1.3.Cho’l tuproqlari
Qizilqum va boshqa qumli choʻllarda keng tarqalgan. Yuqori qatlami zich emas, baʼzi joylarda yupqa qatlam hosil qiladi. Yuza qatlamining qalinligi qariyb 5 sm. Bu qatlamda temperatura yoz kunlari 70-800 gacha koʻtariladi va sutka davomida keskin oʻzgarib turadi. Yuza qatlami himoya vazifasini oʻtab quyi qatlamdagi namni saqlab turadi. Choʻl qum tuproqlarida gumus miqdori juda kam-0,2-0,5% dan oshmaydi. Choʻl qum tuproqlari mexanik tarkibining xususiyati shundan iboratki, bu tuproqlarning tarkibida mayda chang (0,25-0,05 mm) va yirik chang (0,05-0,01 mm) fraksiyalari koʻp. Bu tuproqlarda deyarli sho'rlanish boʻlmaydi.
Taqir tuproqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekistonning choʻl qismida, Amudaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo va boshqa daryolarning qadimy allyuvial tekisliklarida, Zarafshon va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Har xil darajada shoʻrlangan. Tarkibida karbonatlar miqdori koʻp (8-10 %). Gumus 0,3-0,8 %. Sugʻoriladigan taqir tuproqdagi mavjud agroirrigatsion qavat dehqonchilik agrotexnikasi, yerga solingan mahalliy oʻgʻit, shuningdek, suvning loyqallik darajasiga qarab 30-40 sm dan 1–2 m gacha qalinlikda boʻladi. Agroirrigatsion qavat rangi, mexanik tarkibi, qovushqoqligi va kimyoviy xossalari bir xil boʻlgan yaxlit gorizont hosil qiladi. Bunday tuproqlar Buxoro viloyatida, Qarshi va Sherobod choʻllarida uchraydi. Taqir tuproqlarning vujudga kelishi allyuvial tekisliklarning choʻlga aylanishidagi birinchi bosqichidir.
Taqirli tuproqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakatning qumli choʻllaridagi pastqam tekisliklarda, qadimiy qurilgan allyuvial va proyuvial-allyuvial tekisliklarda tarqalgan. Loy tuproqdan tarkib topgan, vaqt-vaqti bilan suv bosib turadi, oʻsimlik qoplami deyarli boʻlmaydi. Suv bugʻlanib ketgandan keyin taqir yorilib oʻsimlik oʻsmaydigan qatqaloq poʻstloqqa aylanadi. Taqirli maydonlar surqoʻngʻir tuproqlar orasida uchraydi, qadimiy allyuvial tekisliklarda esa taqirlar tuproq majmuasining asosiy qismlardan biri. Taqirli tuproqda gumus miqdori taqir tuproqqa nisbatan koʻproq (0,5-1,0 % gacha), biologik jihatdan ham faolligi sustroq boʻlib, tuproq bilan geologik tuzilmalar chegarasida turadi.
O'tloqi tuproqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Choʻl zonada gurut suvlari 1–3 m chuqurlikda boʻlgan joylarda (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning quyi terrasalari va Amudaryo deltasida) rivojlangan. Oʻtloqi allyuvial keltirmalariga oʻxshash. Biroq koʻpincha chim qavati bilan qoplangan boʻladi. Oʻtloqi tuproqlar namlikning oz-koʻpligiga qarab oʻtloqi allyuvial (daryo vodiylari boʻylab) va oʻtloqi soz (proyuvialdan tuzilgan togʻ etagi tekisliklarida) tuproqlarga boʻlinadi. Tarkbida gumus koʻpincha 2% dan ortiq. Oʻtloqi soz tuproqlar baʼzan shoʻrlangan boʻladi.
Botqoqi va botqoqi-o'tloqi tuproqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekistonning bo'z tuproq mintaqasi va choʻl zonasida tarqalgan. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo va boshqa daryo vodiylarida, shuningdek Soʻx, Isfara, Margʻilonsoy, Aravonsoy, Oqboʻra kabi soylar terrasalarining pastqam yerlarida, qurib qolgan koʻl va qoldiq daryo oʻzanlarida uchraydi. Bu joylarda yer osti suvlari yuza (1 m dan kam) joylashganligidan tuproqda nam koʻp, tuproqning yuqori qatlami gleylashgan. Gumus miqdori 2-3 %. Sho'rxoklar choʻl zonasi tuproqlari orasida va boʻz tuproq mintaqasining quyi qismida, daryo vodiylari yoki togʻ etagi tekisliklari shleyflarida koʻpincha hozirgi vohalarda keng tarqalgan. Tarkibida suvda oson eriydigan har xil tuzlar (xlorid sulfat, karbonat va sh.k.) mavjud. Tuzlarning eng koʻp qismi tuproqning yuqori qatlamida boʻladi. Ular sizot suvlarining koʻtarilib bugʻlanishi natijasida toʻplanadi. Sho'rxok tuproqlar morfologik koʻrinishi jihatidan qatqaloq, mayin va qora boʻladi. Shoʻrxok tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangach ekin ekish mumkin.
O'tloqi-voha (sug'oriladigan) tuproqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Choʻl zonasidagi sugʻoriladigan vohalarda (Buxoro, Xorazm, Markaziy Fargʻonada, Qoraqalpogʻiston va boshqa joylarda) asosiy maydonni egallagan. Ular taqir voha, botqoq-voha tuproqlari bilan birga uchraydi. Zarafshon, Amudaryo vodiylarida yirik vohalari 2-3 ming yillardan beri mavjud. Shu muddat davomida bu yerda qalinligi 2–3 m li agroirrigatsion gorizont vujudga kelgan va tabiiy tuproqni koʻmib yuborgan. Oʻtloqi-voha allyuvial tuproqlarning agroirrigatsion gorizonti bir xil koʻkish-boʻz rangli, antropogen qoʻshimchalar aralashgan. Haydalma qatlami ancha zich. Tarkibida 1-1,3 % gumus bor. Choʻl iqlimi sharoitida va namlanish rejimiga koʻra oʻtloqi-voha tuproqlari shoʻrlanishga koʻproq moyil. Tuproq shoʻri drenaj yordamida mumtazam yuvib turiladi.[1]
Cho`l zonasi sur-qo`ng`ir tusli tuproqlari markaziy va janubiy Qizilqumda tarqalgan.Sur-qo`ng`ir tusli tuproqlar tafsifi fakat O`zbekistonning Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan maydonlari bo`yicha bayon etiladi. Ushbu region tuproq qoplamining planli ravishda o`rganilishi Sibir daryolari suvining O`rta Osiyoga oqizilishi loyihalari ishlab chiqarilgan o`tgan asrning 60-70 yillariga to`gri keladi.
Avvalgi yillarda Qizilqumda o`tkazilgan tuproq qoplamini o`rganish ma’lumotlari asosida Cho`l zonasi sur-qo`ng`ir tusli tuproqlari markaziy va janubiy Qizilqumda tarqalgan sur-qo`ng`ir tusli tuproqlar Sirdaryo va Amudaryo o`rta pastki oqimlari orasida 14155,5ming gektarni egallagan..
O`zbekiston Respublikasi tuproqshunoslik va agronomiya instituti xodimlari tomonidan 1965 yilda tuproq kartasi tuzilgan. 1973 yilda O`rta Osiyo «suv-paxta» loyihasi (Supazgiprovodxlopok) instituti tomonidan mavjud ma’lumotlar va Orol dengizi havzasida o`tkazilgan tekshirishlar asosida ushbu rayonning tuproq meliorativ xaritasi tuzilgan.
Ushbu xaritalar O`zbekiston, Turkmaniston va Qozog`iston bir qismi hududidagi katta maydonni qamrab oladi.
Qizilqum tuproq qoplamini istiqbolidagi o`zlashtiriladigan va sug`oriladigan obyekt sifatida Qizilqum tuproq qoplamini yanada mukammalroq o`rganish maqsadida 1970-1975 yillarda tuproqshunoslik va agronomiya instituti xodimlari tomonidan ekspeditsiya tashkillashtirildi va natijada ushbu region tuproqlari haqida qo`shimcha katta ma’lumotlar olishga erishildi. O`tgan asrning oxirgi yillarida olib borilgan tekshirishlar va qum tuproq qoplami haqidagi ma’lumotlar yanada boyitildi.
Tavsiflanayotgan regionda geomorfologik jihatdan baland platalar va tog` tuzilmalari ajratiladi. Aynan qizilqumlar, ularning tekislik qismining yoki yuqori-quyi nepletsion to`rtlamchi davr yotqiziqlaridan iborat va iol difalatsion-akumlyativ kompleksining oli plast tabaqasi bir xil tarkibli cho`kindi tog` jinsli tuzilishi tekislik oblastiga mansub.
M.T.Burak va V.M.Fonunlarning (1971) qayd qilishi bo`yicha Qizilqumlarning tekislik qismi ikki yarusli relef xarakteridir. Tubjoy deb ataluvchi,uvallar etagi keskin suratda ajratilmagan balandlik mavjudligi bilan belgilanadigan ajratib turadigan pastki tepaliklarda jamlangan iol qumlar, qum tepaliklar va barxanlar shaklidagi ustki qumlarga ajratiladi. Qizilqumda qum yotqiziqlarining qalinligi har xil uning shimoliy qismida qumlar relefi tizma tepaliklardan iborat bo`lib, greadxobe qum yotqiziqlarining qalinligi 5 metrdan 30 metrgacha. Zona daryo quruq o`zaning janubida nisbatan uncha baland bo`lmagan (12 metrgacha) qum tepaliklar tarqalgan.
Aqcha bo`yida va Amudaryo bo`yining janubiy-g`arbiy qismidagi ancha yosh qizilqumlarda to`rtlamchi davr yotqiziqlari qalinligi eng kam bo`lib 5 m-dan oshmaydi.
Qizilqum markaziy-janubiy-sharqiy qismlarida Bukontov, Jeytuntov, tomditov, A.U.Menzatov, kulchuk va boshqa tog` tizmalari baland ko`tarilib turadi. Xududi bo`yicha ular tekisliklarga nisbatan ancha kam maydonni egallaydi.
Jinslari bor, toshqo`mir,seluriy va kemberiy sistemalaridan iborat bo`lib asosan oxaktoshlar, qumtoshlar slanuslar kongrometol va turli xildagi etizitlardan tashkil topgan. O`zbekistonning shimoliy qismi tabiiy sharoiti bo`yicha turli-tumanligi sababli – tuproqlarning ma’lum darajada xilma-xil bo`lishi va tuproq qoplamining murakkabligini belgilaydi. Ko`pchilik qismi qumli va sur-qo`ngir tusli cho`l tuproqlari ancha kam miqdorda taqirli va taqir tuproqlardan tashkil topgan.
Qizilqum tuproqlar keyingi vaqtlargacha suv manbalari bilan ta’minlanmaganligi sababli dehqonchilik uchun esa yaroqsiz yoki uzoq kelajakda yaroqli hisoblanadi. Cho`l zonasi tuproqlarining xilma-xilligi va ushbu hudud tuproq qoplamining tuzilmalari, qator tuproq paydo bo`lish omillari jumladan tuproq mahalliy sharoit uchun ancha ahamiyatga ega bo`lgan litologik va geomorfologik tuzilishi keltirilgan. Relefi tuproq paydo qiluvchi jinslar va gidrogeologik sharoitlariga bog`liqdir. Shuningdek deflatsiya va shamol mahsulotlarining qayta yotqizilishi kabi hozirgi va o`tmishdagi giodinamik jarayonlar katta rol o`ynaydi.
Tuproq paydo qiluvchi jinslar ularga xos xossalariga ko`ra tuproqlar turli-tumanligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu
jihatdan tuproq paydo qiluvchi jinslarining letologiyasi (mehanik tarkibi, shag`alliligi va kimyoviy tarkibi (gipsligi, sho`rhokligi) birinchi darajali ahamiyatga ega.
Cho`lda asosan qumli lol yotqiziqlari va yengil mehanik tarkibli qumli va qumloq tuproqlarining shuningdek prolivial yotqiziliqlardagi tog` osti tekisliklari tuproqlarining shag`alliligi darajasining yuqori ekanligini ta’kidlash lozim. Tog` osti tekisliklarining keng rivojlanganligi qaysiki ularning hosil bo`lishi o`lchamiga juda katta prolivial yotqiziqlarning paydo bo`lishiga o`xshash,gips to`planishining keng rivojlanishi ushbu hududning hozirgi suv va juda kam ta’minlanganligi va tushuntirish qiyin.
Plyuvial davrlarining almashinishida to`plangan gipsli va tuzli hosilalarini quritish cho`l mintaqasining hozirgi sharoitida ko`rishi kondesvlashganga o`xshashdir. Kam miqdordagi atmosfera yog`inlari va yuqori darajadagi parlanish sharoitida tuproq grunt suvlarining pastga va yuqoriga yo`nalishi tuzlarning tuproq qatlamidagi yuvilishi sodir bo`lmaydi, shu bilan birga juda katta parlanish obyekti bo`lgan berk pastliklarida, hozirgi paytda ham tuzlar to`planishi davom etmoqda.
Turon cho`li iqlimining ekstra quruqliligi sababli o`simliklar qoplami siyrak joylashgan va ularning turlari bunday sharoitda deflyasiya jarayoni juda ham kuchli namoyon bo`ladi va bu tuproq ustki gorizontlarining yemirilishiga deflitsiyalanish kuchayishiga va shamol mahsulotlarining qayta yotqizilishi tufayli barxanlar, qumtepaliklar va o`simlik tuplari oldida balandliligining hosil bo`lishiga olib keladi. Ayniqsa qumli yotqiziqlar tarqalgan viloyatlarda deflyatsiya jarayoni kuchli namoyon bo`ladi.
Atmosferada yog`inlarning kamligi va parlanishning yuqoriligi sababli qizilqumda tuproqning namlanishi juda kuchsiz, shu sababdan sizot suvlar odatda katta chuqurlikda joylashgan va avtomorf tuproqlarining rivojlanishiga olib keladi.
Qizilqumning avtomorf tuproqlari asosan qumli va sur-qo`ng`ir tusli cho`l tuproqlaridan tashkil topgan. Taqirli va taqir tuproqlar va sho`rhoklarga nisbatan kichik maydonlarni egallaydi va regioni janubiy qismidagi Zarafshonning qadimgi deltasida tarqalgan Qizilqum tuproq qoplamining umumiy sho`rlanishida qumli cho`l tuproqlari eng katta maydonni egallaydi. asosan ular qalin qumli yotqiziqlar ustida tarqalgan. Ushbu tuproqlar maydoning kam qismi Zarafshon daryosining qadimgi deltasida va tog` osti tekisliklarida tarqalgan Qizilqumda sur-qo`ng`ir tusli tuproqlar ancha katta maydonni ishg`ol etmaydi. Ular asosan pasttog`larda, qoldiq platalarda va tog` osti tekisliklarida bundan tashqari Zarafshonning qadimgi deltasida tarqalgan.
Qizilqumning past tog`li va qoldiq platalarida zich jinslar va ularning elliviallarida rivojlangan. Sur-qo`ng`ir tusli tuproqlar qalinligi kam, skeleti va odatda kuchli erroziyaga uchragan. Tog`li relef sharoiti tekisliklaridan ancha balandda joylashganligi sababli ulardan sug`oriladigan dehqonchilikda foydalanib bo`lmaydi. Bu jihatdan Zarafshonning qadimgi deltasidan tashqari yana tog` osti tekisliklaridagi sur-qo`ng`ir tusli tuproqlari sug`orish uchun ancha qulay hisoblanadi. Ushbu tuproqlarining asosiy maydonlari Bukantov va tomditovning janubiy qismi, Qazaqtov va ko`kchatov balandligining Avminzatov va ko`ltutovlarining oralig`ida joylashgan bular asosan quyito`rtlamchi va o`rta to`rtlamchi qisman yuqori to`rlamchi davr dellivial-allivial yotqiziqlari oblastlari hisoblanadi.
Odatda 2m dan chuqurda dag`al skelet miqdori keskin oshadi. Tuproq yuzasi mayda zarrachalarni shamol uchirib ketganligi sababli tosh va shag`aldan iboratligi qalqon bilan qoplangan.Ko`pincha tuproq yuzasi qumlangan Kenemix artezan havzasidan XX asrning 50 yillarida sug`orish ishlari boshlangandan keyin Qizilqumda Kenemix artezani havzasidan yuqoriga oqib chiqadigan yer osti suvlari hisobiga sug`orish ishlari boshlangandan keyin yangi kichik vohalar tayyor bo`la boshladi.Ancha yirik sug`orish maydonlari Karakatin cho`kmasi, oqsoy va Qizilkesak soylarida uchraydi.
Yuqorida qayd etilgan vohalarda yangidan o`zlashtirilgan sug`oriladigan sur-qo`ng`ir tusli va sur-qo`ng`ir o`tloq tuproqlari tavsiflangan.Sug`oriladigan sur-qo`ng`ir tusli tuproqlar relefining nisbatan baland ko`tarilgan elementlarida joylashgan bo`lib, sizot suvlari chuqur sug`oriladigan joylarda uchraydi va vegetatsiya davridagi sug`orish suvlari ta’sirida yuqoriga ko`tariladigan sizot suvlari evaziga davriy ravishda yuqori namlikka ega bo`ladi. Sur-qo`ng`ir o`tloq tuproqlari relefiga nisbatan joylashganligi drenaj tarmoqlarining qalinligi va holatiga ko`ra yuvilgan va turli darajada sho`rlangan bo`lishi mumkin.
Quruq holda qoldirilganda kuchli sho`rlanadi.Ushbu tuproqlarlarning shakllanishi sizot suvlari ishtirokida aftidan o`zlashtirilgan davrgacha maydonlarda sizot suvlar yer yuzasiga joylashgan turg`un namlanadigan sur-qo`ng`ir o`tloq tuproqlari uchraydi.Sug`orishga bog`lik bo`lmagan holda o`zlashtirilgan davrgacha sodir bo`lgan, buni tuproq profilidagi gidromorfologik belgilarining ancha keskin namoyon bo`lishidan bilish mumkin.
Tavsiflanayotgan regionda uchraydigan tuproqlar nomlarini to`lik keltirish uchun yana uni kam tarqalgan bo`lsada, sho`rhoklar va taqirlarni ham qo`shish mumkin. Qizilqumning katta maydonlari asosan yaylovlar sifatida foydalaniladi. Qariyb yil davomida Qizilqumda boqiladigan qorako`l qo`ylari, suruvlarini suv bilan ta’minlash va yaylovlarni sug`orish maqsadida ko`p sonli artezan quduqlarining kovlanishi hajmdagi yer osti suvining mavjudligi aniqlandi.
Shu sababli o`tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab yem-xashak chiqarish uchun artezan suvlari bazasida kichik Oazesli sug`orish ishlari rejalana boshlandi.
O`zlashtirilgan yerlarda beda, jo`hori, sudan o`ti, makkajo`hori va boshqa yem-xashak, poliz va daraxtchil ekinlari ekila boshlandi
Hozirgi davrda Zarafshon daryosining chap qirg`onida Malik cho`l, Qarshi cho`li, Surxon, Sherobod va boshqa cho`llarda sur –qo`ng`ir tusli taqir va taqirli tuproqlar va qumli cho`l tuproqlarini sug`oriladigan dehqonchilik uchun o`zlashtirish sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Cho’l zonasi chala cho’llar zonasining Janubida joylashgan bo’lib Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Qo’ra Araks pasttekisligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha borpdi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining deyarli 70%i cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Shyerobod, Qarshi cho’llari va boshqa tyerritoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln. ga Cho’l zonasining zonal tuproqlarlari: sur-qo’ng’ir, tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib,qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (40%i) va sho’rhoklar (13% ga yaqin) ham keng tarqalgan. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq,o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar.Кelib chiqishi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan, bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va xossalari o’ta quruq cho’llarning ksyerofit-efemyerni o’simliklarni ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Кlassifikasiyasi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur qo’ng’ir tusli tuproqlarga bo’linadi. Mexanik va minyerologik tarkibi. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslarga shakllanganligi sababli,ularning mexanik tarkibi ham har xil bo’lib,tuproq qumloq va engil qumoq xillari tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tuli tuproqlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 40,5mln gektarga yaqin. Ammo sug’orib dehqonchilik qilinadigan maydonlar juda kam-112.3 ming gektar (tuproqlar maydoniga nisbatan 0,28% ni tashkil etadi). Taqirlarning asosiy belgilari.Taqirlar profili o’ziga xos tuzilishiga ega bo’lib, yuzasining qalinligi 1-5 sm bo’lgan qattiq zich yorikli qatqoloqdan iborat.quruq holda u yirik-kovakli, juda mustahkam qovushmali va namlanganda qumli ko’pchib,deyarli suvni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi. Taqirlarning kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Geologlar taqirlar qadimgi va hozirgi zamon suv oqimlardan nozik zarrachalarning yotqizilishi natijasida hosil bo’ladi deb tushuntiradi .Ayrim geolog va geomorfologlar fikricha taqirlar qadimgi va hozirgi zamon qurigan yo’llarining ostki qismidir .Taqirlar asosan og’ir mexanik tarkibli gilli soz tuproqlar jumlasiga kiradi. Taqirlarning fizik, fizik-mexanik va agrokimyoviy xossalarining nihoyatda yomon bo’lishiga qaramasdan ularni o’zlashtirib dehqonchilik maqsadlarida foydalanish mumkin. Taqirlar unumdorligini oshirilishining samarali usullardan yerga go’ng turli kompostlar solib o’g’itlash shuningdek turli o’tlar ekish muhim ahamiyatga ega. Organik o’g’itlar yerni ozuqa elementlariga boyitish bilan birga tuproqning biologik aktivligini oshiradi, strukturasini va fizik xossalarini yaxshilaydi. Taqirli tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish. Taqir va taqirli tuproqlarning umumiy maydoni 16,58 mln gektar bo’lib, qishloq xo’jaligida shundan 12,77%i foydalaniladi. Jumladan xaydaladigan yerlar 778,5 ming gektar. O’zbekiston taqir va taqirli tuproqlar maydoni 1,8 mln ga (jumladan taqirli tuproqlar maydoni 1,67 mln ga) ni tashkil etadi. qumli,cho’l tuproqlari O’rta Osiyoda jumladan Qora-qum, Qizilqumda,Qarshi cho’llarida, Mirzacho’l, Shyerobod vodiysi, Buxoro voxasi, Farg’ona vodiysi, G’arbiy Кopetdog’ tog’oldi tekisliklarida va boshqa maydonlarda keng tarqalgan. Кlassifikatsiyasi. qumli cho’l tuproqlari tarkibidagi qumlarning minyeralogik va kimyoviy tarkibiga ko’ra avlodlarga bo’linadi.
Кimyoviy tarkibi. Qumli cho’l tuproqlarida gumus juda kam (0,2-0,5%) bo’lib,ammo gumus tuproqning ancha chuqurligiga(30-35sm)qadar kirib boradi. Fizik xossalari.Qumli cho’l tuproqlarning mexanik tarkibida mayda qum (0,25-0,05) va yirik chang (0,05-0,01 mm) fraksiyalari ko’p bo’ladi. qumli cho’l tuproqlaridan qishloq xo’jaligida foyda-lanish. MDHda qumli yerlar maydoni 64,73 mln gektar bo’lib,qishloq xo’jaligida shundan 37,28%i foydalaniladi. Shu maqsadda, dalalarga sug’orish suvlari bilan birga loyqa yuborish sun’iy ravishda gilli tuproq solish yaxshi samara beradi.
Qumli tuproqlar gumusga va turli oziq moddalarga kambagal bo’lganligidan,organik va minyeral o’g’itlardan keng foydalanish ko’p yillik o’tlar ekish zarur. Qumli tuproqlarning shamol ta’sirida to’zg’ishiga qarshi kurash chora tadbirlari olib borish ham muhim ahamiyatga ega.Shu maqsadda ixota daraxtzorlari barpo etish, kimyoviy vositalar(КBT,К-4,К-9 kabi preparatlar) dan foydalanish tuproqni mustahkamlash yaxshi samaralar beradi.
Bo’z tuproqlar zonasi mamlakatimizda qishloq xo’jaligida muhim o’rinni egallaydi. Unda asosiy paxtachilik tumanlari joylashgan. Paxtachilik bilan bir qatorda, zonada ko’plab ekinlar: sholi qandlavlagi, makkajo’xori, bug’doy, lub ekinlari, sabzavot,kartoshka va boshqalar etishtiriladi. Bu yerda bog’dorchilik, uzumchilik va pillachilik ham keng rivojlangan. Bo’z tuproqlar o’tloqi-bo’z va sur qo’ng’ir tusli tuproqlar bilan birga MDH ga qishloq xo’jaligi strukturasida quyidagicha foydalaniladi: haydalma yerlar -3,8: yaylovlar -29,7: pichanzorlar -1,7: o’rmon va butazorlar -0,5%. Sug’orish miqdoriga qarab, tuproqlar qadimdan sug’oriladigan tuproqlarga va yangi o’zlashtirilgan tuproqlarga ajratiladi.Bo’z tuproqlar zonasida yerlar unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlardan eng muhimlari: sug’orishni to’g’ri tashkil etish: tuproqda chuqur haydalma qavatni yaratish: almashlab eqishni keng joriy etish yo’li bilan yerda ko’proq organik moddalar to’plash: minyeral va organik moddalardan samarali foydalanish: yeroziyaga qarshi kurash sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproq sho’rlanishi oldini olish va unga qarshi kurash katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda tuproqning meliorativ holatiga qarab sug’orish,zax suvlarning chiqib ketishiga e’tibor byerish,shuningdek sug’orish va mavsumiy sug’orish normalariga rioya qilish,suvning filtrlanishi natijasida ortiqcha sarfiga qarshi kurash: yerni o’z vaqtida sifatli ishlash,bir tekisda sug’orish uchun yer yuzasini tekislash: irrigasiya tarmoklaridan suvning nobud bo’lishini oldini olish: yerning sho’rini yuvish: sho’rga chidamli ekin navlardan foydalanish singarilar muhim tadbirlardan hisoblanadi. Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin(0,5-3,0 m) bo’lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta’sirida hosil bo’ladigan o’tloq; botqoq, botqoq-o’tloq tuproqlar va sho’rhoklar kiradi.
Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarning satxi, minyerallashganlik darajasi va shuningdek, davriy ravishda bo’lib turadigan tashqi suvlari rejimiga bog’liq. Gidromorf tuproqlar maydoni O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarning deyarli yarmi, O’zbekistonda 40% ini gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Sug’orib dehqonchilik qilingan maydonlarning,sug’orish suvlari ta’sirida yer osti sizot suvlarining qayta ko’tarilishi va kam oqib ketishi ro’y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf tuproqlar ham hosil bo’ladi. Bunda bo’z tuproqlarning o’tloq tuproqlarga o’tishi uchun ancha vaqt kyerak bo’ladi.
Кlassifikasiyasi. Cho’l va bo’z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarning tiplari-o’tloq,botqoq va sho’rhok tuproqlari bo’lib, ular botqoq-o’tloq, o’tloq (tipik) sho’rhok va botqoq-sho’rhok singari tipchalariga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-allyuvial, 2-uncha rivojlanmagan shag’al allyuvial: 3-sho’rlangan allyuvial: 4-soz tuproqlar: 5-sho’rlangan soz: 6-sho’rtobli soz tuproqlar kabilarga bo’linadi.
Cho’l zonasining ko’proq tarqalgan gidromorf tuproqlariga: sohil (qayir)-allyuvial,allyuvial-o’tloq,to’qay gilli allyuvial-o’tloq, botqoq-o’tloq, o’tloq-botqoq sho’rhokli, botqoq tuproqlar va sho’rhoklar kiradi. Bu tuproqlar maydoni uncha katta emas. Har yili yoki davriy ravishda suv bosib turadigan daryo sohili tyerassalarida,daryodan uzoqda joylashgan, lekin u daryo toshqinidan suv bosadigan yerlarda tarqalgan.
Toshqin suvlarda turli darajada-loyqa bo’lganidan, qayirni suv bosganda oqim tezligiga qarab, turli mexanik tarkibli allyuviy yotqiziladi. Shuning uchun sohil-allyuvial tuproqlari qatlamli bo’lib, qumdan tortib sozga qadar turli mexanik tarkibli. Mexanik tarkibi engil bo’lgan keltirilmalar bilan qoplangan, suv bosmaydigan yoki qisqa vaqt davomida toshqin suvi bosadigan o’zan bo’yi balandliklarda, daraxt-butali to’qaylar bilan egallangan va o’tloqi o’simliklar bilan qoplangan yerlarda o’tloqi-to’qay tuproqlarning rivojlanishi. To’qay daraxtzorlari, butazorlari ko’pincha daryo bo’yida va orollarda ko’p uchraydi. Bu tuproqlar cho’l zonasining Amudaryo va Sirdaryo irmoq-larida, ularning o’rta oqimidagi quyi tyerassalarda. Zarafshon, Surxondaryo, Vaxsh, Murg’ob shuningdek, Atrek daryolarining etaklarida katta maydonlarni egallaydi. Sug’oriladigan dehqonchilik rivojlangan chimli o’tloq tuproqlar turli mexanik tarkibli qatlamlarda paydo bo’ladi. Sizot suvlari sathi 1-3 m chuqurlikda bo’lib,minyerallashuv darajasi daryo va uning tarmoqlari uzoqlashgan sayin ortib boradi.
Bo’z tuproqlar zonasining sohil allyuvial,chimli o’tloq, botqoq-o’tloq va botqoq kabi gidromorf tuproqlari daryolarning quyi tyerassalarida, vodiylarning chekkalarida, yoyilmalarda, pastliklarda va tog’ oldi qiyaliklarining quyi qismlarida keng tarqalgan. Bu yerdagi gidromorf tuproqlarda sug’oriladigan dehqonchilik yaxshi rivojlangan.
Bo’z tuproqlar zonasidagi gidromorf tuproqlar va allyuvial, ko’proq soz rejimli namlanish sharoitida hosil bo’ladi.
Morfologik tuzilishi,kimyoviy va fizikaviy xossalariga ko’ra cho’l zonasidagi ana shunday tuproqlardan kam farqlanadi.
a) Botqoq-o’tloq tuproqlar sizot suvlari yer betiga yaqin joylashgan (0,7-1,2 m) sohil ustida pastlik joylarda tarqalgan.Tabiiy o’simliklar bu yerda o’tloq tuproqlarga nisbatan yaxshi rivojlanadi.
Doimiy syernam bo’lganidan allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlarda o’simlik qoldiqlari ko’pgina anayerob sharoitda parchalanadi va natijada gumus miqdori 5-7% gacha bo’lib, pastda keskin kamayadi.(0,5-0,6% ga). Dehqonchilikda bu tuproqlardan foydalanish oldin zovurlar qazilib yerlarning zaxi qochirilishi lozim. O’tloq soz tuproqlar sho’ri yuvilganda bo’z tuproqlar mintaqasi va cho’l zonasidagi eng yaxshi yerlar jumlasiga kiradi.
b) Bunday tuproqlar sizot suvlari yuza joylashgan (1 m ga yaqin).Botqoq o’tloq soz tuproqlar allyuvial tuproqlardan o’zining qator belgilari va xususiyatlari, jumladan gumusning ko’pligi myergelli va sho’r qatlamlarning yaxshi ifodalanganligi,ba’zi sho’rlangan yerlarda (kalsiy karbonat bilan gips aralashmasi) yangi yaralmalarning uchrashligi bilan farq qiladi. Bu tuproqlarda sug’orib dehqonchilik qilinadi. Кatta maydonlarda sholi ekiladi. Botqoq tuproqlar sizot suvlari yarim metrdan yaqinroq ancha pastlik yerlarda uchraydi. Botqoq tuproqlar orasida ko’proq gley-botqoqli tuproqlar tarqalgan bo’lib, torf-gleyli-botqoqli tuproqlar ham uchraydi.
Gumus miqdoriga ko’ra botqoq-o’tloq tuproqlar ham o’tloq tuproqlar kabi to’q tusli va och tusliga bo’linadi. To’q tusli botqoq o’tloq tuproqlarda gumus miqdori 3-8%, ayrim joylarda 12%gacha, och tuslida esa 1,5-3% atrofida bo’ladi. Botqoq-o’tloq soz tuproqlarda umumiy azot gumus miqdoriga qarab 0,13 dan 0,59 foizgacha va umumiy fosfor 0,15-0,22 foizni tashkil etadi. Botqoq-o’tloq soz tuproqlarning fizik xossalari turli gorizontlarda bir xil emas. Ayniqsa myergellanish va shu qatlamning fizik xossalari nihoyatda yomon. Sho’rlangan tuproqlarda tegishli meliorativ tadbirlar olib borilishi lozim. Botqoq yerlar quritilib foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |