Mundarija: kirish I bob mahalliy byudjetning iqtisodiy-nazariy asoslari va byudjet tizimida tutgan o`rni


-jadval Buxoro viloyatining 2016-yil mahalliy byudjet daromadlari



Download 243,31 Kb.
bet15/16
Sana29.01.2022
Hajmi243,31 Kb.
#416461
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Неподтверждено 586225

3-jadval Buxoro viloyatining 2016-yil mahalliy byudjet daromadlari






Daromadlar

Hajmi
(mln.so‘m)


1

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i

9 722,6

2

Yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha

29 814,8

3

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

72 367,4

4

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat'iy belgilangan soliq

16 577,2

5

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

190 812,4

6

Aksiz soligi:

165 395,7

7

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

10 633,3

8

yer solig‘i (yagona yer solig‘idan tashqari)

23 353,9

9

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

11 845,8

10

Bozorlar daromadidan tushum

5 073,6

11

Mahalliy yig‘imlar

1 079,9

12

Boshqa tushumlar

3 099,9


Daromadlarning hammasi

869 375,0

4-jadval Buxoro viloyatining 2016-yil mahalliy byudjet xarajatlari.



Xarajatlar

Hajmi

I

xalq xo‘jaligini moliyalashtirish



Qishloq xo‘jaligi

4 045,4


Isitish qozonxonalari va kommunal xo‘jalikning isitish tizimlarini kapital ta'mirlash

509,5


Obodonlashtirish xarajatlari

20 625,5


jami xalq xo‘jaligi xarajatlari

26 054,1

II

ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish



kadrlar tayyorlash

79 517,4


madaniyat va ommaviy axborot vositalari

4 911,4


fan

401,2


sog‘liqni saqlash

160 455,2


ijtimoiy ta'minot

5 125,2


ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish jami

523939,5

III

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash

6 916,3

IV

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlash

12 033,1

V

zahira jamg‘armasi

802,9

VI

davlat mukofotlarini to‘lash bo‘yicha xarajatlar

3,1

VII

ijtimoiy ko‘nikma markazlari

254,3

IX

mudofaa majmui, huquqni muhofaza qilish organlarining mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan xarajatlari

13 460,9

XI

markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar

22 866,9

XII

bolali oilalarga va kam ta'minlangan oilalarga nafaqalar

56 116,8

XIII

chet el kreditlarini qoplash

6 095,9


xarajatlar hammasi

869 375,0

27Viloyat mahalliy byudjeti loyihasida aholi farovonligini oshirish, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uy-joy va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni moliyalashtirishga katta e'tibor qaratilgan.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlar haqida gapirganda, avvalambor, shuni ta'kidlab o‘tish joizki, 2016-yilda ham byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar miqdorini bosqichma-bosqich ko‘paytirish davom ettirilib, ish haqini inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lgan miqdorlarda oshiriladi.
Endi viloyat mahalliy byudjeti loyihasining xarajatlariga tarkibiy jihatdan qarasak, avvalambor, 2016-yilda ham byudjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘nalganligi saqlab qolinganini ko‘rish mumkin(4-jadval).
Jumladan, ijtimoiy soha tarmoqlari va ijtimoiy qo‘llab – quvvatlash xarajatlariga 2016-yilda jami byudjet mablag‘larining 86,7 foizini yoki 580 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi.
Shundan ta'lim tizimiga kelgusi-yilda 273 mlrd 405 mln. so‘m yoki jami byudjet xarajatlarining qariyb 41 foizini hamda sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlariga 160 mlrd 455 mln.so‘m yoki jami byudjet xarajatlarining qariyb 24 foizi ajratiladi.
Shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kelgusi yilda 5 mlrd. 416 so‘mga oshirish va ushbu maqsadlar uchun jami 25 mlrd 545 mln. so‘m ajratiladi.
Shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni 2011-yilga nisbatan 1,3 barobarga oshirib, 20 mlrd 626 so‘mga yetkaziladi.
Bundan tashqari, 2016-yil viloyat mahalliy byudjeti loyihasida markazlashgan investitsiyalarga qariyb 22 mlrd. 867 mln.so‘m ajratiladi.
Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlari tarkibida, mahalliy soliq va yig’imlarning yuqori salmoqqa ega hisoblanadi. Jumladan Buxoro viloyati Gala-Osiyo tumanida ham, mahalliy soliq va yig’imlar yuqori salmoqqa egadir. Buni quyidagi 6-jadvalda ko’rib chiqamiz.


5-jadval
2015-yilda Gala-Osiyo tuman byudjeti daromadlarining tuzilishi28
(ming so’m)

Daromadlar

Aniqlangan reja

Bajarilish

%

Farqi (+,-)

Jismoniy shaxslar mol-mulkiga soliq

215300

181283

84.2

-23083

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarorlar daromadidan olinadigan soliq

1081283

670800

61.6

-420283

Davlat boji

155840

127784

82

-28056

Yig’imlar va boshqa soliqsiz daromadlar

306700

357412

111,7

50712

Atrof muhit ifloslik uchun soliq va to’lovlar

647000

680914

105

33914

Barcha mulk shaklidagi kichik korxonalar uchun yagona soliq

1066200

1144800

107

78600

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i

465700

527587

113

61887

Daromadlarning Jami

4738540

4743281

100

4741

Subvensiya













O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olingan mablag’.

1305709

1275422

94.4

-75287

Daromadlarning hammasi

5089249

5018703

98.6

-70546

Yuqoridagi jadvalda 2015-yilda Gala-Osiyo tuman byudjeti daromadlarining tuzilishi aks ettirilgan. Ushbu jadvaldan, tuman byudjeti jami daromadlari 4738540 ming so’m miqdorida qilib rejalashtirilganligini ko’rishimiz mumkin. haqiqatdagi bajarilishi 4743281 ming so’m miqdorida bo’lib, 100.1%ni tashkil qilgan.


Ushbu soliqlar tuman byudjeti daromadlarining shakllanishida yuqori salmoqqa egadirlar. Chunki barcha mulk shaklidagi kichik korxonalar uchun yagona soliq, tuman byudjeti jami daromadlarining 28.5%ni, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvi fuqarolar daromadidan soliq esa tuman byudjeti jami daromadlarining 17.9%ni tashkil qiladi.
Jismoniy shaxslar mol-mulkiga soliq 2015-yilda 215300 ming so’m miqdorida rejalashtirilgan, lekin haqiqatdagi bajarilish 84% bo’lib, ushbu soliq bo’yicha tuman byudjetiga 18010 ming so’m kam tushum bo’lgan.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolar daromadidan olinadigan soliqni dinamik tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu soliq 1081283 ming so’m miqdorida rejalashtirilgan, lekin reja bor-yo’g’i 62%ga bajarilib, haqiqatda 670800 ming so’mni tashkil qilgan. Ushbu soliq turidan rejaning bajarilmay qolganligi tufayli, tuman byudjetiga 420283 ming so’m pul tushmay qolgan.
Davlat boji bo’yicha ham reja badarilmagan. Aniqlangan rejada davlat boji bo’yicha tushum 155840 ming so’m mio’dorida belgilangan, lekin haqiqatdagi tushum 127784 ming so’m bo’lib, rejaning 82 foizi bajarilgan. Bu tufayli 28056 ming so’m tushum tuman byudjeti daromadlarida chetlashtirilgan.
Davlat boji 2014-yilga nisbatan 2015-yilda 38.6%ga oshgan. Lekin 2014yilda u bo’yicha reja 9.9%ga oshirib badarilgan bo’lsa, 2015-yilga kelib esa reja 18%ga bajarilmagan.
Tuman byudjeti daromadlarining qolgan barcha turlari bo’yicha reja oshirib bajarilgan. Misol tariqasida, barcha mulk shaklidagi kichik korxonalar uchun yagona soliqni olishimiz mumkin. Ushbu soliq bo’yicha rejada 1066200 ming so’m tushum ko’zda tutilgan bo’lsa, haqiqatda esa 1144800 ming so’m pul tushumi yuz bergan, Rejaning oshirib bajarilishi salmoq jihatdan uncha katta bo’lmasa ham (107%) miqdoriy jihatdan ko’pdir, ya'ni 78600 ming so’m.
Tuman byudjeti daromadlarida yig’imlar va boshqa soliqsiz daromadlar 8.2% salmoqqa egadir. Ushbu daromad turidan ham reja ortig’i bilan bajarilib, tuman byudjetiga qo’shimcha 50712 ming so’m pul tushgan.
Ushbu daromad turi 2014-yildagiga nisbatan 20.4%ga oshgan, hamda 2014-yilda yig’imlar va boshqa soliqsiz daromadlar bo’yicha reja 32.3 foizga bajarilmay qolgan bo’lsa, 2015-yilga kelib esa reja 17%ga oshirib bajarilgan. Bu o’z navbatida shu sohadagi ishlar to’g’ri yo’lga qo’yilganligidan dalolat beradi.
Atrof muhitni ifloslantirganlik uchun soliq va to’lov 2015-yilda 2014-yilga nisbatan 33.2 foizga oshgan. Ushbu soliqning 647000 ming so’m miqdorida olinishi rejalashtirilgan, haqiqatda esa 680914 ming so’mni tashkil etgan, ya'ni reja 5%ga yoki 33914 ming so’mga orttirib bajarilgan.
Tuman byudjeti daromadlari ichida ijtimoiy inrfatuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha reja yuqori darajada oshirib bajarilgandir. Ushbu soliq bo’yicha aniqlangan reja 312000 ming so’m bo’lib, haqiqatda esa tuman byudjetiga 395571 ming so’m tushum tushirilgan. Reja 27%ga yoki 83571 ming so’mga orttirib bajarilgan. Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i 2015-yilda 2002-yildagiga nisbatan 37.6%ga ko’p qilib belgilangan.
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i bo’yicha ham reja orttirib bajarilgan. Ushbu soliq bo’yicha tuman byudjetiga tushum 465700 ming so’m miqdorida belgilangan bo’lib, haqiqatda bu ko’rsatkich 527587 ming so’mni tashkil qilgan. Reja 61887 mirg so’mga yoki 13%ga oshig’i bilang bajarilgan. Bu soliq 2015-yilda 2014-yilga nisbatan 12.2%ga ko’paygan.
2015-yilda Gala-Osiyo tumanida ba'zi bir soliqlar bo’yicha rejaning bajarilmaganligi tufayli, tuman byudjetiga 303943 ming so’m mablag’ kelib tushmagan. Bir vaqtning o’zida ba'zi bir soliqlar bo’yicha rejaning oshirib bajarilishi tufayli, tuman byudjetiga qo’shimcha ravishda 308684 ming so’m pul tushdi(5-jadval).

3.2. Mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlari shakllanishining tahlili(Buxoro viloyati misolida)
Mahalliy byudjetlar davlat moliya tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mahalliy hokimiyatlarga yuklatilgan ijtimoiy masalalarni hal etish ham ushbu byudjetlar orqali hal etiladi.
Shu jumladan, Buxoro viloyati respublika iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hudud hisoblanadi. Chunki, respublika iqtisodiyotini bir maromda ishlashini ta'minlash uchun zarur yoqilg’i energetika resurslari zaxirasining asosiy qismi shu hududda ishlab chiqariladi. Jumladan, respublikada qazib olinayotgan neft, gaz va gaz kondensatining katta qismini qayta ishlash Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda ham viloyat sezilarli ulushga ega bo‘lib, respublikada yetishtirilayotgan paxta va g‘allaning 8,1 foizi Buxoro viloyatida yetishtiriladi29.
Viloyatning mahalliy byudjeti ham respublika byudjet tizimida salmoqli o‘rinni egallab, uning daromadlari tarkibi va o‘zgarish tendensiyasi taqsinga sazovor. Ma'lumki, respublikadagi viloyatlar mahalliy byudjetdagi daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqqan holda, respublika byudjetidan yordam oluvchi va aksincha daromadini bir qismini respublika byudjetiga o‘tkazuvchi mintaqalarga bo‘linadi. Buxoro viloyati respublika byudjetiga mablag‘ o‘tkazuvchi 6 ta viloyatdan biri hisoblanadi va mahalliy byudjet daromadlari umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hamda mahalliy soliq va yig‘imlardan shakllanadi. Mahalliy soliq va yig‘imlar stavkalari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan holda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hisobidan shakllanadigan, boshqariladigan daromadlar normativlari, hududlarning daromad manba'lari va xarajatlaridan kelib chiqib, Moliya vazirligi tomonidan tumanlar bo’yicha tabaqalashtirgan holda belgilanadi.
Viloyatning mahalliy byudjeti daromadlarini asosiy qismini boshqariladigan daromadlar ya'ni umumdavlat soliqlaridan ajratmalar tashkil etadi. Jumladan, umumdavlat soligi bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), yuridik shaxslar foydasidan soliq, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va aksiz solig’idan ajratmalar hisobidan mahalliy byudjetga qoladigan daromadlar 2012-2015-yillarda jami daromadlarning 75-80 foizini tashkil etgan. Mahalliy byudjetda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushining yuqori bo‘lishi, ushbu turdagi soliqlarni o‘z vaqtida undirilishini ta'minlashda mahaliy hokimiyat organlari manfaatdorligini oshiradi. Lekin, viloyatda qazib chiqarilayotgan neft va gaz uchun uni qayta ishlash korxonalari bilan amalga oshiriladigan xisob-kitoblar markazlashgan xarakterga ega bo'lganligi sababli, ular xisobidan undiriladigan QQS, aksiz solig’i va uni qazib oluvchi korxonalar to’laydigan soliqlarni undirishda ma'lum muammolarni keltirib chiqarmoqda(2-ilova). Ya'ni ushbu korxonalar tomonidan jo'natilgan maxsulotlar uchun mablag‘larni o‘z vaqtida kelib tushmasligi sababli, ular tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq turlari bo‘yicha boqimanda qarzlarni oshib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish va ularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora - tadbirlar bilan to‘g‘ri solishtirish imkonini beradi. Joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o‘sish sur'atlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib tushishi va resurslardan samarali foydalanish bilan bevosita bog’liq. Quyida keltirilayotgan Buxoro viloyat mahalliy byudjetining 2012 -2015-yillardagi xarajatlari ko’rsatkichlari ham byudjet siyosati ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi(3-ilova).
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, bu soha xarajatlari byudjet xarajatlarida o‘rtacha 15 foiz ni tashkil etgan. Bundan tashqari respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan shahar va tumanlarda kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylar qurilishi bilan bog’liq xarajatlar ham byudjet mablag’lari hisobidan amalga oshirilmoqda va bu maqsadda sarflanayotgan kapital qo'yilmalar byudjet xarajatlarida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Mahalliy byudjetlar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning asosiy manbai va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining iqtisodiy negizi bo‘lganligi sababli, byudjetga qo‘shimcha mablag’lar jalb etish manbalarini izlab topish va mavjud mablag’larni samarali sarflanishini ta'minlash byudjet siyosati samaradorligini ta'minlaydigan asosiy omil hisoblanadi.



3-rasm. Buxoro viloyati mahalliy byudjeti ijrosining 2012-2015-yillardagi asosiy tendensiyalari30.
Ushbu masala muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli Respublikamiz Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 2016-yil 16- yanvarda bo‘lib o‘tgan 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasida byudjet mablag‘lari sarflashda mahalliy hokimiyatlarni rolini oshirish, daromadlarni katta qismini va ayniqsa rejadan oshiqcha yig‘ilgan mablag‘larni to‘liq mahalliy organlar ixtiyorida qoldirish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ma'lumki, respublikadagi viloyatlar mahalliy byudjetdagi daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqqan holda, respublika byudjetidan yordam oluvchi va aksincha daromadini bir qismini respublika byudjetiga o‘tkazuvchi mintaqalarga bo‘linadi. Shu nuqtai nazardan viloyatga tegishli tumanlar mahalliy byudjetlari daromad va xarajatlar ijrosiga qarab ko‘mak beruvchi va oluvchi tumanlarga ajratish mumkin. Buxoro shahri, Kogon tumani va Qorovulbozor tumanlari xarajatlari doirasida byudjet daromadlari yuqori. Ammo shunday tumanlar mavjudki, o‘z mahalliy byudjeti daromadlariga qaraganda 2-5 baravar ortiq xarajat qiladi. Ular Peshku, Shofirkon, Qorako‘l, G‘ijduvon, Buxoro, Vobkent tumanlari shular jumlasidandir. Albatta ularning mahalliy byudjet taqchilligi ko‘maklashuvchi va respublika byudjetlari mablag‘lari hisobidan qoplanadi(4-ilova).

XULOSA VA TAKLIFLAR.
«Mahalliy byudjetning moliyaviy mexanizmi va boshqaruvini takomillashtirish yo’nalishlari» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yakunida quyidagi xulosa va takliflar tayyorlandi.
Xulosalar:

  1. Davlat byudjetining vazifalarni amalga oshirishda mahalliy byudjetlar tizimini samarali boshqarish va byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish muhim rol o‘ynaydi.

  2. O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi islohotlarning asosiy maqsadi – mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish, byudjet tizimi tarkibidagi respublika va mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda turli darajadagi mahalliy byudjetlardan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarini amalga oshirish bilan oilalarning turmush farovonligini oshirishdan iborat.

  3. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy tomondan boshqarishdagi rolini oshirish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Birinchidan, markaziy boshqaruv organlari ma’lum darajada ortiqcha vazifalardan holi bo‘ladi, ikkinchidan, mahalliy hokimiyat organlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi mas’uliyati oshadi, uchinchidan, ushbu hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning tez yechilishga olib keladi.

  4. Hududiy iqtisodiyot rivojlanishida moliya mexanizmining o‘rni alohida hisoblanadi. Ushbu mexanizmning eng samarali vositasi hisoblangan soliqlardan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalanish, uning rivojlanishi bilan birga, mahalliy byudjetlarni muntazam va yetarli miqdorda daromadlar bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.

  5. Mahalliy byudjetlarning mavqeyini yanada oshirish hukumatimizni byudjet-soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim omildir. Har bir soliq turi bo‘yicha soliq salohiyatini hisoblagan holda, uni haqiqiy tushumlar bilan solishtirma tahlil qilinadi. Soliq salohiyatiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari ijobiy o‘zgarishda bo‘lishi kerak. Soliq salohiyatidan mahalliy byudjet daromadlarini rejalashtirishda foydalanish maqsadida o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 2009-yilda mamlakat soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasidagi farq 129,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasidagi farq 124,8 foiz bo‘lgan. Mazkur holat- soliq salohiyati bilan haqiqiy soliq tushumlari o‘rtasida farq qisqarishi ijobiy hisoblanadi. Bu respublikamizda izchillik bilan davlat amalga oshirayotgan byudjet-soliq siyosatining ijobiy natijasidir.

O‘zbekistonda byudjet tizimi unitar tuzilishga ega bo‘lib, u respublika davlat byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va ularga qarashli shahar, tumanlar mahalliy byudjetlaridan iborat. Ushbu tizimdagi har bir bo’g‘inga tegishli ravishda daromad manbalari va xarajat yo‘nalishlari belgilangan.
Mahalliy byudjetlar byudjet tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu bo’g‘indagi byudjetlar daromadlari mahalliy soliq va yig‘imlar hamda umumdavlat soliqlaridan ular ixtiyoriga qoladigan ajratmalar, zarur hollarda yuqori byudjetdan beriladigan dotatsiyalar hisobidan shakllanadi. Xarajatlar esa ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Bu masalalar muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha daromadlarni jalb etish va ular xarajatlarini maqsadli sarflanishini ta'minlash yuzasidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif etilayotgan tadbirlar ular samaradorligini oshirishni ta'minlaydigan omillardan hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ish tahlili natijasiga ko‘ra mahalliy byudjetlar daromadlarni oshirish va xarajatlarini samarali taqsimlanishini ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
Ijtimoiy sohada. Birinchidan, sog‘lom avlod yo‘lida byudjet parametrlarida ko‘rsatilgan nafaqalar, ish haqi va boshqa zarur xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta'minlashlikni amalga oshirish va nazorat etish zarur. Ikkinchidan, birinchi darajali xarajatlarni (ish haqi, ish haqidan ajratma, barcha turdagi nafaqalarni, stipendiyani, oziq-ovqatni, dori-darmon) kechiktirmasdan moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Uchinchidan, Byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ustuvor sohalardan biri bu, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan e'tirof etilayotgan va mamlakat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan bu dastur talablari bo‘yicha qurilishlarga ajratilayotgan mablag‘larni samarali sarflanishini ta'minlash nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa ham hisoblanadi. Bu vazifa birinchi navbatda mahalliy moliya idoralari zimasiga yuklatilgan. To‘rtinchidan, mahalliy byudjetdan aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilayotgan mablag‘larni manzilligini ya'ni aynan muhtoj kishilarga yetib borishini ta'minlash bu sohadagi ustuvor vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekistonda bu mablag‘larni "Mahalla" orqali taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yilganligi keng jamoatchilik tomonidan, hatto xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etilayotganligi muhim hisoblanadi. Chunki, O‘zbekistondagi aholini asosiy qismi qishloq joylarda yashaydi(62.8%). Shu sababli bu mablag‘larni samarali va adolatli foydalanishini nazoratini olib borish kerak.
Iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida. Birinchidan, shahar va tumanlarni iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi moliya tizimi mavqeyini oshirish, ushbu hududlarning iqtisodiy rivojlanishida katalizator funksiyasini bajaradi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi sohasiga ko‘mak berish maqsadi bo‘yicha moliyalashtirishni doimiy nazoratga olish zarurdir. Uchinchidan, hududlar eksport potensialini oshirish va bunda tumanda qo‘shma korxonalarni qurish loyihalarini ishlab chiqish jarayonini ta'minlash kerak. To‘rtinchidan, kichik va o‘rta biznes rivojlantirishga ko‘maklashuvchi idoralar funksiyalarini nazorat etish va ular o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatishni tashkil etishni moliyalashtirish.
Moliya-soliq tizimini yuksaltirish sohasida. Birinchidan, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta'minlashni qonun hujjatlari asosida amalga oshiriga qat'iy rioya etish lozim. Ikkinchidan, byudjet tashkilotlarini xarajatlar smetasida belgilangan mablag‘larni to‘lig‘ligicha moliyalashtirishni ta'minlashlikni amalga oshirish kerak. Uchinchidan, byudjet tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiq foydalanishi ustidan monitoring nazoratini kuchaytirishni va maqsadsiz xarajatlar bo‘lishligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun amaliy nazorat o‘rnatish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
I. O‘zbekiston respublikasi qonunlari, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti qarorlari. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi me’yoriy hujjatlari, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti asarlari.

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2013. -40b. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  2. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. 2007-yil. 25 dekabr.

(o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  1. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013-yil. 26 dekabr.

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni. 1993-yil. 2 sentyabr. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).

  3. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2007-yil 28 fevraldagi «Davlat byudjetining ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 594-son qarori.

  4. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi «O‘zbekiston respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 1887-son qarori.

  5. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2013-yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 2099-son qarori.

  6. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3 sentyabrdagi 414-son «Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori.




  1. O‘zbekiston respublikasi Moliya Vazirining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 2007-son buyrug‘i.

  2. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to‘g‘risida Nizomini tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 20 martdagi 53-son qarori.

  3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. -T.: “O‘zbekiston”. 2010. -80 b.

  4. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.

O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi. // norma maslahatchi, 2010-yil. 16 noyabr.

  1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – T.: “O‘zbekiston”. 2011. - 48 b.

  2. Karimov I. A.“2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichgako‘taradigan -yil bo‘ladi.T.: “O‘zbekiston”. 2012. -36 b.

  3. Karimov I.A.“Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, xayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir.\\ Xalq so‘zi. 2012-yil. 8 dekabr.

  4. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz-keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so‘zi. 2016-yil. 16 yanvar.

  5. Karimov I. “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi \\ 2013-yil. 8 dekabr.

  6. Karimov I. “2016-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish-yili bo‘ladi”. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2015-yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so‘zi. 2016-yil. 16 yanvar.

II. Asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar.
19.Malikov T., Jalilov P., Byudjet-soliq siyosati. Monografiya. T.:
Akademnashr. 2011. -472 b.
20.Malikov T., Vahobov D.R., Moliya: chizmalarda. O‘quv qo‘llanma. T.:
“IQTISOD-MOLIYA”. 2010. - 660 b.
21.Mexmonov. S.U. Byudjet xisobi. O‘quv qo‘llanma. - T.: “Fan va texnalogiya”. 2012. - 352 s.

  1. Sirojiddinova Z.X. O‘zbekiston respublikasi byudjet tizimi: II. Darslik. – T.: «infoCOM.UZ» nashriyoti. 2010. - 500 b.

  2. Sirojiddinova Z.X. Byudjetlararo munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. –T.:

«infoCOM.UZ» nashriyoti. 2010. - 156 b.



  1. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzalarini o‘rganish bo‘yicha O‘quv-uslubiy majmua. – T.: “Iqtisodiyot”. 2010. – 340 b.

29.O‘zbekiston respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqkiyotining mustaqillik-yillaridagi (1990-2010-yillar) asosiy tendentsiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015-yillarga mo‘ljallangan prognozlari. Statistik to‘plam – T.: «O‘zbekiston». 2011. – 140 b.
30.Eshnazarov T.Sh. O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizimi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012. -304 b.
31.Qosimova G.A., Shoakramov K. Mahalliy byudjetlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Moliya”. 2012. 260 b.

    1. Qosimova G.A. G’aznachilik. O‘quv qo‘llanma. T.: “Moliya”. 2013. -487b

III. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar.

    1. Asqarov N. Sohalarni rivojlantirishda maqsadli boshqarishning metodologik asoslari.\\ Iqtisod va moliya. – Toshkent. 2013. №4. – B.123-127.

    2. Bozorova L.A. Byudjet daromadlari barkarorligini ta’minlashda hududlar soliq salohitini oshirish yo‘nalishlari. // Iqtisod va moliya. -Toshkent.

2013. -№ 12. – B. 65.
35.Davlatov D. Byudjet tizimini takomillashtirishda mahalliy soliqlarning o‘rni va ahamiyati. Mintaqalarni barqaror rivojlantirish va milliy iqtisodiyotnig hududiy muvozanatligini ta’minlash masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2013.

  1. Haydarov M. Byudjet tashkilotlarida ichki auditni tashkil qilishda risklarni baholash mohiyati. // Iqtisod va moliya. -Toshkent. 2012. -№9. – B. 60-65.

  2. Eshnazarov T. Davlat moliyasi tizimini takomillashtirish va uni rivojlantirish omillari. // Iqtisod va moliya. -Toshkent. 2012. -№12. – B.51-56.

  3. Temirov M. Davlat moliyasi: yangi texnologiyalar va ularni moliyalashtirish.\\ Iqtisod va moliya. -Toshkent. 2013. №6. – B.19-22.

  4. Sharopova M. Ijtimoiy soha xarajatlari samaradorligini oshirishda byudjetdan moliyalashtirish tamoyillarining ahamiyati. // Moliya. -

Toshkent. 2013. №1. – B. 32-35.

  1. Umarov Z. O‘zbekistonda moliya tizimini yanada rivojlantirish istiqbollari.\\ Bank axborotnomasi. -T.2014. 12 mart. 11 (930)-son.

45.O‘rozov U. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi: mohiyati, ahamiyati va afzalliklari. \\ Moliya. -Toshkent. 2014. №1. –B.24-29.

46.Qosimova G., Elmurodov U. G’aznachilik sharoitida byudjet tashkilotlaridagi risklarni boshqarish.\\ Birja Ekspert. -Toshkent. 2012.


№ 6. –B. 3-6.

  1. Qosimova G.A. G’aznachilik tizimida davlat xaridlarini samarali boshqarish. \\ Biznes-Ekspert. 2013. 10-11son. 6-8b.

  2. Qosimova G. Davlat moliyasini boshqarishda Byudjet Kodeksining ahamiyati. \\ Moliya. . -Toshkent. 2014. №1. –B.19-23.

49.Qosimova G.A. G’aznachilik sharoitida byudjet-soliq va pul-kredit siyosatining muhim tadbirlari. O‘zbekistonda sug‘urta bozorining rivojlanish istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. -Toshkent. 2012. –B.390-393.
50.Qosimova G., Maxmudov J. G’aznachilik tizimi faoliyatini tashkil etishda rivojlangan mamlakatlar tizimidan foydalanish. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya, bank, soliq, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsiya, buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini takomillashtirish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. - Toshkent. 2012. –B.43-44.
51.Qosimova G.A.,Toshmuxamedova D. Hududlar moliyaviy resurslarini moliyaviy boshqarish masalalari. Raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2013. 14 dekabr.283-284 b.
52.Qosimova G.A. Mintaqalarda mahalliy byudjetlarni moliyaviy tenglashtirish masalalari. Mintaqalarni barqaror rivojlantirish va milliy iqtisodiyotnig hududiy muvozanatligini ta’minlash masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2013. 220-221 b.
53.Qosimova G.A. Davlat byudjetini boshqarish islohotlarida g‘aznachilikning o‘rni. Agrar sohani boshqarishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2014. 26 aprel.148-150 b.
54.Qosimova G.A., Yuldashev D.U. Inson kapitalini rivojlantirishda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasining ahamiyati. Milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish va bank-moliya tizimini takomillashtirish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami.
Toshkent. 2014-yil. 25 aprel.232-233 b.
55. Qosimova G.A., Dadaxonov D.G’. Ijtimoiy himoyalash tizimida soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik roli. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida soliqlarning rag‘batlantiruvchanlik rolini oshirish yo‘llari. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. Toshkent. 2014. 22 fevral. -B.10-12.
56.Qiyosov Sh. Mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish.\\ Moliya. . Toshkent. 2014. №1. –B.36-39.
57.Qo‘chqorov T. O‘zbekistonda milliy g‘aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish istiqbollari. \\ Moliya. -Toshkent. 2011. № 2. –B.137-141.
IV. Internet-sayt ma’lumotlari

  1. www.lex.uz

  2. www.stat.uz

  3. www.gov.uz

  4. www.mf.uz

  5. http://www.soliq.uz/uz

.
Ilovalar
1-ilova

Download 243,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish