Mundarija kirish I. Bob. Movarounnahr atamasi, shayboniylar va ashtarxoniylar davrida madaniy hayot



Download 133,5 Kb.
bet2/8
Sana11.07.2022
Hajmi133,5 Kb.
#775925
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5240273221139307671

Tadqiqotning obekti va predmeti. Mazkur tadqiqot ishi asosan XVI-asr va keyingi davrni o‘z ichiga olganligi sababli asosiy e’tibor o‘sha davrda hamda keyingi yillarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar; mustaqillik davrida e’lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va shu kabilarga qaratilgan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib olgan mavzu ya’ni “ Movarounnahr madaniyati" mavzusiga ko‘plab tarixchilar tomonidan juda ko‘plab murojaat qilinganligi ma’lum. Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko‘proq tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va Internet saytlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida yoritishga harakat qildik.

I.BOB. MOVAROUNNAHR ATAMASI, SHAYBONIYLAR VA ASHTARXONIYLAR DAVRIDA MADANIY HAYOT.

1.1 Movarounnahr atamasi va uning keng yoyilishi.
Movarounnahr (arabcha — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atamadir. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (XI-asrgacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, XI-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. XI-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.2
Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari,yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi. Movarounnahr atamasi ilk bor Muhammad haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy VI-asr) Sosoniylar davlatidan shimoliy-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qadimiy fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy Movarounnahr atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (VII-asrning 2-yarmi — VIII-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "madunannahr", yaʼni "daryoning pastki tomoni" va "mavaroannahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan janubda Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shimoldada joylashgan Shimoliy Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. IX-X-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan Movarounnahr atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xaqida soʻz yuritganlarida Movarounnahr atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va Movarounnahr yerlaridan tashqari, Hindiston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar.
XI-asr boshidan eʼtiboran Movarounnahr istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shimoliy Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.Shunday qilib, Movarounnahr atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (VII-asr gacha), keyin Xuroson (VII-X-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (XI-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (XII-asrning oxiri -XIII-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunkimazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shimoliy Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Janubiy Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda Movarounnahr tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, Movarounnahr atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.3
Movarounnahr aholisi esa uzoq asrlar davomida o'troq hayotga o'rganib, ona zamin hayotida muqim yashab kelgan. Ular azaldan mirishkor bobodehqonlar, mohir hunarmandlar, ustamon savdogarlar sifatida nom qozonganlar. Ularning sa’y-harakatlari, mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-biridan ko'rkam , gavjum shaharlar bunyod etilib, dovrug' taratgan. Dashti qipchoqlik ko'p sonli urug’i, qabilalar Movarounnahr hududlariga kirib kelar ekanlar, ular, eng avvalo, mahalliy qardoshlari, elatdoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashib, ulardek o'troq hayotga moslashib, ularning turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni o'zlariga qabul qilib, singdirib bordilar. Eng muhimi, kirib kelgan urug', qabilalar bu zaminda o'zlarining ikkinchi vatanlarini topish barobarida asta-sekin bu yerning mahaliy aholisi tarkibiga singib ketdi. Bu narsa, ayniqsa, ularning avvalgi ko'chmanchilik hayotiga xos turmush tarzidan o'zlaridan madaniy va maishiy sohalarda ancha yuqori darajada bo'lgan mahalliy xalqning ilg'or turmush tarziga o'tishida, uning ko'p asrli boy m a’naviy merosi sarchashmalaridan bahra olib borishida yaqqol namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham ular mahalliy qardoshlari bilan birga m a’nan yuksalishga yuz tutib, ularning ilg'or hayot tarzini o'zlashtirdilar Temuriylar saltanati o'm ida dastlab XVI-asr boshlarida vujudga kelgan Buxoro va Xiva xonliklari XVIII -asr boshlarida Qo'qon xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan bo'lsada, bu holat o'zbek elati birligiga jiddiy putur yetkaza olmagan. Siyosiy chegaralar bo'lishiga qaramasdan uch davlat tarkibidagi aholi o'zaro doimiy etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada bo'lib kelganlar.Tarixiy manbalarda keltirilgan 92 o'zbek urug'lari, nafaqat, O'zbekiston hududida, balki butun O'rta Osiyo hududlarida tarqalgan. Bu 92 o'zbek urug'lariga O'rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholi, miloddan awalgi birinchi ming yillikning ikkinchi yarmida, milodimizning birinchi ming yilligi davomida, mo'g'ullar istilosi davrida hamda Shayboniylar davrida kirib kelgan etnik guruhlar ham kiradi. Shuningdek, O'rta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chig'il, yag'mo, usun, tuxsi, xalaj, qipchoq va turkm anlar kabi etnik guruhlar ham garchi X-XII asrlarga va undan keyingi davrlarda bu yerda o'rnashganliklariga 92 o'zbek elati tarkibiga kirganlar.



Download 133,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish