Cho’l zonasi chala cho’llar zonasining janubida joylashgan bo’lib Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’isoton Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi



Download 16,01 Kb.
Sana08.12.2022
Hajmi16,01 Kb.
#881934
Bog'liq
Chala cho\'l zonasi


Cho’l zonasi chala cho’llar zonasining janubida joylashgan bo’lib Rossiya, O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’isoton Turon pasttekisligi deb ataluvchi, nihoyatda katta tekislik maydonlarini egallaydi. Qora araks pastteksiligining dengizga chegaradosh qismi ham shu zonaga kiradi. Zonaning shimoliy chegarasi, g’arbda Ustyurt platosini o’z ichiga olib, Orol dengizi orqali Balxash ko’ligacha boradi. O’zbekiston respublikasi yer maydonining 70%i cho’l zonasida joylashgan bo’lib, Qizilqum, Ustyurt, Malikcho’l, Sherobod, Qarshi cho’llari va boshqa territoriyalarni o’z ichiga oladi. Cho’l zonasining maydoni 130 mln. ga Cho’l zonasining zonal tuproqlari: sur-qo’ng’ir, tusli tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlardan iborat bo’lib, qumli cho’l tuproqlari, shamol keltirib yotqizgan qumlar (40%) va sho’rhoklar ( 13% ga yaqin) ham keng tarqalgan. Shuningdek, cho’l zonasida sho’rtoblar, daryo sohillari va deltalarida o’tloq, o’tloq-botqoq va sho’rlangan gidromorf tuproqlar ham ancha maydonni tashkil etadi.
Sur-qo’ng’ir tusli cho’l tuproqlar kelib chiqishi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlar uzoq yillar davomida tipga ajratilmasdan, bo’z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. Sur qo’ng’ir tusli tuproqlarning tuzilishi va hossalari o’ta quruq cho’llarning kserofit-efemerni o’simliklarni ta’sirida kechadigan tuproq paydo bo’lish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Klassifikatsiyasi, sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tipchaga: karbpnatli tipik sur-qo’ng’ir tusli va oz karbonatli sur qo’ng’ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslarga shakllanganligi sababli, ularning mexanik tarkibi ham har xil bo’lib, tuproq qumloq va yengil qumloq xillari tarqalgan. Sur-qo’ng’ir tuproqlar O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 40,5 mln ga yaqin. Ammo sug’orib dehqonchilik qilinadigan maydonlar juda kam 112,3 ming gektar (tuproqlar maydoniga nisbatan 0,28% ni tashkil etadi). Taqirlarning asosiy belgilari. Taqirlar profili o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, yuzasining qalinligi 1-5 sm bo’lgan qattiq zich yoriqli qatqaloqlardan iborat. Quruq holda u yirik-kovakli, juda mustahkam qovushmali, va namlanganda qumli kop’pchib, deyarli suvni o’tkazmaydigan bo’lib qoladi. Taqirlarning kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Geologlar taqirlar qadimgi va hozirgi zamon suv oqimlardan nozik zarrachalarning yotqizilishi natijasida hosil bo’ladi deb tushuntiradi. Ayrim geolog va geomorfologlar fikricha taqirlar qadimgi va hozirgi zamon qurilgan yo’llarining ostki qismidir. Taqirlar asosan og’ir mexanik tarkibli gilli soz tuproqlar jumlasiga kiradi. Taqirlarning fizik, fizik-mexanik va agrokimyoviy xossalari juda yomon bo’lishiga qaramasdan ularni o’zlashtirib dehqonchilik maqsadlarda foydalanish mumkin. Taqirlar unumdorligini oshirishning eng samarali usullaridan yerga go’ng turli kompostlar solib o’g’itlash shuningdek turli o’tlar ekish muhim ahamiyatga ega. Organik o’gitlar yerni ozuqa elementlariga boyitish bilan birga tuproqning biologik aktivligini oshiradi, strukturasi va fizik xossaslarini yaxshilaydi. Taqirli tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish. Taqir va taqirli tuproqlarning umumiy maydoni 16.58 mln gektar bo’lib, qishloq xo’jaligida shundan 12,77%i foydalaniladi. Jumaladan haydaladigan yerlar 778,5 ming gektar, O’zbekiston taqir va taqirli tuproqlar maydoni 1,8 mln ga (jumladan taqirli tuproqlar maydoni 1,67 mln ga) tashkil etadi. Qumli cho’l tuproqlari o’rta osiyoda jumladan qora-qum, qizilqumda, qarshi cho’llarida va boshqa maydonlarga keng tarqalgan. Klassifikatsiyasi qumli cho’l tuproqlari tarkibidagi qumlarning mineralogik va kimyoviy tarkibiga ko’ra avlodlarga bo’linadi.
Kimyoviy tarkibi. Qumli cho’l tuproqlardagumus juda kam (0,2 00,5 %) bo’lib, ammo gumus tuproqning ancha chuqurligiga (30-35 sm) qadar kirib boradi.
Fizik xossalari. Qumli cho’l tuproqlarning mexanik tarkibida mayda qum (0,25-0,05) va yirik chang (0,05-0,01 mm) fraksiyalari ko’p bo’ladi. Qumli cho’l tuproqlaridan qishloq xo’jaligida foydalanish. MDH da qumli yerlar maydoni 64,73 mln gektar bo’lib, qishloq xo’jsligida shundan 37,28% i foydalaniladi. Shu maqsadda dalalarga sug’orish suvlari bilan birga loyqa yuborish sun’iy ravishda gilli tuproq solish yaxshi samara beradi.
Qumli tuproqlar gumusga va turli oziq moddalarga kambag’al bo’lganligidan, organik va mineral o’g’itlardan keng foydalanish ko’p yillik o’tlar ekish zarur. Qumli tuproqlarning shamol ta’sirida to’zg’ishiga qarshi kurash chora tadbirlari olib borish ham muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda ixota daraxtzorlari barpo etish, kimyoviy vositalardan foydalanish tuproqni mustahkamlash yaxshi samaralar beradi. Bo’z tuproqlar zonasi mamlakatimizda qishloq xo’jaligida muhim o’rinni egallaydi. Unda asosiy paxtachilik tumanlari joylashgan. Paxtachilik bilan bir qatorda zonada ko’plab ekinlar: sholi, qandlavlagi, makkajo’xori, bug’doy, lub ekinlari, sabzavot, kartoshka va boshqalar yetishtiriladi. Bu yerda bog’dorchilik uzumchil va pillachilik ham keng rivojlagan. Bo’z tuproqlar o’tloqi bo’z va sur qong’ir tusli tuproqlar bilan birga MDH ga qishloq xo’jaligi strukturasida quyidagicha foydalaniladi: haydalma yerlar – 3,8; yaylovlar – 29,7; pichanzorlar – 1,7; o’rmon va butazorlar – 0,5%. Sug’orish miqdoriga qarab, tuproqlar qadimdan sug’oriladigan tuproqlar va yangi o’zlashtirilgan tuproqlarga aratiladi. Bo’z tuproqlar zonasida yerlar unumdorligi oshirishga qaratilgan tadbirlar eng muhimlari: sug’orishni to’g’ri tashkil etish; tuproqda chuqur haydalma qavatni yaratish; almashlab ekishni keng joriy etish yo’li bilan yerda ko’proq organik moddalar to’plash; mineral va organik moddalardan samarali foydalanish; eroziyaga qarshi kurash sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproq sho’rlanishi oldini olish va unga qarshi kurash katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda tuproqning mellorativ holatiga qarab sug’orish, zax suvlarning chiqib ketishiga e’tibor berish, shuningdek sug’orish va mavsumiy sug’orish normalariga rioya qilish, suvning filtrlanishi natijasida ortiqcha sarfiga qarshi kurash; yerni o’z vaqtida sifatli ishlash, bir tekisda sug’orish uchun yer yuzasini tekkislash; irrigatsiya tarmoqlaridan suvning nobud bo’lishini oldini olish; yerning sho’rini yuvish; sho’rga chidamli ekin navlaridan foydalanish singarilar muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Gidoromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin bo’lgan sharoitda, doimiy kapilyar namlik ta’sirida hosil bo’ladigan o’tloq; botqo-o’tloq tuproqlar va sho’rhoklar kiradi. Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarning satxi, minerallashganlik darajasi va shuningdek, davriy ravishda bo’lib turadigan tashqi suvlari rejimiga bog’liq. Gidromorf tuproqalar maydoni O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarning deyarli yarmi, O’zbekistonda 40%ini gidromorf tuproqlar tashkil qiladi. Sug’orib dehqonchilik qilingan maydonlarning sug’orish suvlari ta’sirida yer ostki sizot suvlarining qayta ko’tarilishi va kam oqib ketishi ro’y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf tuproqlar ham hosil bo’ladi. Bunda bo’z tuproqlarning o’tloq tuproqlarga o’tishi uchun ancha vaqt kerak bo’ladi.
Klassifikatsiyasi. Cho’l va bo’z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarning tiplari o’tloq, botqoq va sho’rhok tuproqlari bo’lib, ular botqoq-o’tloq, o’tloq ( tipik) sho’rhok va botqoq-sho’rhok singari tipchalarga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-alluvial, 2-uncha rivojlangan shag’al alluvilial, 3-sho’rlangan allivilial, 4-soz tuproqlar, 5-sho’rlangan soz, 6-sho’rtobli soz tuproqlar kabilarga bo’linadi. Cho’l zonasining ko’proq tarqalgan gidromorf tuproqlariga: sohil(qayir) – alluvilial, alluvilial-o’tloq, botqoq-o’tloq, o’tloq-botqoq, sho’rhokli botqoq tuproqlar va sho’rhoklar kiradi. Bu tuproqlar maydoni uncha katta emas. Har yili yoki davriy ravishda suv bosib turadigan daryo sohili terassalarida, daryodan uzoqda joylashgan, lekin u daryo toshqinidan suv bosiladigan yerlarda tarqalgan.
Adabiyotlar

  1. Abdullayev X.A. O’zbekiston tuproqlari. T:,1977

  2. Boboxo’jayev.I. Uzoqov.P. tuproqning tarkibi xossalari va analizi.

  3. Boboxo’jayev.I. Uzoqov.P. “Tuproqshunoslik” T: Mehnat 1995

  4. Bahodirov. M. Rasulov. A. “Tuproqshunoslik” T: O’qituvchi 1975.

  5. En.wikipedia.com

  6. Arxiv.uz

Download 16,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish