Mundarija Kirish I. Bob. O’zbekistonda suv havzalari va ulardan foydalanish holati


Suv manbalari va ularning sanitariya xolati



Download 59,04 Kb.
bet13/17
Sana08.04.2022
Hajmi59,04 Kb.
#537724
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Respublikamizda suv manbalarini gigiyenik xarakteristikasi

Suv manbalari va ularning sanitariya xolati.
YEr kurrasida suvlar turlicha joylashgan. Er osti suvlari kamida uchta chuqurlik yer qavatida joylashgan bo’lib, yer ustida esa ochiq yuza suvlar mavjuddir.

Qanday suv bo’lmasin, unga qo’yiladigan gigienik talabga ko’ra, u odamlar iste'mol qilganda xech qanday yuqumli kasalliklar keltirib chiqarmasligi, kishilarga zaxarli va radioaktiv moddalar bilan shikast etkazmasligi, ta'mi, xidi, rangi risoladagidek bo’lib, axoliga zarar bermasligi kerak.


YEr osti suvlari xar xil chuqurlikda joylashgan, oraliq tafovuti 1,5 m dan 16 km gacha etishi mumkin, ular bosimli va bosimsiz bo’ladi. Anchagina chuqurlikda joylashagan bosimli suvlar artezian suvlari nomi bilan yuritiladi. XII asrda Frantsiyaning Art viloyati axolisi er ostida joylashgan chuqur yer qatlamlari oralig’idagi suvdan foydalangan va bu suv shu vaqtgacha mazkur viloyat nomi bilan chuqur artezian suvi deb ataladi.
Kelajakda yer osti suvlaridan keng ko’lamda foydalnish ko’zda tutilmoqda. Ma'lumotlar shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston xududidagi er osti suvlarining aksariyati tipikligi, xarorati, kimyoviy tarkibi va bakteriyalar miqdori jixatidan GOST talablariga jovob beradi. YEr yuzasining eng yaqin joylashgan yer osti suv o’tkazmas qavatida to’plangan suvlar gurunt suvlari bo’lib, bu asosan filtirlanish natijasida paydo bo’ladi, bunday yer osti suv bosimi bo’lmaydi.
Tepa yer osti suvi. Ayrim xollarda gurunt er osti suvlarining tepasida yer ostida to’planib qolgan suvlarni xam uchratish mumkin tepa er osti suvlari suvga chidamli yoki suvni kam o’tkazadigan qavatlarda, gurunt suvlari ustida paydo bo’ladi.
Tepa er osti suvlarining tuplanishi doimiy emas,ular yogingarchilikka boglik buladi.Tepa er osti suvlari er yuzasiga yakin bulganidan ular tez-tez mikroorganizmlar, tuzlar, zaxarli kimyoviy moddalar, mineral ugitlar bilan ifloslanishi mumkin. Bunday suvlar ichimlik suv sifatida tavsiya kilinmaydi. Ularni zararsiz xolatga keltiribgina ichish mumkin.
Artezian suvlari. Chukur er osti katlamlarida tuplangan yukori bosimli bu suvlar,suvga chidamli birinchi,ikkinchi yoki kup kavatli jinslarning tagiga joylashgan bulib katlamlar orasiga yotadi.

Suv utkazmaydigan suv yullari va uning tomi oraligida kisilib yotgan suv doim bosim ostida buladi,er burgulab kovlanishi bilan bosimli suv er yuzasiga otilib chikadi,ba'zi xollarda er tagidan chashma singari uzi xam otilib chikishi mumkin.


Ba'zi xollarda bosim ta'sirida suvning kayishkoklik xususiyati tufayli bunday xolat gravitatsion kuchlar bilan almashinishi mumkin unda suv erkin xolda bosimsiz suv katlamlariga kutarilishi mumkin.
Er osti suvlarining kimyoviy tarkibi kup jixatdan kimyoviy reaktsiyalarga,suv sizib utadigan jins kavatlarining fizik xususiyatiga boglik buladi.
Xozir yangi fizikaviy va kimyoviy usullar yordamida 70 ga yakin kimyoviy elementlar er osti suvlaridan topiladi.Masalan, ftor, mis, rux, temir, fosfor, kaltsiy, magniy, xrom, kurgoshin va boshkalar. Albatta, elementlarning suvdagi mikdorlari bir-biriga sira uxshamaydi,ba'zi birlari mikrogrammlar mikdorida topilsa,ba'zi birlari bir necha un millionlardan biri xisobiga topiladi.
Bu albatta suv yulidagi jinslarning kimyoviy,fizikaviy xususiyatlariga boglikdir.Inson xujalik va ichimlik suv bilan ta'minlanganda suvdagi ftor,temir va suvning kattikligini belgilovchi kaltsiy,magniy tuzlarining mikdori gigienik jixatdan katta axamiyatga egadir.
Er osti suvlariga tabiiy omillardan tashkari tugdiriladigan omillar xam uz ta'sirini kursatishi mumkin.Masalan,suv katlamlaridan notadbirkorona foydalanish,suv namunalarini olish yoki er osti suv xavzvsiga boshka suv manbalardan suv sizib utishi,er kavatlari butunligining buzilishi er osti katlamlararo suvlari tarkibini uzgartirib yuborishi mumkin.
Er osti suvlarining ifloslanishiga sanoat korxonalaridan oqib chiqadigan iflos suvlar sabab bo’ladi. Bulardan tashqari, yer osti suvlari tashlandiq quduqlar, ularga o’rnatilagan quvurlar orasidagi yoki tashqi tomonidan suvning sizilishi zovurlardan, karerlardan, daryo suvlarining sizilishidan xam ifloslanishi mumkin.
Ko’pincha qatlamlararo er osti suvlari ichimlik toza suv xisoblanadi, ishlanmasdan iste'mol qilinadi, chunki uning sifati, kimyoviy va bakteriologik tarkibi barqarordir va tozaligi davlat standartiga to’gri keladi.
Ochiq yuza suv manbalari.
O’rta Osiyo respublikalarida sug’orish tizimi yaxshi rivojlanganligi uchun xam ko’pgina qishloq axolisi o’zining xo’jalik, ichimlik va maishiy extiyojlariga ko’pincha daryo, kanal, ariq suvlaridan foydalanadi.
Yuza suv manbalarining suvi doimo PH 6,5—8,5 orasida aniqlanadi. Lekin ochiq suv xavzalari insonning antropogen faoliyati natijasida iflos suvlar, sanoat chiqindilari bilan, jamoa xo’jaligi va davlat xo’jaligi yer maydonlaridan chiqadigan oqava suvlar va boshqalar bilan ifloslanadi.
Yuqorida keltirilgan omillardan ma'lumki, bunday suvlarni to’g’ridan to’g’ri iste'mol qilib bo’lmaydi, bunday suvlardan xo’jalik va ichimlik maqsadlarida foydalanish uchun ular albatta tozalanishi, zararsizlantirishi, vodoprovod inshootlarida ishlov berilishi kerak.
Daryolar. Ular eng asosiy ochiq suv xavzalari bo’lib keng ko’lamda ma'lum ishlanishdan so’ng axoli extiyoji uchun ishlatilmoqda. Lekin daryo suvlari sifat jixatidan tez o’zgaruvchandir, ular o’z tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar, gelmint tuxumlari va boshqa moddalarni tutishi mumkin.
Ochiq suv xavzalari tabiiy xolatining buzilishi korxonalarning tozalanmagan chiqindi suvlarni tashlab yuborishi oqibatida yuz beradi.
O’rta Osiyo respublikalaridagi daryo suvlari tog’lardagi qor va muzliklarning erishidan paydo bo’lishi tufayli ularning suvlari nixoyatda tiniq, toza, chuchuk, mazali, xarorati 120C dan oshmadigan, chanqovni qondiradigan ajoyib suvlardir. Lekin suv oqimi 500— km ga etganda ayniqsa Amudaryo suvlari loyqalanib, o’z tarkibida juda ko’p miqdorda osig’lik zarrachalar, qum, loy, xas-cho’plarni tutadi, ularning mineral tarkibi, organik moddalari miqdori, mikroblarining soni juda o’zgarib ketadi.
Bir litr suv tarkibida 6500— mg og’irlik zarrachalar bo’lishi mumkin. Demak, xar bir xududda iqlim, tuproq suv oqadigan grunt, yog’ingarchilik va boshqa tabiat sharoitlar suvning xamma ko’rsatkichlarini o’zgartirib yuboradi. Agar daryo suvlari sho’x oqadigan bo’lsa, suv juda loyqa bo’lib, daryo soxillarini buzadi, o’z yo’nalishini tez-tez o’zgartirib turadi.

Axolini toza xo’jalik ichimlik suvi bilan ta'minlash niyatida ko’llarning suvidan foylanishni tavsiya qilish mumkin, lekin buning uchun ko’llar chuqurligi kamida 10 m, suv kirimi etarli bo’lmogi shart. Chuqur ko’llarda, masalan, 10 m chuqur ko’llarda mikroblar kam uchraydi, suvning xarorati 100C atrofida bo’lib, kimyoviy tarkibi o’zgarib turadi. Shuning uchun katta va chuqur ko’llarning suvi bilan axolini markazlashgan vodoprovod inshootlari orqali ta'minlash maqsadga muvofiqdir.


Lekin daryo suvlari ko’lga quyilish joyidan boshlab ifloslanishni bir necha km ga tarqatishi mumkin. Shuning uchun vodoprovod uchun suv olish joyi bu iflosliklardan, chiqindi oqava suvlardan va boshqa suvni zararlovchi moddalardan xoli bo’lishi kerak. Suv olish uchun mo’ljallangan joyda sanitariya-ximoya mintaqasi tashkil qilish lozim.
Sun'iy suv omborlari. Keyingi 30— yil mobaynida katta daryo suvlari yordamida elektr quvvati olish uchun bir qancha suv omborlari qurildi.
Masalan, O’zbekiston daryolarida ko’plab suv omborlari qurilgan bo’lib, ulardagi suvning xajmi 10 mlrd/m3 ni tashkil qiladi. Ular tufayli xozir Amudaryoning tez oqar suvlari ancha jilovlangan.
Suv omboridagi suvlarning yana bir xususiyati ularning yozda ko’karib ketishidir, bunga suvda mikroskopik o’simliklarning o’sishi sabab bo’ladi. Keyinchalik suv o’simliklarining o’sishi, o’z navbatida, suv tarkibini organik moddalar bilan boyitadi, unda vodorod sulfid paydo bo’lib, suv xoldagi erigan oksigen kamayib ketadi, oqibatda baliqlar va boshqa suv jonivolari qiriladi. Suv o’simliklarining ko’p qismi filtrlovchi uskunalarga kirib qolib, ularni ishdan chiqaradi, vodoprovod inshootlarining bir me'yorda ishlashiga putur etkazadi.
Odatda suvning ko’karishiga qarshi samolyotlar yordamida 1 m3 suvga 0,5 g CuSO4 (mis sulfati) sepiladi. Suv omborlarida suv o’zini-o’zi tabiiy tozalashi tufayli mikroorganizmlar bilan ifloslanmaydi. Suv omborlari qurish arafasida olib borilgan sanitariya tadbirlari, masalan, suv quyiladigan ombor tubini tozalash suvni ifloslantirishi mumkin bo’lgan omillardan ma'lum darajada xoli qiladi.
Shu maksadda suv ombori qurilayotgan joy daraxtlar, changalzorlar, ko’p yillik o’tlar va boshqalardan tozalanadi. Shundagina suvning organoleptik, bakteriologik va kimyoviy tarkibi talabga javob beradigan bo’ladi.
Suv omborlarini to’g’ri tashkil qilish axolini ichimlik suv bilan ta'minlashda muxim rol o’ynaydi, mazkur joy iqlimi yaxshi, yoqimli bo’lishiga, obodonlashtirish ishlari rivoj topishiga ta'sir ko’rsatadi.
Suv omborlarining suvi almashinib turgani uchun sanitariya jixatdan uncha xavf tug’dirmaydi, daryo suvlari doimo xarakatda bo’lganligidan o’z-o’zini tozalash jarayonlari tez sur'atlar bilan kechadi, o’z navbatida, zararsiz mineral tuzlarga aylanadi.

Download 59,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish