Mundarija kirish I. Bob qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasining o‘rni


Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi jahon va O’zbekiston tajribasida



Download 68,38 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2022
Hajmi68,38 Kb.
#679164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Qishloq xo\'jaligi korxonalari

2.2 Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi jahon va O’zbekiston tajribasida.
Infratuzilma vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, samarali faoliyat olib borishi uchun asos ekanligi va ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish hamda ularga turli xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ma’lum vazifalarga ega bo‘lgan tarmoqlarning iqtisodiy tizimi sifatida muhim nazariy tushuncha bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “infratuzilma” tushunchasi mazmuniga nisbatan bugungi kunda bir xil qarash yo‘q, bu esa mazkur kategoriyaning mohiyatini ochishga nisbatan olimlar orasida turli yondashuvlar borligi bilan izohlanadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi bor harbiy qurolli kuchlarning to‘laqonli faoliyat yuritilishi uchun zarur bo‘lgan obyektlar va inshootlar majmuasi sifatida muomalaga kiritilgan. G‘arb davlatlari taraqqiyot bosqichinirtg 1940-yillariga kelib infratuzilmani moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shartsharoitlar yaratuvchi tarmoq va muassasalaming yaxlit bir tarkibi sifatida tushungan.5 1970-1980-yillardan sobiq ittifoq respublikalarining iqtisodiy adabiyotlarida, odatda, infratuzilmani muhandis- texnik bino va inshootlaming yig‘indisi sifatida ko‘rilgan. Iqtisodiy adabiyotda infratuzilma terminiga turlicha izoh berilgan. Lug‘aviy ma’nosiga qaraydigan bo'lsak, infratuzilma (lotincha infra - quyi, struktura - joylashuv, tuzilish) turli-tuman xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy texnika ta’minoti, suv bilan ta’minlash, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish va boshqalami o‘z ichiga oladi. Ushbu tushuncha iqtisodiyot nazariyasi fani tushunchalari majmuida dastlab XX asming 40 yillarida paydo bo‘ldi. Unga iqtisodiy tizimdagi mustaqil element sifatida qarashga undovchi sabablar, bir tomondan, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuv jarayonlari; boshqa bir tomondan esa - infratuzilmani faqat bozor mexanizmi orqali to‘laqonli rivojlantirish mumkin emasligi bilan baholanadi. Bu infratuzilma korxonalarini rivojlantirishda ikki asosiy yo‘nalish mavjudligini ko‘rsatadi. Birinchi yo‘nalish infratuzilma korxonalari ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida rivojlanishini ko‘zda tutsa, ikkinchi yo‘nalish infratuzilma korxonalari rivojlanishini tartibga solishda davlatning rolini oshirish zaruriyatini ifoda etadi.
Iqtisodiy tizimlami tashkil etish masalalarini o‘rganish asosida infratuzilma tushunchasining turlicha ta’riflarini ifoda etuvchi, ko‘plab yo‘nalishlaming paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratdi.
Mazkur yondashuvlardan biri infratuzilmani ishlab chiqaruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri foydani ta’min etmaydigan, sotishga tayyor bo‘lgan tovar ko‘rinishidagi bevosita natijani ham bermaydigan jamiyatning ustama xarajatlari sifatida qarab chiqishda ifodalanadi. Boshqa bir nuqtayi nazar ushbu kategoriyani korxonaning ustama xarajatlarini qisqartirgani, shu bilan birga, kapital aylanishini osonlashtirgani
holda, nafaqat birlamchi maqsad yalpi talab va bandlikni oshirish, balki bozor sektorida foyda me’yorini oshirishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlar majmui (yo‘l tarmog‘i, transport vositalari, yer tuzilishi va boshqalar) sifatida tasavvur yetishda o‘z aksini topadi.
G‘arb ilmiy va о‘quv adabiyotlarida yaxlit iqtisodiyot tarmoqlari infratuzilmasi deyilganda, masalan, amerikalik olimlar Makkonel K.R., Bryu S.L.ning ta’kidlashicha, infratuzilma milliy iqtisodiyot darajasida “fuqarolar va firmalar tomonidan ulardan foydalanish, odatda, davlat tomonidan ta’minlanadigan kapital qurilmalardir (yo‘llar, shahar transport tizimlari, suv tozalash qurilmalari, munitsipal suv ta’minoti tizimlari, aeroport)”, shuningdek, “infratuzilma firma uchun - mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xizmatlar va qurilmalardir (suv ta’minoti, elektroenergiya, ishlab chiqarishlarini olib ketish, yuklami tashish, ilmiy- tadqiqot va loyiha- konstruktorlik ishlari, moliyaviy va bank xizmati)”6. Ulami o‘z mablag‘lari bilan tashkil etish qimmatga tushganligi bois davlat va boshqa firmalar tomonidan ta’minlanadi, deb ta’kidlaganlar.
Bir qator tadqiqodchilar “infratuzilma” tushunchasini iqtisodiyotga P.N.Rozenshteyn-Rodan kiritgan deb hisoblaydilar. Uning fikricha, infratuzilmaga “barcha aholining ehtiyojlarini qondimvchi va iqtisodiyotning asosiy sohalarida xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini ta’minlovchi umumiy shart-sharoitlar majmuasi, yoki asosiy sohalar ...” deb ta’rif bergan7. R.Ioxemsen o'zining “Infratuzilma nazariyasi” nomli asarida infratuzilmani hududlarda yaxlit xo‘jalikni tashkil etishga ko‘maklashuvchi moddiy, shaxsiy va institutsional faoliyat turlari va ular tashkilotlarining yig‘indisi deb talqin etgan.8
Taniqli iqtisodchi olim P.Samuelsonning infratuzilmani rivojlantirish iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy mavqeyina mustahkamlashi uchun qulay sharoit yaratib berishiga olib keladi deb bergan ta’rifi bugungi globallashuvi sharoitida xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va ular mavqeining mustahkamlanishi uchun muhim nazariy va amaliy asosdir.9
Iqtisod sohasiga oid ruscha adabiyotlarda ham infratuzilma tushunchasiga nisbatan yaxlit fikrlar uchramaydi. Quyidagi ta’rif bir muncha umumlashgan ta’rif hisoblanadi: “Infratuzilma-bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (ijtimoiy) sohalarining yordamchi tarmoqlari (quyi tarmoqlari)ning umumiyligidi.” Infratuzilmafting ko‘pchilik talqinlarida mualliflarning fikrlaridan kelib chiqqan holda, tarmoqlar to‘plami nazarda tutilsa-da, ammo tarmoq to‘plamlaridagi rang-baranglik uni turlicha tushunishga olib keladi. Xususan N.F.Chemyavskiy sanoat va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi xalq xo‘jaligi tarmoqlari majmuini: yuk saqlash omborlari, aerodromlar, ko‘priklar, portlar, suv omborlari, kanallar, avtomobil yo‘llari qurish, energetika xo‘jaligi, temir yo‘l transporti, aloqa, suv ta’minoti va kanalizatsiya, umumiy va kasbiy ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va shu kabi sohalarga xarajatlami infratuzilma10, deb ataydi. Ko‘plab tarmoqlami sanab o‘tishga intilish, odatda, tushunchaning mavhumlashishiga olib keladi, buning natijasida esa kategoriyaning mohiyati ham yo‘qolib boradi.
V.P. Fedko va N.G. Fedkolar “infratuzilmani ma’lum hududda takror ishlab chiqarish obyektlari birligi va ulaming samarali faoliyatini ta’minlovchi sohalari yig‘indisidan iborat” degan fikmi ilgari surganlar11. L.A.Merkushev infratuzilmaga ikkinchi soha sifatida ta’rif berib, “Umuman, bu qo‘shimcha faoliyat turi bo‘lib, asosiy obyektga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan”, deb yozadi.12 Shuningdek, iqtisodchi olimlar V.Jamin, S.A.Xeynman, S.S.Darosov ham yuqoridagi infratuzilmaga berilgan ta’riflarga mazmun jihatidan o‘xshash fikrlami bildiradi.
Infratuzilmaga A.Seleznev tomonidan berilgan ta’rif o‘zining keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning fikricha, ≪qishloq infratuzilmasi mintaqadagi subyektlar o‘rtasida moddiy, moliyaviy va boshqa shakllanishni ta’minlovchi ma’lum obyektlar, institutsional tuzilmalar majmui bo‘lib, ishlab chiqarish, muomala va iste’mol sohalarini yagona zanjirga birlashtiradi. Iqtisodiyotda moddiy, moliyaviy va axborotlar oqimini aylantirishni tezlashtirish hamda ijtimoiy rivojlanish samaradorligini oshirishni ta’minlaydi13. A.A.Govorin infratuzilmaning iqtisodiy mohiyatini yoritish bo‘yicha yuzaga kelgan turli yondashuvlami tahlil qilish asosida umumlashtirib quyidagicha ta’rif beradi: Infratuzilma bu hududiy mehnat taqsimoti asosida yuzaga kelgan≫ ishlab chiqarish va uning alohida tarmoqlari o‘rtasida takror ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlovchi sohalar hamda aholining faro von turmush tarzini ta’minlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar majmuasidir.14
Yuqorida keltirib o‘tilgan ta’riflar ma’lum bir afzalliklarga ega bo'lishiga qaramasdan, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy soha elementlarinigina qamrab olish bilan cheklanib qolganligi sababli yaxlit tarzda infratuzilmaning iqtisodiy funksiyalarini, jumladan, makroiqtisodiy tizimning institutsional, moliyaviy infratuzilma kabi muhim elementlarini to'laqonli aks ettira olmagan. Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyotida infratuzilma maqsadi, turli bozorlarda iqtisodiy subyektlaming faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishdan iborat o‘zaro bog‘iiq bo‘lgan institutlaming o‘ziga xos quyi tizimini ifoda etadi, bu esa uni ekologik, axborot, ijtimoiy, tijorat, institutsional, moliya-kredit va ishlab chiqarish infratuzilmalarining majmui sifatida qarab chiqish imkonini beradi.
O‘zbek olimlari tomonidan infratuzilma keng tadqiq etilgan bo‘lib, unga turlicha ta’riflar berilgan. Ko‘pchilik adabiyotlarda infratuzilmaning funksional vazifalari va xizmat turiga qarab nazariyotchi olimlar metodologik nuqtayi nazardan uni ikkita guruhga: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalariga bo‘lganlar. Masalan, A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlaming yozishicha: ≪Ishlab chiqarish infratuzilmasi yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad yaratadi; ijtimoiy infratuzilma sohalari (maorif, fan, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirisljga, inson omillarini faollashtirishga xizmat qiladi≫15.
Ba’zi adabiyotlarda “infratuzilma - takror ishlab chiqarish shart-sharoitlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmuidir. Asosiy ishlab chiqarish infratuzilmasi - bu energiyani ta’minlovchi, transport va aloqa zanjiridir”16.
Shuningdek,“infratuzilma - bu xalq xo‘jaligini yurgizib turish uchun umumiy
sharoit yaratib beruvchi sohalardir. Ulaming faoliyat natijasi – natura shakldagi mahsulotlar emas, balki xizmatlardir”17. Tursunov A. G‘. o‘z tadqiqotlarida “Infratuzilma majmuasi - bevosita moddiy ne’mat ishlab chiqarishda qatnashmaydigan (ishlab chiqarish infratuzilmasidan tashqari), ammo ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitini va kishilar hayot faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi xo‘jalik tarmoqlari majmuidan iborat”18, deb ta’riflagan.
Umuman olganda, infratuzilma, bu - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining mutanosib faoliyat yuritishi va aholi turmush darajasini oshirishga ko'maklashuvchi xizmatlar majmuasi va ulaming bino - inshootlaridir. Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalardan iboratdir, deb hisoblab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizimning kirib kelishi bilan infratuzilmaning ko‘lami kengayib, bozor infratuzilmasi, institutsional infratuzilma, bank infratuzilmasi, birja infratuzilmasi, investitsion infratuzilma kabi atamalar muomalaga kirib kelmoqda.
Ch.Murodovning fikricha, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat miqyosida infratuzilma oltita yo‘nalishda, ya’ni ishlab chiqarish, ijtimoiy - maishiy, institutsional, shaxsiy, ekologik va bozor munosabatlariga mos ravishda ajralib chiqadi va shakllanadi. Bu infratuzilmalami bir-biridan ajratish, farqlash hamda ulaming asosiy mohiyatini ifodalovchi ilmiy ta’riflash nafaqat nazariy, balki infratuzilma majmuasining iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan о‘mini asoslashda muhim amaliy ahamiyatga egadir.19 Bugungi iqtisodiy adabiyotlarda infratuzilmaning, asosan, to‘rtta turiga ta’rif berib kelinmoqda.

XULOSA
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va ishlab chiqarishni kombinatsiyalash orqali yangi ishlab chiqarish tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, ishlab chiqarish uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy ishlab chiqarish majmualari darajasida ishlab chiqarisht.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
Infratuzilma — lotincha so ‘z bo ‘lib, infra-quyi, asos, structure (tuzilma)- thihs tuzilish, о‘zaro joylashuv ma’nosini ifodalaydi. Infratuzilma milliy xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi. U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan munosabatlar orqali qishloq xo'jaligining samaraii ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bo'linmas qismi hisoblanadi. U korxonaning samaraii faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo'jali gining pirovard mahsulotining miqdoran ko'p va sifatan yuqori bo'lishga yo'naltiradi. Infratuzilma qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensiv lashtirish va samaradorligini o'sishining muhim omili hisoblanadi. Ko'p qirrali xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolami hal etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Agrar sohada xo'jalik yuritishda xizmat ko'rsatuvchi infratuzil- malaming o'rni va aharniyati beqiyosdir. Chunki qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yemi ekin ekishga tayyor lash, urug'ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni yig'ib olish va boshqa barcha jarayonlarda turli xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi albatta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalami qanchalik taraqqiy etganligiga bog'liqdir.
Qishloq xo'jaligida mahsulot hajmining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi xizmat turlarining ko’payishi bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, xususan, texnika, agrokimyo, melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va urug‘chilik, yoqilg'i-moylash materiallari, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash hamda ixtisoslashgan bank xizmatlarini sanab o‘tish mumkin. Demak, qishloq xo'jaligida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish hozirgi zamon talablariga javob beradigan infratuzilma tizimini yaratish orqali nafaqat iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etishi mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlash, ko'p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy mulk egasini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda aholi moddiy turmush sharoitining barqaror o'sishining ta’minlanishiga erishish mumkin. Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiyotning asosiy tarkibi hisoblanib, ko'rsatilayotgan turli xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishiga asosiy poydevor yaratadi. Infratuzilma subyektlari qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish muno- sabatlari va qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisob lanadi. Xizmat ko'rsatish va ta’minot tizimidagi korxonalar faoliyati rivojlantirilmasdan qishloq xo'jaligida iqtisodiy barqaror o'sish sur’atlarini ta’minlash, qishloq xo'jaligi korxonalari va dehqonlarning daromadlarini ko'paytirish mumkin emas.
Bozor mexanizmi davlatning aralashuvisiz qishloq xo'jaligi texniklari bozorini mustaqil tarzda tartibga solish imkoniyatiga ega emas, chunki ular tartibga solish yagona tizimining bir-birini to‘ldiruvchi komponentlari bo‘lib hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi texnikalari bozoriga davlat aralashuvining pasayishi:
1) mashinasozlik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlari o‘rtasidagi narx nomutanosibligining kuchayishiga;
2) fermer xo‘jaliklarining to‘lov layoqatining pasayishiga;
3) ishlab chiqarish quwatlaridan to‘la foydalanmaslik va energiya qiymatming yuqoriligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ining inqirozga yuz tutishiga;
4) amortizatsiya fondi mablag‘laridan maqsadsiz foydalanishga;
5) qishloq xo‘jaliging texnikasiga QQSning joriy etilishiga;
6) fermer xo‘jaliklariga texnikani lizing asosida yetkazib berishda monopoliyaning vujudga kelishi;
7) fermer xo‘jaliklarining texnikalami lizing bo‘yicha xarid qilishda budjetdan yetarlicha moliyalashtirilmaganligi;
8) fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan texnikalarga ta’minotchi korxonalar tomonidan kafolatli xizmatlar ko‘rsatishning mavjud emasligi kabi bir qator salbiy holatlaraing namoyon bo‘lishiga olib keldi.
Infratuzilma vujudga kelishining asosiy sababi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, samarali faoliyat olib borishi uchun asos ekanligi va ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish hamda ularga turli xizmatlar ko‘rsatish jarayonida ma’lum vazifalarga ega bo‘lgan tarmoqlarning iqtisodiy tizimi sifatida muhim nazariy tushuncha bo‘lib xizmat qiladi.
Bir qator tadqiqodchilar “infratuzilma” tushunchasini iqtisodiyotga P.N.Rozenshteyn-Rodan kiritgan deb hisoblaydilar. Uning fikricha, infratuzilmaga “barcha aholining ehtiyojlarini qondimvchi va iqtisodiyotning asosiy sohalarida xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini ta’minlovchi umumiy shart-sharoitlar majmuasi, yoki asosiy sohalar ...” deb ta’rif bergan
Umuman olganda, infratuzilma, bu - ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining mutanosib faoliyat yuritishi va aholi turmush darajasini oshirishga ko'maklashuvchi xizmatlar majmuasi va ulaming bino - inshootlaridir. Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalardan iboratdir, deb hisoblab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizimning kirib kelishi bilan infratuzilmaning ko‘lami kengayib, bozor infratuzilmasi, institutsional infratuzilma, bank infratuzilmasi, birja infratuzilmasi, investitsion infratuzilma kabi atamalar muomalaga kirib kelmoqda.


Download 68,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish