Mundarija Kirish I bob. Muammoni о’rganishni ilmiy-nazariy asoslari


Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan ritmik mashg’ulotlar



Download 142,27 Kb.
bet5/15
Sana28.05.2022
Hajmi142,27 Kb.
#613353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ishi dudqlanish

2.2 Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan olib boriladigan ritmik mashg’ulotlar
Maktabgacha yoshdagi duduqlanadigan bolalar bilan logopedik ritmika boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazgach, turli psixik jarayonlarda va odatdagi ontogenezda bolaning funksional tizimi shakllanganidek, duduqlanadiganlarning oʻzlarida rivojlanishning baʼzi xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Ushbu yoshdagi bolalarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini, ularda nutq va motor funksiyasi, odamga tez boʻladigan, hayajonli holati, (shu jumaladn oʻyinli) bilsh faoliyatining o’qib oʻtishini ham eʼtiborga olish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning oʻziga xos xususiyati boʻladi:
bosh miya poʻstlog’i toʻqimalarining tugallanmagan differentsiatsiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qoʻl, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. Shu munosabat bilan taʼsirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni tez-tez almashtirib turish zarur;
2–3 yoshdagi bolaning tez oʻsuvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor boʻladi. Shuning uchun yelka kamarida haddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan bog’liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak;
2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta oʻrin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashgʻulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qiziqish uygʻotishi kerak. Qoʻllash va maqtash bolada hissiyot tonusini koʻtaradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag’batlantiradi va muloqotni yengillashtiradi.
Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yoʻnaltirilish, yaʼni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qoʻshma harakatga chaqirish vositasi sifatida qoʻllaydilar. harakat bolalarda koʻpincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam soʻraydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xoqishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tug’iladi: feʼllarning koʻp sonli buyruq mayli bilan bog’liqligi, oʻz fikrini aytish buyruq yoki soʻroq xarakterida, iltimos koʻrinishidan iborat boʻladi.
Odatda, duduqlanish paydo boʻlishi bilan koʻpchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Shu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan oʻzaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida koʻrsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor koʻnikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi6 (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi): narsani ushlab olish va uni qoʻlda uzoq tutib turish;
“Ladushki”, “hakka” oʻyinidagi kabi qoʻl barmoqlari va panjaning harakati; qoshiqdan foydalanish; yurishni egallash; qurilish materiali bilan oʻyinlarda ketma-ket harakatlar yonida.
Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat koʻrsatadi. Koʻpchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez taʼsirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik taʼsirlari. Koʻp bolalar yig’loqi. Koʻpchiligi uchun qatto yaxshi koʻrgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos. Logopedik ritmika boʻyicha mashgʻulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda oʻtkazish kerak. Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli koʻrinishlarining oʻzaro alqadorligi.
Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar hali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash boʻlimlariga ajratilmaydi. Faqat bu faoliyatlar koʻrinishi paydo boʻlishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli koʻrinishlar sodir boʻladi. Shuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi.
Logoritmik mashgʻulotlarning mazmuni musiqaga hissiyotli iltifotni rivojlantirishga, unga birlamchi qiziqishni, musiqa bilan bog’liq alohida harakatlarni faollashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Turli balandlikdagi, tembrdagi, dinamikadagi jaranglashlarni idrok qilishni rivojlantirish alohida oʻrin egallaydi. Ilk yoshdagi bolalarda musiqali-ritmik koʻnikmalarning darajasi “birlamchi ashula koʻrinishlari”, “oddiy ritmik harakatlar” kabi temrinlar bilan xarakterlanadi. Bu bilan hayotining uchinchi yilida bolalarni oʻqitish jarayoni tugallanmaganligi taʼkidlanadi.
Masalan, harakatlarni almashtirish tarbiyasi ikki-uch qismdan iborat shakldagi musiqali asar bilan kuzatiladi, butun logopedik kurs davomida amalga oshiriladi (bunda turli musiqali repertuar foydalaniladi).
Nutqli va musiqali materialning kichkina harakatlar hajmi.
Logoritmika tarbiyasi logopedik ishning bosqichlari mazmuni bilan muvofiqlikda amalga oshirilishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi duduqlanadiganlar bilan logopedik ritmikaga quyidagi boʻlimlar kiritiladi.
1.Sensor qobiliyatini shakllantirish: turlicha modallikni, diqqatni, ritmga taʼsirni va eshitishga taʼsir etuvchilarni idrok qilish. Dastavval musiqani idrok etish shakllanadi. Bolalar oldin musiqiy asarni yaxlitligicha idrok etadilar, keyin eshitishni boshlaydilar va ifodali ohangni, tasviriy paytlarini, soʻz boshi va xulosani ajratib oladilar.
Har xil musiqali asarlarni eshitish, musiqali tovushning toʻrtta xususiyatini: balandligi, davomiyligi, tembri, dinamikasini ajratib olish mashqlari. Bolalar musiqa kim toʻgʻrisida hikoya qilayotganini aytadilar (masalan, mushuk yoki mushukcha haqida) va mos oʻyinchoqni koʻrsatadilar. Oʻyinchoqni koʻrish obrazi muayyan musiqa va nomlanish bilan bog’lanadi.
Logopedik bosqichning oxirida bolalar musiqali asarning uch qismli shaklini, turli xarakterdagi musiqaning qattiq yoki sekin jaranglashini, qoʻnqiroqchalarning baland yoki past jaranglashini ajratib oladilar, metallofonning ovozini, fortepianoning “do”1 – “do”2 oraliqini aniqlaydilar (nima chirqillayotganini tanib oladilar: qush yoki qushcha), qoʻqirchoqlar bilan harakatlarda turli ritmni beradilar (qoʻg’irchoq qadam tashlayapi, yugurayapti yoki sakrayapti).
2. Musiqali-ritmik koʻnikmalarning shakllanishi. Yurish, yugurish, yarim choʻkka tushish, oyoqlarni tebratish (“prujinacha”), irqishlash bilan yurishning birgaligi, narsalar bilan mashqlar, harama-harshi jaranglagan musiqa bilan harakatlarning mosligi. Yugurishning tempi va ritmi hamda qoʻllar erkin holatda. Logopedik bosqichning tugashida bolalar musiqa xarakteri oʻzgarishi bilan mustaqil harakatlarni almashtirishni oʻrganishlari kerak.
3. Muvozanatni saqlashni uddalashni tarbiyalash. Cheklangan maydonda yurish, predmet ustidan qatlab oʻtish, qiya tekislikka koʻtarilish, polda yotdan arqoncha ustida yurish va boshqalar.
4. harakatlar majmuini raqsda, sakrashda tarbiyalash. Sakrashning oddiy belgilari (raqs tushish, irqishlash, kichik oraliqdagi – 5, 10, 15 sm qandaydir narsa ustidan sakrab oʻtish, sakrab tushish). Raqslar ikki qismli musiqali asar yoki qoʻshiq matniga mos harakatlarning almashishiga asosan quriladi. Logopedik bosqichning oʻrtasiga kelib bolalar turlicha qurilishdagi: aylana boʻylab, bir kishi boʻlib, ikki kishi boʻlib, raqs harakatlarini egallaydilar.
5. Ifodali harakatlar koʻnikmasini tarbiyalash. Musiqa ostida ritmik yurish, sochilib yugurish, harsak chalish, oyoqlar bilan toʻpillatish, qoʻl panjalarini aylantirish, bir tomonga oʻz atrofida burilishlar va boshqalar.
Logopedik bosqichning oxiriga kelib bolalarni erkin raqslarda harakatlarni ifodali bajarishga, oddiy qoʻshiqlarni sahnalashtirishga olib kelish kerak. qoʻl, oyoq, boʻyin, yelka kamari relaksatsiyasi mashqlari harakatlarning ifodaliligiga imkon beradi.
6. Fazoviy moʻljal olishni tarbiyalash. Bir kishi, ikki kishi, sochilib, bir birining ketidan, teskari yoʻnalishda yurish, oddiy raqs harakatlarini bajarish.
7. Ritmni, tempni, tovush qattiqligini his qilishni, ashula aytish paytida pauzani uddalashga rioya qilishni tarbiyalash. Kattalarning ashula aytishiga sozlanish yoʻli bilan ashula aytish ohangini shakllantirish; musiqiy iboralarning oxirini xirgoyi qilish.
Logopedik bosqichning oʻrtalarida bolalar logoped bilan birgalikda va mustaqil pastlashib boruvchi katta tertsiyaning takrorlanuvchi oraliqida qurilgan har bir kupletning oxirgi ikkita iborasini kuylaydilar. Yil oxirida kattalarning ovoziga sozlanib bolalar qisqa iboralari boʻlgan oson qoʻshiqlarni kuylaydilar. Bu kuylashlar cholqu asboblari joʻrligida ijro etiladi. Oʻrganayotgan qoʻshiqlarini turlicha vaziyatlarda logopedik va tarbiyaviy mashgʻulotlarda, yangi oʻyinni, oʻyinchoqni koʻrsatish paytida va boshqalar, hamda uy sharoitida tez-tez takrorlashlari kerak.
8. Musiqiy ritmni his qilishni tarbiyalash. Yurish, chopish, sakrash, oson boʻlgan raqslar, raqslar, xorovodlar.
9. Qoʻl motorikasini tarbiyalash: Sekinlashgan va odatdagi tempda oʻtkaziladi. Turli tusdagi musiqa ostida oʻtkaziladi. Masalan, oqista musiqani eshita turib qoʻqirchoqni tebratish; quvnoq raqs musiqasini eshita turib harsak chalish; ovozga taqlid qilib pedagogning orqasidan takrorlash, mushukchani (oʻyinchoq) silab qoʻyish; marsh ovozi ostida bayroqchalarni qayrat bilan silkitish; qoʻl tirsaklarini bukib aylanma harakatlarni musiqa bilan moslikda bajarish; pedagogning qushcha qaqidagi qoʻshiqi ostida galma-galdan bitta qoʻlning barmoqlari bilan ikkinchi qoʻlning kaftlariga taqillatish (“qushchani ovqatlantiramiz”) va boshqalar.
10. Artikulyator harakatlarini, tekis nafas chiharishni, maʼlum ohangda gapirishni, ovoz chiharishni, diktsiyani, dinamikani tarbiyalash. Kuldiradigan sheʼrlar, ovozga taqlid qiluvchi ikki-toʻrt qatorli sheʼrlar, joʻr boʻlib qoʻshiq aytish, ashula aytish.
11. Oʻyin faoliyatini tarbiyalash. Mashgʻulot–oʻyinlardan musiqali-didaktik oʻyinlar ancha muhim. U oʻyin harakatlarini rivojlantirishni oʻzi yoʻlga qoʻyadi, xorovodli qurilishlarga, harakatlantiruvchi oʻyinlarga xos boʻlgan koʻpgina xususiyatlarni birlashtiradi. Mazmuni, tuzilishi, oʻyin harakatlari va musiqali-didaktik oʻyin qoidalari yuqori, ritmik, dinamik va tembrli eshitishni rivojlanishiga imkon beradi.
12. Jamoani, sherikni va tashabbusni qis qilishni, qobiliyatni toʻplash – iroda doirasini rivojlantirishni tarbiyalash. Musiqali obrazga mos harakatlar, qoʻshiqlarni saqnalashtirish, xorvodlar, oʻyinlar.
Tarbiyachi, logoped va vazifalarni toʻgʻri bajaradigan bolalar harakatlariga taqlid qilish logoritmik tarbiya metodikasining asosini tashkil etadi. Bolalarga yakka yondashishlar jamoaviy yondashishlar bilan mos keladi: kichkina guruqda har bir bolaning vazifalarni bajarishini tekshirish va boshqalar. Logoped va tarbiyachi har xil usullardan foydalanadilar: harakatlarni koʻrsatish, ogʻzaki yoʻllanmalar, izoq berish, obrazli qikoya qilish, bola bilan birgalikda harakatlarni bajarish, u bilan kerakli soʻzni, iborani takrorlash; qayotining uchinchi yilidagi duduqlanadigan bolalar bilan ishlashda zarur boʻlgan maʼqullash, maqtash, raqbatlantirish kabilar qoʻllaniladi.
Logoritmik mashgʻulotlr mavzuli va majmualilarga ajratiladi. Mavzuli mashgʻulotlarda musiqali, harakatli, nutqli faoliyatning koʻrinishlari qandaydir bitta obraz bilan birlashtiriladi (masalan, qushcha, qoʻqirchoq, sharlar, qozlar, samolyot, yomqir, archa, mushukcha bilan).
Majumali mashgʻulotlarda musiqali faoliyat nutqli-rassomlik va tasviriy faoliyat bilan uygʻunlashadi; harakatlarning galma-galligi sodir boʻladi (masalan, goq bolalar oʻyinchoqni koʻzdan kechiradilar, goq personajning ifodali harakatlarini bajaradilar, goq rasm chizadilar yoki musiqa ostida faoliyat tempini aniqlovchi tayyor shakllarni yopishtiradilar, goqida esa pedagog bilan birgalikda kuylaydilar).
Logoritmik mashgʻulotlarning hamma koʻrinishlari kunning birinchi yarmida oʻtkaziladi va 20 daqiqa davom etadi.
Har qanday yoshdagi duduqlanadiganlar bilan ishda qoʻshiq aytishdan keng foydalanish kerakligini N.A.Vlasova, V.A.Griner, G.A.Volkovalar tavsiya etadilar. Maktabgacha va maktab yoshidagi duduqlanadiganlar uchun shunday qoʻshiqlar tanlab olinadiki, ularda musiqa joʻrligida tabiat ohangi, tempi, xarakteri, tusi bilan musiqaning mazmuni toʻgʻrisida tasavvur beriladi va bolalar qoʻshiqni faqat matn orqali emas, balki uning obrazli jaranglashi orqali farqlaydilar. Ular qoʻshiq mazmunini ifodali uzatadilar: bayram marshining quvonchli, tetik kayfiyati yoki kuz qoʻshiqining oqista ovozlari, sakrayotgan quyonning quvnoqligi yoki poyezdning bir tekisdagi ritmi. qoʻshiqning mazmuni qancha xilma xil boʻlsa, shuncha bolaning musiqali idrok zaqirasi boy boʻladi. qoʻshiq matni muhim rol oʻynaydi. Agar duduqlanadiganlarda tovush talaffuz qilishda buzilishlar boʻlsa va logopedik mashgʻulotlarda tovushni avtomatlashtirish va yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar olib borilayotgan boʻlsa, unda qoʻshiq matniga bolalar egallamagan tovushlar kiritilishi kerak emas.
Qoʻshiqlar odatda xor boʻlib ijro etiladi. Yakkaxon ijro etishlar ham boʻlishi mumkin, lekin u nutqda va xulqda katta masʼuliyatni va mustaqillikni talab etadi. Bu vazifani hamma duduqlanadiganlar ham eplay olmaydilar. Shuning uchun qoʻshiqni yakkaxon ijro etish asta-sekin tarbiyalanadi: avval bola xorda, kichik guruqda qoʻshiq aytadi. Soʻngra logoped dialog shaklidagi oʻziga xos qoʻshiqni tanlab oladi: bittasi savolni kuylaydi va ikkitasi yoki uchtasi javobni kuylaydi, keyin dialogni ikkita duduqlanadigan kuylaydi, shu bilan birga yakka kuylaganida talvasa paydo boʻladigan bola oldin berilgan savolga javobni kuylaydi va faqat undan keyingina dialogning tashabbuskori sifatida chiqadi. qoʻshiq ijro etish korreksion ishning bosqichiga boqliq. Bolalar faqat nutqning indamaslik, shivirlash davrida pedagog tomonidan ijro etilayotgan qoʻshiq yoki kuyni eshitadilar. Tutash va akslangan nutq davrida pedagog bilan qoʻshiqni birgalikda kuylab bolalar uning mazmunini egallaydilar, matnni oʻrganadilar. Bolalar nutqning savol-javob bosqichlarida qoʻshiqni dialog shaklida ijro etadilar. Logoped esa bu davrda savol-javob shaklida tanlab olgan matn boʻyicha qoʻshiqlarni saqnalashtirishni oʻtkazadi. Bola mustaqil nutqdan foydalanishni oʻrganganida qoʻshiq ijro etish ham oʻzgartiriladi. Bolalar avval xor boʻlib soʻngra yakkaxon ashula aytadilar. qoʻshiqni bir bola, naqoratni esa hamma kuylashi mumkin. Mustaqil qoʻshiqni sahnalashtirish ham xuddi shunday sodir boʻladi.
Bosqichning boshida va oxirida musiqani tinglab boʻlgandan keyin logoped duduqlanadiganlarga musiqada ular nimani eshitganlarini, qanday hissiyotlar tugʻdirganini gapirib berishni taklif qiladi.
Musiqani idrok qilish chuqur ichki kechinmalar bilan toʻldirilgan murakkab va poyetik jarayon hisoblanadi. Unda shu damdagi musiqali tovushlarning sensorli hissiyotlari, jaranglashi, oldingi tajriba va sodir boʻlayotganlar bilan jonli assotsiatsiyalar, musiqali obrazlar rivojlanishi va ulardagi yorqin javob taʼsirlarini kuzatish hamohang boʻlib ketadi.
Duduqlanadiganlarda qoʻshiq aytish paytida kuylash koʻnikmalari, [“a”], [“o”], [“u”] unlilari va ularning birikmalari [“ye”], [“i”] ni davomli kuylash ishlab chiqiladi. qoʻshiqchilik diapazonini mustahkamlash uchun oldin kichik mashqlar beriladi, qoʻshiqlar har safar ancha baland ohangdoshlikda kuylanadi, yaʼni tashiladi (asarning ohangdoshligi yuqori yoki past tomonga oʻzgaradi). Turli registrli mashqlardan foydalaniladi (bitta odam goq baland, goq past ovozda kuylaydi).
Logoped diktsiya ustida ish olib borar ekan bolalarning eʼtiborini qoʻshiqdagi ifodali nutq ohanglariga va ularning musiqa ohangi bilan mosligiga haratadi. Duduqlanadiganlar murojaat qilishni ovoz bilan ajratishni oʻrganadilar: (“qoy, yoʻldagi, eqtiyot boʻl”!), savol (“qani mening bolalarim, kul rang mushukchalarimq”), obrazning xarakterli belgisi (“qoʻrqoq kul rang quyoncha…”).
Eshitishning tovush balandligini rivojlantirish uchun duduqlanadiganlarga quyidagi mashqlar taklif qilinadi: kuyning oxirgi tovushi jaranglashi qachon tugaganini aniqlash (uni tepkida ushlab turish); deyarli ikkita bir xil musiqali iboraning har xil qoʻshimchasini eshitish; yuqori va past tovushlarni, hamda kuyning yuqori-past harakatini ajratish; toʻgʻri va notoʻgʻri kuylayotganlarni aniqlash.
Ovoz va eshitishni muvofiqlashtirishni rivojlantirish uchun: berilgan tovushga “sozlanishni” uddalash; pedagogning topshiriqi boʻyicha va uning yordamida erkin kuy jaranglashini kerakli ohangdoshlikda balandlatish yoki pastlatish; oʻz ovozi jaranglashining xarakteri va balandligiga pedagogning koʻrsatmasiga koʻra kuy ijro etayotgan boshqalarning ovozini “tekislash”; musiqali kirishdan keyin qoʻshiqni va har bir musiqali iborani aloqida aniq boshlash.
Duduqlanadiganlarga kuylashni musiqa joʻrligisiz oʻrgatish foydali. Bunday kuylash eshitish diqqatini rivojlantirishga, diktsiyani va tovush ovozini tozaligiga imkon beradi.
Duduqlanadiganlar avval fortepiano joʻrligida kuylaydilar (kuy ozgina chalib turiladi), soʻngra pedagog bilan va, niqoyat, mustaqil musiqa joʻrligisiz kuylaydilar. Hamma yoshdagi duduqlanadiganlar bila ishda kuydeklamatsiyadan foydalanish mumkin. Sheʼrli va prozaik matnlarni tanlashda yoshni, nutqning holatini, musiqiy qobiliyatning rivojlanishini, korreksion ishning bosqichini hisobga olgan qolda amalga oshiriladi. Musiqa joʻrligidagi oʻqish, ifodali qikoya qilish, dialog yoki xorli deklamatsiya qilish matn mazmuniga mos kelishi, syujetni, obrazni asar personajlarini ochishga yordam berishi kerak.



Download 142,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish