MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………………2
I BOB. MILLIY HARAKATLI O’YINLARNING JISMONIY TARBIYADAGI O’RNI VA PEDAGOGIK TALQINI
1.1. Jismoniy tarbiya tizimida milliy harakatli o‘yinlarning o‘rni ……..……4
1.2. Milliy va xarakatli o‘yinlarni o’tkazishning pedagogik talqini………… 8
II BOB. HARAKATLI VA SPORT O’YINLARINI TASHKIL ETISH
2.1. Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi. …………………………….13
2.2. Sport o‘yinlari………………………………………………………….20
XULOSA…………………………………………………………………………24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….25
K I R I SH
Rivojlanayotgan mamlakatlar qatori yuritimizda ham milliy va xarakatli o‘yinlarni hamda kurashni rivojlantirish sohasida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog‘lom qilib tarbiyalashdagi o‘rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon talablari darajasida o‘quv va moddiy-texnik bazasini yaratish xamda axolining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Chunki sport millatning o‘zligini anglashda uning aniq maqsadlari sari jipslashuvida va birlashuvida, o‘zidagi bor salohiyatini hamda millat sifatidagi qudrati jahon uzra muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda mamlakatda turli soha kabi ta’lim muassasalarida sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat sog‘lom va yoshlari ko‘p bo‘lgan millat qudratli bo‘ladi, uning davlati har tomonlama mustahkam bo‘lib, bubk taraqqiyot sari rivojlanib boradi.
Ma’lumki, respublikamiz viloyatlarining markazlari va shahar, tumanlarida ko‘plab BO‘SMlarini tashkil qilish ishlari davom etmoqda. Bu ta’lim muassalarida umumta’lim davlat ta’limi standartlari asosida «Jismoniy tarbiya» mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, o‘quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini tarbiyalab asosiy vosita sifatida xizmat qilmoqda.
Boy o‘tmish tariximizga nazar tashlasak, ajdodlariimz yaratib bizga qoldirgan bksak milliy va xarakatli o‘yinlarimiz ma’naviy – madaniy va ta’lim-tarbiya merosi sirasida avlodlarni yoshlikdan jismonan baquvvat qilib tarbiyalashning qat’iy tizimi yo‘lga qo‘yilganligi shoxidi bo‘lamiz. Demak, bizda xalqimizning asrlar davomida shakllangan va rivojlangan o‘ziga xos jismoniy tarbiya maktabi mavjud bo‘lgan ana shu maktablarning milliylik va umuminsoniylikka asoslangan tarixiy tajribalarga murojaat qilish, undan bugungi yangiliklar va erishilgan yutuqlarni hayotga tadbiq etish davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |