Mundarija Kirish………………………………………………….. I. Bob Mavzuga doir nazariy ma'lumotlar 1.1 Sug’urtaning hayotimizdagi o’rni…………. II.Bob Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyati, funksiyalari hamda asosiy atama va tushunchalar.
2.1 Sug‘urta haqida tushuncha va unga xos bo‘lgan asosiy belgilar…………………………………………………………..
2.2 Sug’urta marketing va uni tashkil etish……….……………
Kirish So‘ngi yillarda respublikamizda sug‘urta xizmatlari bozorini taraq- qiy ettirish, tarmoqda bozor mexanizmlarini keng ko‘lamda joriy etish yuzasidan e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi «Sug‘ur- ta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori sug‘urta kompaniyalari- ning kapitallashuv darajasini oshirish, ularning respublika hududlarida
agentlik shaxobchalarini kengaytirish va investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishda katta ahamiyat kasb etdi. 2008-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Transport vosi- talari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘- risida», 2009-yil 17-martda «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga joriy etilishi tufayli jamiyatda sug‘urtaning nufuzi oshdi.
Eng muhimi, aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan ishonchi yanada ortdi. 2010-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011– 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qarori sug‘urta sohasida amalga oshirilayotgan islohot- larning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur qarorga asosan, 2011–2015- yillarda sug‘urta sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, ulardan eng asosiylari quyidagilardan iborat. – Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutida o‘quv-metodik
ishlar va ilmiy-tadqiqot faoliyati sifatini oshirish maqsadida o‘quv va metodik ishlarni tashkil etish, o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish. – «Tashuvchining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
– Jahon tajribasi asosida sug‘urta bozori professional ishtirok- chilarining faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasining«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish. – 2015-yilga qadar sug‘urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdoriga o‘rnatilgan talablarni bosqichma-bosqich oshirish va boshqalar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida qayd etilgan vazifalar- ning istiqbolda bajarilishi milliy sug‘urta bozorimizni yanada moderni- zatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalar ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash jarayonida sug‘urta olamining yetuk amaliyotchi mutaxassislari bilan bir qatorda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot markaz- larida soha bilan bevosita yaqindan tanish bo‘lgan olimlarning ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega. Zero, Prezident Islom Karimov 2012-yil 16-17-fevral kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Bilimli va aql- zakovatli yetuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti» mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi nutqlarida ta’lim, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi rolini alohi- da e’tirof etdilar. O‘zbekistonda sug‘urta bozorini rivojlantirishning yo‘nalishlaridan biri sug‘urta tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmat- larining ko‘lami va sifatini oshirish masalasidir. To‘g‘ri, so‘ngi yillarda sug‘urtalovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish saviyasini oshirish borasida bir muncha chora-tadbirlar amal- ga oshirilgan. Ammo tadqiqotlarning ko‘rsatishicha va bozor ekspertla- rining fikricha, respublikamiz sug‘urta bozorida chakana sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish talab darajasida emas. Bunga jiddiy e’tibor qara- tishning asosiy sababi shundaki, chakana xizmatlar orqali aholining keng qatlamini sug‘urta himoyasiga olish imkoniyati tug‘iladi. Mamlakat sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi, fikrimizcha, mijozlarning sug‘urtaga bo‘lgan qiziqish- larini umumlashtirish va amaliy choralar ishlab chiqish maqsadida sohada sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish ishlarini faollashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu jarayonda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyalari va oliy ta’lim muas- sasalarining ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu pirovardida, nafaqat sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishning miqdor ko‘rsatkichlariga, balki sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Ta’kidlash lozimki, sug‘urta bozorini yanada modernizatsiya va isloh qilish kompleks xarakterga ega tizim bo‘lib, uni amalga oshirish sug‘urta bozori professional ishtirokchilari, sohaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va konsalting kompaniyalarining samarali faoliyat yuritishlariga bog‘liq.