Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishida o’quvchilarning umumiy biologik tushunchalari, biologik talimning maqsad va vazifalarini tushuntirib berish, umumiy biologiya fani bo’yicha o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablarini izohlab berish, o’quvchilarning umum biologik va xususiy tushunchalarning o’ziga xos xususiyatlari, umumiy o’rta ta’lim o’quv yurtlarida biologik ta’lim mazmuni asoslari, biologik ta’lim mazmuni va tarkibiy qismlari va o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan biologik bilimlar minimumi haqida, Umumiy biologiyani o’qitishda o’quvchilarda umumiy va xususiy biologik tushunchalarni shakllantirish yullari haqida kengiroq tushunchalar keltirib o’tilgan. Bu bo’lg’usi biologiya o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga zamin tayyorlaydigan biologiya fanining ob’ekti, metodlari, ahamiyati, asosiy printsiplari va qonuniyatlari, dolzarb muammolari, biologiyani o’qitishning mazmuni, metodlari, vositalari, shakllari shuningdek, xususiy metodikaning o’ziga xos xususiyatlarini biologiyani o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, o’quvchilar ongi va qalbiga milliy g’oyani singdirish masalalarini o’zida ifoda etadi.
Kurs ishi vazifasi. Hozirgida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan biologiya fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi.
I.BOB. LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi, chunki, u 1920- yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tom onidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan. Hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta ’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinmoqda. J. Dyu o ‘qitishni o ’quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda o'quvchilarning muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o'quvchilarga o'zlashtirgan bilim , ko'nikm a va m alakalarini amaliyotga qo'llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yo'llarini ko'rsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'liq holda o'qitish lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda o'quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik m uam m olarni aw al o'zlashtirgan bilim, ko'nikm alarini amaliyotga qo'llab hal etish orqali yangi bilim, ko'nikm a va malakalarni o'zlashtiradi lar. O'quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o'qituvchi ularga tegishli ko'rsatm alar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, o'qitishdan ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini ko'rsatishi, buning uchun m uam m oni hal etishda o'quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo'lsa, uning aniq yechim i, agar amaliy m uam mo bo‘lsa, amaliyotga qoilash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O 'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, m uam m oni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada aw al o'zlashlirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasaw ur qilishlari zarur.
Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati m a’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish sanaladi. Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: «O'rganilayotgan bilim, ko'nikm alar menga nim a uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman» sanaladi. Bu tezis o'quvchilarning fan asoslarini ongli o'zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va m o'ljalni to'g'ri olishlariga yordam beradi. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda o'quv m uam m olarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy m uam m olarni hal etishda foydalanishi zarur. Loyihalash texnologiyasida foydalanish o'quvchilarga individual va differensial yondashish imkonini beradi.
Ta’Iim jarayonida o‘quvchi o‘qituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealaming mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi va bilim, ko'nikma hamda malakalarni egallaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar uchun o'quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir. O'qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilaming bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o'qitishdan ko‘zda tutilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlami amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi. 0 ‘qituvchi uchun ta’lim jarayoni o'quvchilaming faoliyati bilan uzviy bog‘langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi.
1.1. Loyihalash jarayoni va uning ta’limiy mazmuni, o`quv loyihasining metodik pasporti.
Hozirgida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir. Biologiya ta’limini loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi. Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli.
Loyiha fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Biologiya fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o’zining faoliyatiga bog’liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug’ilishidan yakuniy refleksiyagacha o’quvchilar tajriba orttiradilar; o’quvchilarda eng muhim o’quv ko’nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to’la boshqariladigan jarayonga aylanadi.
O`quv loyihasining metodik pasporti bu – o`quv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, o`quv dasturidagi o`rni to`g`risida qisqacha tavsif hisoblanadi. O’quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o’zida aks ettiradi: fan predmetining o`quv rejasidagi mavzular, predmetning ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarini, o’quv-pedagogik vazifalarni, o’quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o’quv loyiha topshirig’ini, loyihaning bajarilish muddatini va o’quv loyihasining ish rejimi. Tadqiqot loyihasi pasporti mualliflar va loyiha rahbari tomonidan to’ldirilib, unda o’quv loyihasining nomi, loyihaning maqsadi va vazifalari, loyiha muallifi, loyiha rahbari va konsultantlari, loyiha turi aks ettiriladi. O’quv loyiha faoliyatida o’quvchilarda tadqiqotchilik, ijodiy, o’yin, axborot izlanish faoliyatlarini qamrab olib, ijtimoiy ehtiyoj qiziqishlar hisobga olinadi, natijaga aniq yo’naltiriladi.
Loyihalashtirish faoliyatini bajarish bosqichlari tahlil qilinadi:
- Tayyorlov bosqichi:
a) loyiha mavzusini tanlanib, uning dolzarbligi, yechilishi kerak bo’lgan muammo shakllantiriladi.
b) loyiha maqsadi, predmeti, ob’ekti va vazifalari belgilanib olinadi.
v) loyihalashtirish faoliyati turlari va yechilishi lozim bo’lgan topshiriqlar tayyorlanib, ularni yechish usul va vositalari tanlanadi.
g) loyiha mavzusiga doir adabiyotlar va axborot manbalari bilan tanishiladi.
- O’quv faoliyatini rejalashtirish bosqichi.
a) maqsadga erishish ketma-ketligi ishlab chiqiladi.
b) Ish rejasini tuziladi (loyihani ishlab chiqish, rasmiylashtirish, uni taqdimotga tayyorlash, hisobotni tuzish bo’yicha topshiriqlarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash, ularni bajarish va tayyor holatga keltirish muddatini belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |