Mundarija: Kirish I bob. O’zbekistonda kartografiyani shakillanishining hozirgi holati



Download 98,56 Kb.
bet1/9
Sana10.06.2022
Hajmi98,56 Kb.
#651224
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi kartografiya 1



Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………....3
I BOB. O’ZBEKISTONDA KARTOGRAFIYANI SHAKILLANISHINING HOZIRGI HOLATI
1.1 Kartografiya tarifi va uning tarmoqlari……………………..…8
1.2 Kartografiyaning shakillanish xususiyatlar………………….11
II BOB. O’ZBEKISTONDA KARTOGRAFIYANI SHAKILLANISHINING MUAMMO VA ISTIQBOLLARI
2.1 O’zbekistonda kartografiyani shakillanishining muammo va istiqbollari……………………………………………………………...25

XULOSA………………………………………………………………39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXTI………………...40

Kirish


Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va xodisalarning joylashishini
va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi
bilan o‘zgarishini, maxsus tasvir-obrazli belgi modellar vositasida matematik yo‘l
bilan tekislikda kichraytirib generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot
usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir.
Kartografiya qadimiy fanlardan biri bo‘lib, bu fan to‘g‘risidagi dastlabki
ta‘rifni miloddan ikki asr ilgari yashagan ulug‘ olim Klavdiya Ptolomey tomonidan
berilgan desa bo‘ladi. U geografiya fanining vazifasi Yer yuzasini kartografik
jihatdan tasvirlashdan iboratdir degan edi.
Vaqt o‘tishi bilan kartografiya fanining ta‘rifi ham o‘zgarib takomillasha
bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya-geografik kartalar to‘g‘risidagi fan deb,
uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo‘llarini
o‘rgatishdan iborat deb kelingan.«Karta» atamasi o‘rta asrlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Bu atama lotincha «chartes» so‘zidan olinib papirus qog‘oz varag‘i degan tushunchani bildiradi.
Hozirgi vaqtda «karta» atamasi dunyoning turli davlatlar tillarida ishlatilib
kelinmoqda. Masalan, frantsuzcha - carte, nemischa - qarte, italyancha va
portugalcha - carta, gollandcha - avval va h.z.lar. Shu bilan bir qatorda bu atama
o‘rniga, bir qancha mamlakatlarda boshqa atama ya‘ni «mappa» so‘zini ishlatib,
polotoni bir bo‘lagi degan ma‘noni bildiradi. Masalan, inglizlar - map deb
ataydilar. Ba‘zi mamlakatlarda ikkala atama ya‘ni inglizlar «chart» so‘zini dengiz
va aeronavigatsiya kartalarida, ispanlar «carta» atamasini plan, dengiz kartalarida
ishlatadilar. Ba‘zi o‘rinda butunlay boshqa atamalarni-masalan, yaponiyaliklartizu, vengerlar-erqep (joy tasviri) degan atamani ishlatadilar.
Ba‘zi manbalarda karta – Yer yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri
deb yuritilib kelingan. Haqiqatdan ham geografik kartalar matematik yo‘l bilan
hisoblash natijasida Yer ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida
vujudga keladi. Yuqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus
belgi-obrazli modellar yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va
hodisalarning miqdori, sifati, joylashgan o‘rni va boshqa xususiyatlarini kartaga
qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga qarab
tasvirlanayotgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya‘ni generalizatsiya
qilingan holda tasvirlanadi.
Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo‘lib,
tasvirlanayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jixatlarini, voqea va
hodisalarning geografik joylanish xususiyatlarini, ularning o‘zaro bog‘liqligi va
hatto o‘zgarishini bashorat qilish imkoniyatiga ham egadir.
Karta, okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, turistik sayyohatlarda
va harbiy sohada asosiy yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Karta xalq xo‘jaligimizni rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida,
qurilishlarni loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to‘g‘ri
taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy
manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya
va tarix fanlarini o‘rganishda asosiy ko‘rgazmali bilim manbaidir.
Kartografiya fani ko‘pgina fanlar, chunonchi georafiya, geodeziya,
topografiya, matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy
bog‘langandir Kartografiya, o‘z navbatida bir necha mustaqil qismlarga bo‘linadi:
kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni chizish va
jihozlash, kartalarni tuzish va taxrir qilish, kartalarni nashr qilish, kartalarni
modellashtirish, kartografik menejment va boshqalar.

Download 98,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish