Mundarija Kirish I bob. Muammoni о’rganishni ilmiy-nazariy asoslari


Shivirlab gapirishga qaratilgan о’yinlar



Download 142,27 Kb.
bet14/15
Sana28.05.2022
Hajmi142,27 Kb.
#613353
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi dudqlanish

Shivirlab gapirishga qaratilgan о’yinlar
Bolaning о’zini erkin, bо’sh tutishiga qaratilgan о’yinlar о’tkaziladi. Masalan: ―Biz uhlayapmiz‖, ―Biz dam olayapmiz‖, ―Dengiz tо’lqinlanyapti‖ о’yinida.
Logoped: Dengiz tо’lqinlanyapti - bir;
Dengiz tо’lkdinlanyapti - ikki;
Dengiz tо’lqinlanyapti - uch Deganda bolalar qо’l harakatlari bilan dengiz tо’lqinlanishini ifodalaydi. Logoped ―dengiz tinchlandi‖ deganda bolalar qay xolatda bо’lsalar, shu xolatda jim qotib qoladilar. Sо’ngra logoped har bir bolaning oldiga kelib shivirlab ―sen nimani tasvirlading‖ deb sо’raydi. Bola ham shivirlab ―Tо’lqinni‖ yoki ―Tinchlangan dengizni‖ deb javob beradi.
Topishmoqli – xaltacha” о’yinni. (Shivirlab gapirish) Logoped: Bog’bon barcha mevalarni terib xaltachaga soldi, lekin xaltachada sabzavotlar ham bor ekan. Bolalar siz diqqat bilan meni eshitasiz. Agar men mevalarni olsam sizlar shivirlab ―ha‖ deysizlar, agar men sabzavotlarni olsam sizlar shivirlab ―yо’q‖ deysizlar. Logoped: Olma daraxtda о’sadimi? — Bolalar shivirlab «ha».
Logoped: bolalar sizlar daraxtda va yerda nimalar о’sishini yaxshi bilasizlar. Endi nima tepada, nima pastda о’sishini barmoqlaringiz bilan kо’rsating. Men sizlarga shivirlab meva va sabzavotlarni aytaman sizlar esa shivirlab ularning qayerda о’sishini aytasizlar va barmoqlaringizning harakati bilan kо’rsatasizlar Bu о’yin bolalarda mayda qо’l motorikasi, hamda nutqni rivojlantirishga qaratilgan.
Harakatli о’yinlar
“Quyonlar va bо’ri” о’yini. Bitta bola bо’ri, qolgan bolalar esa quyonlar bо’lishadi. Quyonlar yarim doira shaklda stulda о’tiradilar.
Logoped quyonlarga qarata shunday deydi. ―Qani quyonchalar sizlar о’rmonda sakrab о’ynab yuribsizlar‖. Bolalar sakrab quyon harakatiga taqlid qiladilar.
Logoped: ―Quyonlar qaranglarchi о’rmonda bо’ri kо’rinyapti‖. Xonaning burchagida bо’ri kela boshlaydi. Shunda barcha quyonlar ―uychalariga‖ stullariga о’tiirib oladi. Kim о’tirishga ulgurmasa, bо’ri ushlab oladi va shu bola bо’ri rolini о’ynaydi. О’yin bir necha marta takrorlanadi.
Harakatli о’yinlarni о’tkazishda she’rlar bilan о’ynaladigan о’yinlardan ham foydalaniladi. Bolalar va kattalardagi duduqlanishni bartaraf etishda kompleks yondoshuvni talab etiladi. Korreksion ishlar bosqichiga logopedik ritmikani kiritish va unda duduqlanuvchi bolalarda ritmika asosida mustaqil nutqni tarbiyalash bolalar uchun yengillik tug’diradi.
Logopedik va logoritmik mashg’ulotlar bolalarda teng meyorda kelgusida tashkilotchilik sifatlarini, faol, shaxsning ijodiy boshlanishini, turli vaziyatlarda har qanday nutq murakkabligida muloqotni uddalashni musthkamlash masalalarini hal qiladi.
Kattalar va о’smirlar bilan logoritmik mashg’ulotlar ham logopedik ish vazifalari va nutq muassasasining turiga sabab bо’ladi. Duduqlanadiganlar 1 oydan 3 oygacha bо’ladigan shifoxonada logoritmika kursi nutq korreksiyasi uchun zamin yaratishga quriladi: mashg’ulotlar umumiy harakatlarning tempi va ritmini, mimikali muskullarni, oral praksisini, relaksatsiyani, muskullar tonusini tartibga solishni tarbiyalash uchun kо’p vazifalarni kiritadi. Kuy deklamatsiya keng qо’llaniladi: maxsus tanlab olingan musiqa ostida duduqlanadiganlar logopeddan olgan nutq materialni ifodali gapirib beradilar. Shifoxona sharoitida logoritmika kursi 35–60 kunga mо’ljallangan va uchta bosqichga bо’linadi.


XULOSA

O'zbekiston Respublikasida uzluksiz talim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan. Bu esa o'z navbatida barkamol avlodning ning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi.


Duduqlanish nutq nuqsoni og’ir nutq nuqsoni hisoblanib, alohida ta’limiy tarbiyaviy korreksion ishlarni talab etadi.
-Duduqlanuvchi bolalarda musiqiy ritmikani rivojlantirishda bolalar bilan korreksion ishlarini tо’g’ri olib borilishi ularni erkin holatda tutilmasdan muloqotga kirishishi maqsadga muvofiqdir.
-Duduqlanuvchining erkin nutq darajasi uning faqat turli darajadagi mustaqilligiga emas, balki uning tayyorgarligiga ham bog’liqdir.
-Duduqlanishni korreksiyalashning muvaffaqiyati uchun atrof-muhitni tо’g’ri tashkil etish: ota- onalarning о’zaro munosabati, ularning va boshqa kattalarning bolaga nisbatan munosabati, dam olishni о’tkazish va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
-Ota-onalar о’z farzandlari tarbiyasida atrofdagi va kattalar uning nuqsoniga nisbatan jiddiy munosabatda bо’lishlari, maktabgacha yoshda duduqlanishni о’z vaqtida bartaraf etish lozim ekanligini, bolalar bog’chasi va uyda rioya etish lozim bо’lgan yagona talablarni bilishlari, dam olish kunlarida umumiy va nutqiy rejimni, logoped va tarbiyachilarning barcha maslahatlarini qat‘iy bajarishlari muhim. Duduqlanuvchi nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirishda logopedik korreksion ishlar davomida logoritmik kompleks mashq va vositalarni har bir mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi bolalar nutqini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 142,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish