Mundarija kirish I bob. Milliy harakatli o’yinlarning jismoniy tarbiyadagi o’rni va pedagogik talqini



Download 100,55 Kb.
bet5/5
Sana22.07.2022
Hajmi100,55 Kb.
#836968
1   2   3   4   5
Bog'liq
milliy harakatli o\'yinlar

Sport o‘yinlari

Bolalarning harakat faoliyatini tashkil etishda sport o‘yinlari va mashqlariga katta o‘rin beriladi. Chang‘ida yurish, konkida, chanada uchish, velosipedda, samakatda, sport rollerda yurish, shuningdek suzish sport mashqlariga mansubdir. Ularning barchasi asosiy mushak gruhlarini mustahkamlashga, suyak, yurak-tomir, nafas olish va nerv tizimlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, chidamkorlik…), shuningdek, ritmlilik, harakatlar koordinatsiyasi, fazoda mo‘ljal olish malakasi rivojlanadi. Velosipedda yurish, konkida uchish vestibulyar barqarorlikni rivojlantiradi.
Tegishli kiyimda turli temperaturada toza havodagi mashg‘ulotlar quyosh nurida, shuningdek suvda chiniqish modda almashishini kuchaytiradi va chiniqtirishga xizmat qiladi.
Sport mashg‘ulotlaridan iborat mashg‘ulotlar bolalarga tabiat xodisalarini bilishga (qor, shamol, muz, suv…) sirg‘alish, tormozlanish haqidagi tushunchalarni, shuningdek sportroller, velosiped tuzilishi haqidagi bilimlarini egallashiga imkon beradi.
Sport mashqlari – mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak, qon-tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardir.
Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o‘yinlari elementlariga o‘rgatadi. Bu ishni asosan tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o‘yinlarini o‘ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak.
Ob-havo sharoiti, sport jihozlarining bor-yo‘qligi, bolalarning u yoki bu sport o‘yini va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko‘rsatilagn sport turlarini hafta bo‘yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha o‘yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan: ba’zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va badminton o‘ynaydilar keyin esa ular o‘zaro o‘rin almashadilar,
Dastlab tarbiyachi sport o‘yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida mashqni yetarlicha o‘zlashtirmagan bolalarni jalb etadi.
Keyinroq esa hamma bolalarning faol bo‘lishiga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o‘yinlari elementini o‘zlashtirib olishlari emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport inventarlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab saqlashni bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o‘zi sport o‘yinlarida faol ishtirok etsa, bolalarning xatti-harakatiga rahbarlik qilsa, sport o‘yinlariga o‘rgatish ancha tezlashadi.
Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o‘zi bajaradi. O‘yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o‘zaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko‘rsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida o‘yinni qayta o‘tkazishdan oldin gapiradi.
O‘yinni yakunlash. Harakatli o‘yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan xolga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga k o‘ra bir xil bo‘lgan kam harakatli o‘yin bilan almashtirish ham mumkin.
O‘yin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o‘tmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini kuyinib ko‘rsatib o‘tadi.
Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli o‘yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o‘yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o‘yin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, o‘yin harakatlarini o‘zgartirgan holda o‘ylab topish, keyinchalik yangi o‘zi o‘ylab o‘yin topish kabi topshiriљlar beradi.
Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik gruh bolalari bilan o‘yin tashkil etishini taklif etadi. O‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Harakatli o‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. O‘yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli o‘yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida o‘ziga xos vosita hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlardagi qoidalar o‘yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, o‘zaro munosabatlarini yo‘lga soladi, axloqiyirodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Har bir bolaning o‘yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir.
O‘yinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, do‘stlik, botirlik, o‘zini tuta bilish, qat’iyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o‘yinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bola o‘yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda o‘zlashtiradi, shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizmini o‘zi ham juda takomillashadi.
Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini mustaqil tanlash va harakatini o‘yin qoidasida qat’iy belgilangan yo‘nalishda bajarishi bir tomondan o‘yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko‘rish-motor reaksiyasini (o‘yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o‘z harakatlarini fazo-o‘yin muhitida anglash va tasavvur qilishni talab etadi.
Harakatli o‘yinlar bolalarda oddiy vaqt mo‘ljalini shakllantiradi. Ular quyidagilarda ifodalaniladi: o‘yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda avval, so‘ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda kabi o‘yin topshiriqlarini signalga ko‘ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishida ko‘rinadi. Bu o‘yinlarga bolalar fazoda mo‘ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.
O‘yinlar mazmunini, butun o‘yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakatini mustaqil tushuntirish, bolalarning joylashish o‘rnini, o‘yin atributlarini va harakat yo‘nalishlarini fazoviy iboralarni ishlatgan xolda ko‘rsatish, o‘tkazilgan o‘yinga baho berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Harakatli o‘yinlar katta bog‘cha yoshidagi bolalarda ijodiylikni rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Bunda bolalar eshitgan ertaklari mazmuni asosida kichik o‘yinlar o‘ylab topishlari mumkin harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra estetik faoliyat hisoblanadi. O‘yin harakatlarining rang-barangligini ularni bolalar aniq chaqqonlik bilan, o‘ziga xos ifodali bajarishlarida ifodalanadi. Harakatli o‘yinlarda musiqani qo‘llash katta estetik ahamiyatga egadir.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda harakatlar go‘zalligini va madaniyatini unutmaslik kerak: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazlarni ifodali, muvaffaqiyatli bera olganlarni rag‘batlantirish kerak.

Xulosa


Jismoniy tarbiya ta’lim standarti “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning bandlariga asosan barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilarining salomatligini saqlash, jismoniy ta’lim malakalarni mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda jismoniy rivojlantirishdan iborat.


Ob’ektiv va sub’ektiv sabablar bizning fikrimizcha, birinchidan, milliy va xarakatli o‘yinlardan foydalanishda ko‘r ko‘ronalikka yo‘l qo‘yilmoda. Negaki yo o‘qituvchi tomonidan rejalashtirilmagan yoki o‘rgatish metodlarini bilmaslikda.
Kasb-xunar kollejlarida mutaxassis kadrlar masalasi to‘liq ta’minlanmagan.
Milliy va harakatli o‘yinlar orqali talablarini ommaviy rivojlantirishda so‘zsiz sport inshoatlari – anjomlari, sport jihozlari yetishmasligi sababdir.
Mana shu yuqorida aytilgan sabablarni bartaraf etish uchun avvalo o‘quvchi-yoshlarga Milliy o‘yinlarimizdan «Alpomish» dostoni, «Barchinoy» va “Tumaris” hayotlari to‘g‘risida har tomonlama ma’lumotlar berib borish kerak bo‘ladi. Chunki har bir o‘quvchi-talaba «Alpomish» dostonini va «Barchinoy»-«Tumaris»lar hayotlarini yaxshi bilgandan so‘ng o‘zi ham «Alpomish» va «Barchinoy», «Tumaris»larga o‘zini o‘xshatgisi kelib, ularni jismoniy madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishlari ortib borishi bejiz emas. Buning uchun har bir kollejlarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida «Alpomish», qizlar o‘rtasida «Barchinoy» va «Tumaris» to‘garaklarini tashkil qilib o‘quvchi-talabalarni test talab va me’yorlarini topshirishga tarbiyalash, tayyorlash kerak bo‘ladi.
Bunday ishni bajarish uchun mutasaddi bo‘lish va fidoilik ko‘rsatish so‘zsiz jismoniy madaniyat o‘qituvchilarining zimmasiga yuklatiladi.
Mеn o`zimning yozgan kurs ishimda milliy sport o’yinlari haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, loyiha ishlash usullarini misollar kеltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga chizmalarga doir bir nеchta misollarni
ko`rsatdim. Mеn o`z yozgan kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga
erishdim deb o'ylayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 30-31 sonli Qarori. – Toshkent, 2017 yil 3 iyun/https://lex.uz/docs/3226019

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni /https://lex.uz/docs/357812

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori/https://www.lex.uz/docs/3171590

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori/https://lex.uz/docs/3286194

  5. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.

  6. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.

T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.

  1. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.

  2. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014

  3. Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.

  4. Kerimov F.A. Sport kurashi: nazariyasi va usuliyati. –Toshkent: O‘zDJTI, 2011. - 286 b.

  5. Karimova V. Psixologiya. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2016. - 206 b.

  6. Kvasha V.P. Texnologiya bega v sredney obshe obrazovatelnoy shkole. – Moskva: Rosa, 2012. – 178 s.

  7. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. Analiz zarubejnogo opita. – Moskva: Znanie, 2011. – 80 s.

  8. Konoplina N.R. 80 igr dlya malishey. – M.: Znanie, 2013. - 129 s.

  9. Kontorovich M.M., Mixaylova L.I. Podvijnie igri v shkole. – Moskva: Atlant, 2014. – 154 s.

  10. Koltanovskiy A.P. Podgotovka kvalifitsirovannix sportsmenov. – Krasnoyarsk: IFS, 2013. - 131 s.

  11. Masharipov Y. Sport psixologiyasi. – Samarqand: SamDu nashr-matbaa markazi, 2013. - 127 b.

  12. Maxkamjonov K.M. Tayyorlov sinflarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari. – T.: O‘qituvchi, 2014. - 124 b.

  13. Migunova Ye.L. Gimnastika s detmi 9 let. – Moskva: Fizkultura i sport, 2018. - 178 s.



Foydalanilgan internet saytlari

  1. http://fayllar.org

  2. http://hozir.org

  3. http://ziyonet.uz



Download 100,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish