Kirish………………………………………………………………………………3 I.Bob. O’zbekistonda suv havzalari va ulardan foydalanish holati……………7 1.1. O'zbekistonda aholini suv bilan ta'minlash muammolari……………….7
1.2. O‘zbekiston suvdan oqilona va samarali foydalanish borasida juda boy tajribaga ega……………………………………………………………………….13
II. Bob. Respublikamizda suv manbalarini gigiyenik xaraktristikasi..............21 2.1. Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati.....................................21
2.2. Suvni ifloslanishi va ifloslantiruvchi manbalar......................................25
2.3. Ichimlik suv sifatiga qo’yilgan gigiyenik talablar va uni sanitariya nuqtai nazridan baholash...............................................................................31
Xulosa…………………………………………………………………………….38 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….40
Kirish
Prezident SH. N. Mirziyoyevning aholini toza ichim lik suvi bilan ta’minlash va suv inshoatlarini barpo etish bo’yicha qarorlari, chora tadbirlari.
Prezident qarori: “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi tuziladi
2018 yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan edi.
Kecha, 20 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev "2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizasiya qilish dasturi to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy qilish;
suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida hisobga olish hamda monitoring qilishni ta’minlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi barcha iste’molchilarni ichimlik suvini hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan jihozlash;
turar joy komplekslarini qurishda sanitariya talablarini, shu jumladan, mahalliy tozalash inshootlarini qo‘llash orqali ta’minlash maqsadida kanalizatsiya ob’ektlarini ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari bilan birgalikda loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish;
ichimlik suvi ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini o‘zi to‘liq qoplashini ta’minlaydigan, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish imkonini beradigan yangi tarif siyosatini ishlab chiqish orqali suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;
suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2019 yilning 1 yanvariga qadar xalqaro maslahatchilar jalb qilingan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020−2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish konsepsiyasining loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi: