. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo’lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. So’nggi 35 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba'zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi [6].
Quyi Amudaryo yotqizyqlari yoshi va litologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Okrugdagi eng qadimiy jinslar uning negizini tashkil etuvchi bo’r davr yotqiziqlari bo’lib, ustini paleogen, neogen va, antropogen jinslari qoplab olgan.
Quyi Amudaryoniing qadimiy deltasi antropogen allyuvial yotqiziqlaridan (gil, gilli qum, qumok, qumloq va bosh.) iborat bo’lib, ularning qalinligi (bo’r, davrning tub jinslari ustidan) 20 m, ba'zi joylarda 100 m. ga yetadi. Shuningdek, kadimiy delta chetlarida, ba'zi kichik botiqlarda ko’l yotqiziqlari xam uchraydi.
Quyi Amudaryoning hozirgi zamon deltasi esa, asosan, antropogen davr allyuvial, eol yotqiziqlaridan — qumoq, qumli, gilli qum, gil kabi jinslardan tashkil topib, qalinligi 80— 140 m ga yetadi.
Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida esa hozirgi zamon yotqiziqlari, (qum, kumloq, gil) bo’lib, ular tarkibida har xil tuzlar mavjud, ba'zi joylari esa botqoqlashgan.
Quyi Amudaryo okrugining qadimdan sug’orib dexqonchilik qilinadigan yerlari (Xorazm) da qalishshgi 2—3 m ga yetuvchi agroirrigao’iya qatlami vujudga kelgan.
O’zbekistonning shimoli-g’arbiy qismida, Amudaryo etaklarida Amudaryo deltasi joylashgan. Bu janubi-sharqda Amudaryoning Tuyamo’yin degan toraygan joyidan boshlangan bo’lkb, to Orol dengizigacha cho’zilib ketgan va Amudaryo olib kelgan kalin cho’kindi jinslar bilan qoplangan. Uning balandligi Tuyamo’yinda 125 m, Orol dengizi yaqnnida esa 53 m. Amudaryoning deltasi ikki qismga bo’linadi: uning qadimgi deltasi Amudaryoning chap qirg’og’iga joylashgan. Buning ustki qismi deyarli tekis bo’lib, undan janubi-sharkdan shimoli-g’arb tomon qadimgi daryo o’zanlari cho’znlib ketgan. Qadimgi zamonlarda Amudaryo suvi o’zanlar orqali Sariqamish ko’liga quyilgan. Bu daryo o’zanlarining shimoldagisi Daryolik (Kunadaryo), o’rta kismidagisi Dovdan, janubdagisi Chirmanyob va Tonidaryo deb ataladi. Qadimgi daryolarning bu o’zanlari Amudaryodan deyarli 200 km g’arbga karab cho’zilgan va ular o’zanlarining ko’p qismi Turkmanpston xududida joylashgan. Bu kadimgi daryo o’zanlari qing’ir-qiyshiq shaklda bo’lib, uning kirg’oqlarida qum barxanlari va kum tepalari, o’zanida esa sho’rxok, taqir va mayda sho’r ko’llar uchraydi[6].
Amudaryoniig ikkinchi hozirgi zamon deltasi Taxnatoshdan boshlanadi. U Amudaryoning bir qancha suvln va suvsiz tarmoqlari bilan kesilgan bo’lib, atrofidagi tekisliklardan birmuncha ko’tarilgan. Uning tekis yuzasi faqat xar joy xar joyda ko’tarilib turgan balandliklar va uchlamchi davrlarda yotqizilgan tog’ jinslaridan tuzilgan. Bu tekisliklarni Qo’shxonatog’, Burlitog’, Beltog’, Jumurtog’, Qiziljar va boshqa uncha baland bo’lmagan balandliklar buzib turadi. Ularning balandligi 200 metrdan oshmaydi, yon bag’irlari tik bo’lgani uchun atrofdan juda tik ko’tarilib turadi. Hozirgi Amudaryo deltasining umumiy maydoni 19600 km2, qadimgi deltasi bilan birga hisoblanganda 44 220 km2 ni tashkil etadi va dunyodagi eng katta deltalardan biri hisoblanadi.
Quyi Amudaryo okrugi yer usti tuzilishi jihatidan yassi tekislik bo’lib, shimolga va shimoli-g’arbga qarab bir oz nishabdir. Lekin qiyaligi juda sezilarsiz (qiyaligi 0,0017) ligi tufayli Amudaryo tarmoqlanib, ilon izi bo’lib, sekin oqadi (1-rasm). Shuning uchun Amudaryoning qadimiy o’zanlari vujudga kelib uning relefini ancha murakkablashtirgan. Usha qadimiy o’zanlar orasida nisbiy balandliklari 60—80 m: ga yetuvchi bir necha tepalik dar, marzalar va qoldiq tog’lar mavjud. Shular jumlasiga Quyanchiq, Qoratov, Qummeltov, Jumirtov, Borlitov, Kuskantov, Qoshqantov, Beltov, Manqir, Tuzqir, Tarimqiya, Zangibobo va boshqalar kiradi. Bu tepaliklarning ba'zilari qadim yaxlit bo’lib, daryoning «tentirab» okishi tufayli, ular bo’laklarga bo’linib ketgan. Daryoning o’sha qadimiy o’zanlari o’rnida esa kichik ko’llar vujudga kelgan.
Quyi Amudaryo okrugi hududidagi eng muhim qadimiy o’zanlari uning o’ng qirg’og’idagilari — Orol tomon yo’nalgan Shortonbay, Kreyt-Uzak, Itkra-Uzak, QoraUzak, Kindiksay, Qorako’lsay va boshqalardir. Chap qirg’oqdan boshlanuvchi va Sariqamish bogig’i tomon yo’nalgan eng qadimiy o’zani Kuhnadaryo, Daryoliq va Daudan hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda XVI asrgacha Amudaryo suvining bir qismi vaqtvaqti bilan (suvi ko’p bo’lganda) Ko’hnadaryo orqali Sariqamish ko’liga quyilib turgan. V. V. O’inzerlingning ma'lumotiga ko’ra 1878 yili Amudaryo suvi toshganda Qo’hnadaryo o’zanidan sekundiga 60 kubometr suv uch oy Sariqamish botig’iga oqib turgan [6].
Quyi Amudaryo relefining tabiiy holatini o’zgartishda insonning xo’jalik faoliyati ham muhim relef hosil qiluvchi omilga aylangan. Chunki inson o’zining ko’p asrlik xo’jalik faoliyatida Quyi Amudaryo yerlarini tekislagan, jarlarni ’ldirgan, ariq va zovurlar qurgan, oqibatda okrug yer usti tabiiy holatini o’zgartgan.

Download 49,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish