Mundarija kirish I bob. Mamlakatimiz agrosanoat majmui tarmoqlarida mahsulotlarini ishlab chiqarishda ijtimoiy sohani takomillashtirishning ilmiy va nazariy asoslari


Qishloq xo`jaligining iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati



Download 66,1 Kb.
bet4/9
Sana20.04.2022
Hajmi66,1 Kb.
#565941
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi mahsulotlarini ishlab chiqarishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning asosiy asoslari. kurs ishi

1.2.Qishloq xo`jaligining iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyati
Qolgan qismi jun, kanop, pilla va kimyoviy tolalarga to`g`ri keladi. Meva, sabzavot va poliz mahsulotlprini qayta ishlovchi sanoat to`liq mahalliy xomashyo mahsulotlari evaziga ishlaydi. Sut va go`shtni qayta ishlash sanoati ham mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlar hisobiga faoliyat ko`rsatadi. Yog` – moy sanoatining xomashyolari asosan o`zimizda yetishtiriladi. Faqatgina o`simlik moyining ayrim turlarini xorijdan keltirilgan xomashyo hisobiga ishlab chiqariladi. Masalan, mamlakat aholisi iste`mol qilayotgan yog` – moylarning sifati, assortimenti boy bo`lishi uchun chetdan soya keltirmoqda. Albatta, bu jami yetishtirilayotgan yog`-moyning juda kam qismini tashkil etadi.
Qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda qishloq xo`jaligining mamlakat iqtisodiyotdagi o`rni judda katta. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 26-30 foizi shu tarmoqning ulishiga to`g`ri keladi. 2014 yilda mamlakat jami yalpi ichki mahsulotining 26,8 foizi shu tarmoqda yaratildi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo`lgan erkin harakatdagi qattiq valyuta tushumining yarimidan ko`prog`i shu tarmoq mahsulotlarini eksport qilishdan olinadi. Aholining 60 foizidan ortiqrog`i qishloq joylarda yashaydi. Halqimizning turmush darajasi, inson resurslarining katta bir qismining ish bilan ta`minlanishi qishloq xo`jaligi bilan bog`liq.
1-jadval.Respublika qishloq xo`jaligining malakat iqtisodiyotidagi o`rni



Ko`rsatkichlar

2010

2011

2012

2013

2014

1.

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i,%

30,4

30

30,6

28,6

26,8

2.

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining o`sish sur`ati, %

103,2

104,5

106,1

107,3

110,1

3.

Paxta tolasi va oziq-ovqat mahsulotlarining yalpi eksportdagi salmog`i, %

32,9

25,9

25,9

22,5

21,9

4.

Qishloq xo`jaligi mehnat resurslarining salmog`i, %

29,7

29,6

29,1

28,3

28,4

Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki qishloq xo`jaligi O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng yirik tarmog`i hisoblanib, yildan yilga uning ulushi kamayib bormoqda. Bu borada shuni ta`kidlash lozimki 2000-2004 yillarda qishloq xo`jaligida barqaror qsish yuz berdi. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning, xizmat ko`rsatish tizimining nisbatan tez rivojlanib borishi tufayligina qishloq xo`jaligining ulushi kamaygan. Bu juda ijobiy jarayon hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti jadal o`sib borgan sari unda qishloq xo`jaligining ulushi kamayib boradi. Natijada rivojlangan sanoatlashgan, xizmat ko`rsatish sohalari taraqqiy topgan mamlakatga aylanishimiz ta`minlanadi.
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning muvaffaqiyati ko`p jihatdan qishloq ho`jaligining rivojlanish darajasiga bog`liq. Chunki qishloq ho`jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo`lib, u quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi;

  • yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta`minlaydi;

  • qishloq ho`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun hom ashyo yetkazib beradi;

  • aholini ish joylari bilan ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi qishloq ho`jaligi o`simlikchilik va chorvachilik tarmoqlaridan iborat. O`simlikchilik tarmog`ida paxta, donli ekinlar (asosan bug`doy), kartoshka, sabzavot, poliz, tamaki, yem-xashak ekinlari, o`simlik yog`i beradigan ekinlar (masxar, kungaboqar), bog`dorchiik va uzumchilikdan iborat. Chorvachilikda qoramolchilik, qo`y va echkichilik, parrandachilik, otchilik (yilqichilik), kuyonchilik, tuyachilik, cho`chqachilik tarmoqlari shakllangan va rivojlangan. Bundan tashqari respublika qishloq xo`jaligida pillachilik, asalarichilik va baliqchilik sohalari ham yaxshi rivojlanib kelmoqda. Respublikada hozirda 6,2 mln. bosh qoramol, 11,1 mln. bosh qo`y va echkilar bor.


Download 66,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish