Mundarija kirish I. Bob. Movarounnahr atamasi, shayboniylar va ashtarxoniylar davrida madaniy hayot


Xiva Madaniy hayoti va me'morchilik



Download 133,5 Kb.
bet7/8
Sana11.07.2022
Hajmi133,5 Kb.
#775925
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5240273221139307671

2.3 Xiva Madaniy hayoti va me'morchilik.
Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo'lib o'tgan voqealar madaniy hayotga ta'sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o'ziga xos yo'nalishlarda davom etdi. Madaniy hayot ravnaqi ta'lim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, me'morchilik va amaliy san'at kabilarda kuzatiladi. Butun O'rta Osiyoda bo'lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o'chog'lari boshlang'ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang'ich maktab, ya'ni, quyi ta'limda o'qish-yozishni o'rganib, xat-savod chiqargan o'smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o'qib ta'lim olganlar. Manbalarga ko'ra, XIX-asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang'ich maktab va 130 ta madrasa bo'lgan. Faqat Xivaning o'zida 22 ta madrasa bo'lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg'ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako'z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi.
Xorazm adabiy muhitida ilg'or g'oyalarni targ'ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G'arib Andalib (1710-1770 y.) edi. Klassik poeziyaning turli janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir. Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809- 1874 y.) alohida o'ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo'lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan “Ta'vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g'azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. XVII-XVIII asrlarda “Go'r o'g'li” majmuasi dostonlari rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G'arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi dostonlarning folklor va xalq og'zaki ijodidagi ko'rinishlari taraqqiy etdi. Bu davrda tarixnavislikdagi ilgargi an'analar saqlanib qoldi. Tarixiy asarlar orasida Abulg'ozining “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o'zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an'analarini keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad YUsuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom ettirdilar. XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug'i bilan Shermuhammad Munis (1778-1829 y.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi bu asarni keyinroq Olloqulixon topshirig'i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872 yilgacha bo'lgan voqealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva xonligi tarixiga bag'ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 y.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi. 14
Xorazm O'rta Osiyoda o'ziga xos uslublarga boy bo'lgan me'morchilik maktabiga ega voha hisoblanadi. Bu hududda paydo bo'lgan me'moriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm me'morchilik maktabining o'ziga hosligini ko'rsatib turadi. XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko'plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko'plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me'moriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qal'ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo'lgan Dishan (tashqi) qal'a ham nodir me'morchilik namunasi hisoblanadi. Xonlikdagi boshqa shaharlar – Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo'jayli, Qo'ng'irot kabilar mudofaa devorlari bilan o'rab olinib, ularda ham ko'plab me'moriy inshootlar bunyod etilgan. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo'lgan Xiva xonligi – O'zbekiston tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o'z o'rniga ega bo'lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o'ziga xos tomonlari o'rganishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi O'zbekiston tarixining ajralmas qismidir.

Xulosa
Movarounnahrda yuksak darajada rivojlangan madaniy an'analar Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida ham davom etdi. Bu davrda ko'plab jabhalarida: adabiyot, tarixnavislik, hattotlik, musiqa, epigrafika, me'morchilik, naqqoshlik, islom madaniyati kabilarda rivojlanish jarayonlari ko'zatiladi. Bu davrda adabiyot namoyondalari Hindiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Sharqiy Turkiston kabi qo'shni davlatlaridagi qalam ahli bilan ijodiy aloqada bo'ldilar. Subxonqulixon tomonidan kasalxona (Darush-shifo), Nodir Devonbegi tomonidan masjid va madrasadan iborat me'moriy majmua-Labi Hovuz kabilar bunyod etilgan. Bu davra Samarqandda ham ko'plari hozirgi kungacha saqlanib qolgan me'moriy inshootlar barpo etilgan. Xususan, Samarqanddagi yirik mulkdorlardan biri bo'lgan Yаlangto'shbiyning Registon maydonida bunyod etgan ikkita yirik madrasasi diqqatga molikdir. Bu inshootlardan Ulug'bek, Sherdor, Tillakori madrasalari ham nodir namunalaridan hisoblanadi. Bu madrasa bezatilishida juda ko'p oltin ishlatilganligi bois ham “Tillakori” deb nomlangan. Xonliklar davridaham iqtisodiy hayotning birmuncha yuksalishi madaniy hayotga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa, ilgarigi davrlarda shakllangan maktab va oliy ta'lim beruvchi madrasalar faoliyati bu davrlarda ancha yuksaladi. Maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, qur'onning dastlabki oyatlari yodlatilgan. Qo'qon va boshqa shaharlarda bir qator me'morchilik obidalari, yo'llar, ko'priklar, hammomlar qurildi, amaliy va hattotlik san'ati rivoj topdi xulosa qilib aytganda Muvarounnahr madaniyati juda tez suratlarda rivoj topgan


Download 133,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish