Mundarija kirish I bob. Masofaviy ta’lim tushunchasi


Masofaviy oʻqitishning rivojlanish bosqichlari



Download 174,5 Kb.
bet7/9
Sana14.07.2022
Hajmi174,5 Kb.
#795848
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
@kurs ishijjjj

2.2 Masofaviy oʻqitishning rivojlanish bosqichlari
Chet tili darslarida zamonaviy o‘quv - texnik vositalari, lingafon xonalari, multimedia, maxsus dasturlashtirilgan mavzular, ko‘p tilli elektron lug'atlardan bevosita foydalanish maqsadga muofiqdir. Chet tillarini o‘rgatishda masofaviy ta'lim usullaridan, matbuot, telekommunikatsiya va internet materiallaridan foydalanish o‘quvchi - talabalarning faqat chet tillarini o‘rganibgina qolmay, balki intelektual darajasini oshirish uchun axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Chet tilini o‘qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositasida, masofaviy ta'limda til o‘rgatish metodikalarini ko‘rsatish mumkin. Komyutar texnologiyalari, ayniqsa, internetdan foydalanib til o‘rganishda juda keng imkoniyatlar mavjud. Ular quyidagilarga namoyon bo‘ladi: 1) chet tilida og'zaki munosabatlar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari va malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til materiallaridan faqat o‘zining nutqida ema s, balki internet orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham foydalanishda o‘rganish; 2) o‘zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o‘zgaruvchan vaziyatlariga ko‘chirish moslashuvchan ko‘nikmasini shakllantirish; 3) norasmiy muloqat shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, so‘zlashishni o‘rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga keladigan motivatsiyani va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish; 4) psixologik to‘sqinlarni yengish, xususan, chet tilida so‘zlashishdan va xatoga yo‘l qo‘yishdan cho‘chish, to‘sig'ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish hissini yo‘qotish; 5) ta'lim sifatining yuqori darajaga ko‘tarilishi va darxol natijaliligi; mashg'ulotlar ikkinchi mashqdayoq, foydalanuvchilar asosiy o‘quv matnida berilgan nutqiy qolipda o‘rganayotgan chet tilida so‘zlasha boshlaydilar; matn ta'sir ko‘rsatish suggestiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanib, mashg'ulotlar birinchi mashqdayoq etiborga olinadi; 6) ko‘p sonli nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o‘zlashtirish; bir taqdim etishda 150 - 200 yangi so‘zlar, 30 - 50 nutqiy namunalar va bir nechta odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o‘zlashtiriladi. Internet materiallarida so‘zlashish ko‘nikmalarini amalga oshirilishi sharti sifatida so‘z boyligiga, til materiallari hajmiga unchalik katta talablar qo‘yilmaydi. Biroq so‘zlashish muloqot jarayonida shaxs sifatida to‘laqonli ishtirik etish uchun foydalanuvchi egallab olishi kerak bo‘lgan so‘z va umuman, til materiallari hajmi zarur minimumini belgilaydi. Masofadan o‘qitish kursining maqsadi eng umumiy ko‘rinishda birinchi navbatda, o‘rganilayotgan tilda muloqat og'zaki shakliga tinglash va gapirishga o‘rgatish bilan belgilanadi.
Bundan tashqari, kurs uzaytirilishi muloqat yozma shakllariga jiddiy e'tibor qaratish imkonini beradi. Yozma muloqat nutqiy faoliyatning o‘qish va yozish (yozma nutq) kabi turlarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Masofadan o‘qitish kursida ta'lim maqsadlarini kengaytirish ilgari egallagan nutqiy malakalarini faollashtirishni, kommunikativ malakani yanada yuqori darajasini shakllantirish hamda foydalanuvchilarning Grammatik bilimlarini yanada chuqurroq tizimlashtirishni ko‘zda tutadi. Masofaviy ta'limning samaradorligi tinglovchilarga xotiralarida ko‘proq axborotni saqlab turish, o‘zlarining xabardorliklarini kengaytirish, ishlarida yaxshiroq natijalarga erishish imkoniyatini beradigan omillardan biri interfaollik omilidir. Masofaviy ta'limda yuqorida aytilgan afzallik va qulayliklardan tashqari ba'zi bir muammolarga duch kelishimiz mumkin. Avvalambor masofaviy ta'lim jarayoniga mos va xos bo‘lgan metod tanlab olishimiz maqsadga muofiq bo‘ladi. Chunki har bir ta'lim tizimining samarali va muvaffaqiyatli bo‘lishi unda qo‘llanilgan metodlarga bog'liq albatta. Shu o‘rinda ta'lim metodi tushunchasiga ta'rif berib o‘tsak .Ta'lim metodi bu - zamonaviy darajada o‘quv tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan pedagog va ta'lim oluvchilarning o‘zaro bog'liq faoliyat usullaridir. Chet tillarini masofaviy o‘qitishda interfaol ta'lim metodini tanlash bu ayni maqsadga muofiq ish. Chunki interfaol ta'lim metodi ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ta'lim oluvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon qilish va ifodalash imkoniyati, maruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, ta'lim oluvchilar tashabbus ko‘rsatishga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, guruh jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta'lim -tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ana shularni inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki. Interfaol metod chet tillarini masofaviy o‘qitish jarayonida ko‘plab ijobiy natijalarga olib keladi. Chet tillarini masofaviy o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta'lim oluvchilarning ishtirokini faollashtiradi, ularni maksimal natijaga samaraga erishishga undaydi.
Shuningdek, interfaollik, o‘qituvchilarga kursga murakkabroq materiallarni kiritishga yordam beradi. Interfaollikni ta'lim jarayonida ta'lim oluvchilar tanishishi kerak bo‘lgan muhitni imitatsiya qilish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Masalan, agar kurs kompyuter dasturidan foydalanishni nazarda tutgan bo‘lsa, ekrandagi tasvirlar, ushbu dasturni ishlashda tasvirlanishi kerak bo‘lgan rasmlarga mos kelishi kerak. Talabalarga esa, o‘rganilayotgan masalalardan biriga mos keladigan amalni bajarish vazifasini berish lozim. Bu masalaga oid murakkabroq mavzular uchun tijorat jarayonini modellashtirish va o‘quvchiga undan o‘tishni tavsiya etish mumkin. Masofaviy ta'lim - interfaollikni nazarda tutgan internet texnologiyalarining maxsus vositalar bilan amalga oshiriladigan, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida o‘zaro ta'sir masofada amalga oshiriladigan va o‘quv jarayoniga mos bo‘lgan komyuterlarni aks ettirgan ta'lim shaklidir.
Yuqorida keltirilgan masofaviy ta'limning texnologiyasi ko‘rinishida keltirilgan, bu esa qonun keltirilgan ta'riflardan masofaviy ta'lim mohiyatini tushunishga yagona tizim yo‘q deb xulosa qilish mumkin. Biroq hozirgi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta'limni chilik bazasi bilan mustahkamlanmagan. Chet tillarini masofaviy o‘qitishda interfaol metodlarni qo‘llashning asosiy maqsadi o‘quvchilarni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar o‘qituvchi va o‘quvchining faol munosabati, bir - birini to‘liq tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi - dars qaysi shaklda bo‘lmasin, qayerda o‘qitilmasin darsda o‘qituvchi bilan o‘quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O‘qituvchi darsiga tegishli muommolarga o‘quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o‘zlashtirishlarni ta'limlashi lozim.Masofaviy o‘qitishda interfaol metod bugungi kun nuqtai - nazaridan eng lozim bo‘lgan metodga aylanmoqda. Misol uchun men ma'lum mavzu yuzasidan o‘z fikrimni bildiraman. Unga munosabat, boshqalarning fikri menga qiziq bunday vaziyatda aynan tarmoq orqali tarmoq orqali fikr almashish, nafaqat tanishlardan balki, internet orqali tanish yoki notanish bo‘lgan boshqa foydalanuvchining fikrini bilish ham qiziq. Turli millat vakili turlicha fikr bildirishi mumkin. Ana o‘shanda umumiy xulosani chiqarib olish imkoniyati yuzaga keladi. Interfaol metod o‘qitilayotgan mavzuning ham tushunarliroq holda yetib borishi uchun xizmat qilishi mumkin. Fikr so‘ralishi shunga binoan ma'lum mavzu tanlanishi. Oddiy misol ham mana shu ko‘targan mavzuimizga bildirilayotgan fikrlarda ham mujassam.Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta'limni olish mumkin Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil oquv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda koʻp. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo‘nalishlarni izlanishlarida qo‘llaniladi.
Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta'limni olish mumkin. Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar otkazish ham kiradi. Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi ta'limni olish mumkin. Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga oquvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet ornida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini talab qiladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O‘quv Agentligidagi ta'limni olish mumkin. Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan oʻzlari yaratgan oquv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida etakchi bolgan oquv muassasa bu sohada ilk qadam qoʻyadigan muassasaga oʻzining oquv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa oquvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi.

Download 174,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish