Mundarija kirish I. Bob qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasining o‘rni



Download 68,38 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2022
Hajmi68,38 Kb.
#679164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Qishloq xo\'jaligi korxonalari

Kurs ishining maqsadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni hamda barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish infratuzilmasining o‘rnining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganish hamda ulardan samarali foydalanish va uni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari. . Qo‘yilgan ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni turgan o‘rnini ilmiy asoslash;
– qishloq xo‘jaligi korxonalarini barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish infratuzilmasining o‘rnining huquqiy va nazariy asoslarini tadqiq qilish;
– ishlab chiqarish infratuzilmasining konseptual asoslari ilmiy asoslash;

  • Mavzu yuzasidan xulosaviy fikrlar chiqarish.


Kurs ishining obyekti qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasiga tegishli bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Qonun chiqaruvchi organlari tomonidan qabul qilingan Farmonlar, qonunlar, qarorlar, shuningdek, ushbu mavzuga doir ilmiy adabiyotlar kurs ishining obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti ishlab chiqarish infratuzilmalari kurs ishining predmeti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi kirish, o‘zaro bog’langan 2 ta bob, boblar ikkitadan fasl, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I. BOB QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASINING O‘RNI
1.1 Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etish xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, ishlab chiqarish ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, ishlab chiqarish boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari ham ishlab chiqarishni tashkil etishga kiradi. U mahsulot ishlab chiqarish ning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli ishlab chiqarishni xreil qiladi. ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chiqarish boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot ishlab chiqarishning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga ishlab chiqarish ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik ishlab chiqarish kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot ishlab chiqarish ni uzluksiz tashkil etishdir. ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va ishlab chiqarishni kombinatsiyalash orqali yangi ishlab chiqarish tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, ishlab chiqarish uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy ishlab chiqarish majmualari darajasida ishlab chiqarisht.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatiga koʻra, potok l i ( ishlab chiqarish ning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib ishlab chiqarish (po-tokli va yakka tartibda mahsulot ishlab chiqarishni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. ishlab chiqarishni tashkil etishda ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash ishlab chiqarish tashkil etishning muhim vazifasiga aylangan.1
Qishloq xo‘jaIigida infratuzilmaning mohiyati va aharniyati. Infratuzilma — lotincha so ‘z bo ‘lib, infra-quyi, asos, structure (tuzilma)- thihs tuzilish, о‘zaro joylashuv ma’nosini ifodalaydi. Infratuzilma milliy xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun xizmat qiladigan sohalar majmuasini ifodalaydi. U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida vujudga keladigan munosabatlar orqali qishloq xo'jaligining samaraii ishlashini ta’minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining bo'linmas qismi hisoblanadi. U korxonaning samaraii faoliyatini ta’minlaydi va qishloq xo'jali gining pirovard mahsulotining miqdoran ko'p va sifatan yuqori bo'lishga yo'naltiradi. Infratuzilma qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensiv lashtirish va samaradorligini o'sishining muhim omili hisoblanadi. Ko'p qirrali xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolami hal etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Agrar sohada xo'jalik yuritishda xizmat ko'rsatuvchi infratuzil- malaming o'rni va aharniyati beqiyosdir. Chunki qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarida, ya’ni yemi ekin ekishga tayyor lash, urug'ni yerga qadashdan boshlab, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni yig'ib olish va boshqa barcha jarayonlarda turli xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar ishtirok etadi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi albatta ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalami qanchalik taraqqiy etganligiga bog'liqdir. Qishloq xo'jaligida mahsulot hajmining oshishi, ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi xizmat turlarining ko’payishi bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda nisbatan rivojlangan qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, xususan, texnika, agrokimyo, melioratsiya va oqar suv bilan ta’minlash, zooveterinariya, transport, seleksiya va urug‘chilik, yoqilg'i-moylash materiallari, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash hamda ixtisoslashgan bank xizmatlarini sanab o‘tish mumkin. Demak, qishloq xo'jaligida infratuzilma faoliyatini rivojlantirish hozirgi zamon talablariga javob beradigan infratuzilma tizimini yaratish orqali nafaqat iqtisodiyotda asosiy vazifalarni hal etishi mumkin, balki eng asosiy makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishni ta’minlash, ko'p ukladli iqtisodiyotni va haqiqiy mulk egasini shakllantirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni va valuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, samarali mehnat bozorini shakllantirish hamda aholi moddiy turmush sharoitining barqaror o'sishining ta’minlanishiga erishish mumkin. Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiyotning asosiy tarkibi hisoblanib, ko'rsatilayotgan turli xizmatlari bilan barcha tarmoq va sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishiga asosiy poydevor yaratadi. Infratuzilma subyektlari qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish muno- sabatlari va qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisob lanadi. Xizmat ko'rsatish va ta’minot tizimidagi korxonalar faoliyati rivojlantirilmasdan qishloq xo'jaligida iqtisodiy barqaror o'sish sur’atlarini ta’minlash, qishloq xo'jaligi korxonalari va dehqonlarning daromadlarini ko'paytirish mumkin emas. Infratuzilmaning asosiy vazifalari:
— qishloq xo'jaligiga tovar-moddiy boyliklarni yetkazib berish (urug‘chilik, ко ‘chat, YMM, mineral о ‘g‘it, kimyo vositalari, suv ta’minoti);
— qishloq xo'jaligiga texnika va texnik servis xizmatlar ta ’minoti;
— o‘simliklami himoya qilish va zooveterinariya xizmatlari;
— qishloq xo'jaligida mahsulotlarni saqlash, tayyorlash va qadoqlash xizmatlari; — aloqa, transport, energetika va suv bilan ta ’minlash xizmati;
— bank xizmati;
— birja va brokerlik xizmati;
— ulgutji savdo va yarmarkalar xizmati;
— audit va sug'urtalash xizmati;
— axborot va konsalting markazlari;
— fermerlarni tayyorlash va qayta o'qitish;
— yuridik xizmatlar.
Qishloq xo'jaligida xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish, qayta tashkil etish va takomfflashtirishning eng muhim obyektiv zaruriyati turli mulkchilik va xo'jalik yurituvchi subyektlaming yuzaga kelishi, mayda tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanishi, ular umumiy sonining ortishi, har biriga biriktirilgan yer maydonlari hajmi- ning kichiklashib borishi va boshqalardan iborat.


Download 68,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish