II. BOB. o'zbekiston hududida tarqalgan tuproqlarning xilma-xilligi
2.1. Tuproqlarda chirindi
Togʻlardagi tuproqlar. Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻlarida tuproqlarning genetik xilma-xilligi umumiy geografik qonuniyatga boʻysunadi. Joyning mutlaq balandligi ortib borgan sari yer yuzasining boʻlaklarning boʻlinishi, odatda, kuchayadi, havo temperaturasining rejimi yumshab, yogʻin miqdori ortadi, oʻslimlik qoplami ham chala choʻl efemerlaridan quruq dashtga xos oʻtlar, archazor-siyrak daraxtlari oʻrmon, oʻrmon, oʻtloqi-dasht va dasht oʻsimliklariga qadar navbatlanib boradi. Mavjud landshaft mintaqalarining har biri tuproq tarkibi va tuproq qoplamining oʻziga xos tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Vertikal mintaqalardagi tuproqlar 3 tuproq-iqlim mintaqasiga boʻlinadi: boʻz tuproq, oʻrta togʻ jigarrang tuproq va baland togʻ och — qoʻngʻir oʻtloqi-dasht tuproqlari. Boʻz tuproqlarning quyi chegarasi dengiz sathidan 250–400 m balandlikda. Bu tuproqlar 900–1600 m balandlikda togʻ jigarrang tuproqlari bilan almashinadi
Qizgʻish tusli tuproqlar Oʻzbekistonning togʻ va togʻ oldi mintaqalarida keng tarqalgan uchlamchi davr qizil rangli neogen tuproq hosil qiluvchi jinslarda rivojlangan boʻlib, ularning aksariyati ogʻir mexanik tarkibga ega, juda zichlashgan va ancha ekstremal rejimini keltirib chiqaradi, bu esa tuproq hosil boʻlishida va unumdorligida aks etgan. Bu tuproq — iqlim sharoitida shakllangan tuproqlar profilining qizgʻish — qoʻngʻir tusliligi, yirik chang va loyqa fraksiyalari koʻp boʻlgan holda mexanik tarkibining ogʻirligi, gumus (1-1,2 %) va oziq moddalar (NPK) miqdorining ozligi, karbonatliligi, profilining zichlanganligi, gʻovakligi, Mg va suv sindiruvchanligining pastligi va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan namlikning kam miqdorda boʻlishi xususiyatlari bilan liyoss yotqiziqlarda shakllangan tuproqlardan keskin farq qiladi.
Bu tuproqlar koʻpincha keng toʻlqinsimon va oʻr-qirli relyefli togʻ va togʻ oldi mintaqalarga mansub, yer yuzasining nishabliklari, oʻsimlik qoplamining siirakligi, gumusning ozligi, bahorgi kuchli yogʻinlar, shuningdek, chorva mollarini tartibsiz yaylovlatib boqish, lalmi va sugʻoriladigan yon bagʻirlik yerlardan notoʻgʻri foydalanish eroziya jarayonlari rivojlanishga yordam beradi.
Oʻz navbatida eroziya tuproqning kimyoviy, agrokimyoviy, agrofizik, biologik va morfologik koʻrsatgichlariga kuchli taʼsir koʻrsatadi, unumdorligini keskin pasaytiradi. Subtropik zonaning asosiy tuproqlari boʻlgan qizil tuproqlar (profilida temir va marganetning yirik qora konkretsiya yaralmalari qizil rang beradi) qizgʻish tusli tuproqlardan yuqori qatlamlarida gumus (6-9 % gacha) va azot (0,2-0,4) miqdorining koʻpligi hamda tuproq fizik xossalarining ancha yaxshiligi, ayniqsa, suvga chidamli strukturaning koʻpligi, eroziyaga qarshi tura olishi va suv oʻtkazuvchanligi bilan farq qiladi.Tuproq millionlab tirik organizmlar uchun «yashash makoni» va «ishxonasi»dir. Ma`lumotlarga ko`ra bir gramm tuproqda 1,5 milliongacha oddiy mikroorganizmlar yashar ekan. Bir gektar maydondagi tuproqda mayda umurtqasiz hayvonlar soni 12,5 milliondan 2 milliardgacha etar ekan. Bunday xilma–xil va juda ko`p miqdordagi organizmlar tuproqda nafaqat yashaydilar, balki organik moddalarni mineral moddalarga aylantiradilar, tuproqning donadorligi, g’ovakligi, namlikning harakat qilishi tuproq energiyasining yuzaga kelishida xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi katta hududni egallagani sababli turli tuproq-iqlim mintaqaviyligiga ega. Bu o’rinda birinchi bo’lib tuproqlarning gorizontal va vertikal qonuniyatlar asosida tarqalishini alohida ko’rsatish lozim. Tuproqlarning respublikamiz hududida vertikal qonuniyatlar asosida tarqalishining eng dastlabki quyi chegarasi och tusli bo’z tuproqlardan boshlanib, tipik va to’q tusli bo’z, tog’ jigarrang, baland tog’ dasht o’tloqi (alp va subalp mintaqa) va doimiy tog’ muzliklari tomon davom etadi. Gorizontal qonuniyatlar esa uning boshlanish nuqtasi och tusli bo’z, keyinchalik bu, qumli sahro, sur tusli qo’ng’ir, taqirli tuproqlar hamda sho’rhoklarga o’tadi. Tuproqlar tarqalishining bunday qonuniyatlarini respublikamizning ayrim viloyatlari hududi misolida ko’rishimiz mumkin.
Qumli sahro tuproqlar-qisqa (boshlanish) shakldagi gorizontal qonuniyatlarni; → och tusli bo’z → tipik bo’z → to’q tusli bo’z → tog’ jigarrang tuproqlari shaklidagi vertikal qonuniyatlarni ko’rish mumkin. Bunday zanjirda gorizontal qonuniyatning sur tusli qo’ng’ir, taqirli tuproqlari, vertikal qonuniyatning–baland tog’ dasht hamda doimiy tog’ muzliklari yo’qligini ko’ramiz.
Xususan Oabekiston hududidagi barcha tuproq tiplari bir xil nom bilan yuritiluvchi boshqa tuproq tiplaridan kam gumusliligi, o’simlik qoplamining kamligi va bilan ajralib nihoyat barcha tuproq tiplari dengiz sathidan yuqoriroq balandlikda joylashganligi
BO’Z TUPROQLAR
2. Bo’z tuproqlar-dengiz sathidan 900 m balanlikda to’q tusli bo’z, 500 (700)- 900 m tipik, 250-700 m och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Odatda to’q tusli bo’z tuproqlar past tog’ va tog’ yonbag’irliklarida (nishabligi 50-100) o’rta toshli, melkozemi kam bo’lgan delyuvial-prolyuvial yotqiziqlar ustida rivojlanadi. To’q tusli bo’z tuproqlar profili ham qisqa, (chimli qatlam 3-5 sm, chim osti qatlami 4-7sm), gumus bu qatlamlarda 2,0-2,5 foyizni tashkil qiladi, mexanik tarkibi esa o’rta va qisman o’rta qumoqlidir. Tipik va och tusli bo’z tuproqlar esa tog’ oldi prolyuvial tekisliklarida rivojlanadi.
Qo’riq sharoitda ular uchun juda qisqa 3-5sm lekin uncha mustaxkam bo’lmagan chimli qatlam bo’lib, u odatda o’rta qumoqli, och tusli bo’z tuproqlar esa engil qumoqli, kam gumusli (1,1-2,2 %), tuproq yuzasida mayda toshchalarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu tuproqlarda karbonatli qatlamlar, ayniqsa tipik bo’z tuproqlarda, yaxshi ifodalangan.
Cho’l(sahro) qumli tuproqlar - bu bevosita tekisliklar bepoyon Qizilqum hududi bilan tutash bo’lgan tekis relefli sharoitda rivojlangan. O’simlik dunyosi asosan polin (supurgi) va sho’ralardan iborat, o’t o’simliklari (chim hosil qiluvchilar) juda kam. Bu tuproqlarda genetik qatlamlar deyarlik ifodalanmagan chim va chim osti qatlamlarida 0,4-0,6% gumus bo’ladi, lekin mexanik tarkibi qumli bo’lganligi sababli shamol eroziyasiga chalingan, shuning uchun bo’lsa kerak, tuproqning yuza qismi mayda shag’allidir. Odatda bu tuproqlar tarqagan hududlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Tipik bo’z tuproqlar tog’ oldi tekisliklarida va tog’ etaklarida rivojlanadi. Geomorfologik jihatdan qaraganda, tipik bo’z tuproqlar, asosan, qadimgi daryolarning baland terassalaridan yoki yoyilmalaridan iborat bo’lib, lyossimon yotqiziqlardan, kamroq qismi esa toshloqlar, konglomeratlar va bazan chag’irtoshli jinslar hamda tub jinslar ustida yotadigan qavatli allyuvial hamda prolyuvial-allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan.K.Z.Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi.Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, o‘tloq-botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi.Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3-1 foiz) bo‘ladi.Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi.
O`zbеkistоnning tеkisligidа tuprоqning zоnаllik хususiyati bo`lgаnligi uchun cho`lgа хоs tuprоq turlаri shаkllаnsа, tоg`li qismidа bаlаndlik mintаqаlаnish vujudgа kеlgаn. Tеkislikdа tuprоq хоsil bo`lishi sust bo`lаdi.
Rеspublikаmiz tеkislik qismidа hаm qоldiq tоg`lаr, bаlаndliklаr, vоdiylаr, bоtiqlаr mаvjud bo`lib, ulаrdа tuprоq hоsil bo`lish jаrаyoni bir-biridаn fаrq qilаdi. Buning ustigа yilning ko`p qismi issiq, quruk. vа sеrоftоb bo`lgаnligidаn tuprоq hоsil bo`lish jаrаyoni sust bo`lаdi. Yoz qurg`оqchil, hаrоrаt yuqоri bo`lgаnligidаn mumkin bo`lgаn bug`lаnish yog`ingа nisbаtаn 15—20 mаrtаgаchа оrtiq bo`lib, tuprоq tаrkibidа hаr хil tuzlаr to`plаnib, tuprоq ko`p jоydа sho`rlаshgаn.
O`zbеkistаn hududining yеr оsti suvlаri nisbаtаn chuqur jоylаshgаn tеkisliklаridа sur-qo`ng`ir, tоg` оldi tеkisliklаri vа аdirlаrdа bo`z, tоg`lаridа jigаr rаng, qung`ir tоg`-o`rmоn kаbi аvtоmоrf tuprоq turlаri jоylаshgаn. Аksinchа, yеr оsti suvlаri yuzа bo`lgаn jоylаrdа gidrоmоrfli tuprоqlаr —o`tlоq, bоtqоq, bоtqоq-o`tlоq kаbi tuprоq turlаri mаvjud. Gidrоmоrfli tuprоq turlаri yanа jоyning gеоmоrfоlоgik shаrоitigа (dаryoning quyi qаyirlаridа) bоg`liq hоldа tоg` оldi tеkisliklаridа hаm uchrаydi.
O`zbеkistоndа аrid iqlim shаrоitidа vujudgа kеlgаn sur-qo`ng`ir tusli, tаqir, qumli kаbi tuprоqlаridа chirindi miqdоri niхоyatdа kаm bo`lib, tuprоqning usti qаtlаmidа 1,0% аtrоfidа mаvjud. Bungа аsоsiy sаbаb iqlimiy shаrоitlаrni (yoz issiq, qurg`оqchil bo`lib, uzоq, dаvоm etishligi) nоqulаyligi tufаyli o`simliklаrning niхоyatdа siyrаk o`sishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |