Mundarija: kirish I bob. Kartoshkaning rak kasalligi


Kartoshkaning so‘lish, makrosporoz, fitoftorioz kasalligi va unga qarshi kurash choralari



Download 48,53 Kb.
bet3/7
Sana06.07.2022
Hajmi48,53 Kb.
#745120
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kartoshka rak kasaligi

1.2 Kartoshkaning so‘lish, makrosporoz, fitoftorioz kasalligi va unga qarshi kurash choralari
Kartoshka o‘simligi o‘sish, rivojlanish va tuganaklarni saqlash jarayonida turli zamburug‘, bakterial, virus kasalliklari bilan zararlanadi. Zamburug‘ kasalliklariga fitoftorioz, makrosporioz, parsha; bakterial kasalliklardan qora son, doirasimon chirish va mozaika kasalliklarini ko‘rsatish mumkin.Tuganaklarni omborxonalarda saqlash jarayonida fitoftorioz, fuzarioz, fomoz va nam chirish kasalligi uchraydi.
Kartoshkaning fitoftorioz kasalligi. Fitoftorioz kasalligi tufayli 50 % hosil miqdori pasayadi. Kasallikni Oomitsetlar sinfi, Perenosporoles tartibiga mansub Phytopthora infentans zamburug‘ keltirib chiqaradi.
Kasallik belgilari bargda va tuganakda hosil bo‘ladi. Kasallangan barg cheti bo‘ylab qo‘ng‘ir rangdagi dog‘ hosil bo‘ladi. Bargning orqa tomonida oq rangdagi mog‘orga o‘xshash g‘uborda zamburug‘ zoosporangiysida zoosporalar hosil bo‘ladi. Kurash choralari. Chidamli navlar ekish, tuganaklarning o‘lchami haddan tashqari katta bo‘lib ketmasligi uchun o‘simliklar tup sonini yetarli darajada saqlash, o‘z vaqtida suv berish darkor (Int. Potato Center, 1982).
Kartoshka kimyoviy moddalar bilan jarohatlanishi. O‘g‘it noto‘g‘ri qo‘llanilsa tuganaklarning qobig‘i kuyadi, qorayadi va tuganaklar chiriydi. Gerbitsidlar ta’sirida barglar bujmayishi, ularda
xloroz va nekrozlar rivojlanishi, tuganaklar shakli xunuklashishi, ekin o‘sishda orqada qolishi va bu jarohatlar keyingi yili ham kuzatilishi mumkin. Insektitsid va fungitsidlar noto‘g‘ri yoki meyoridan oshirilib qo‘llanilsa, barglarning chetlari va bandlarining orasi kuchli darajada kuyadi (Int. Potato Center, 1982).
Kartoshka ifloslangan havo bilan jarohatlanishi.Oltingugurt oksidi bilan zararlangan havoda barglarda oq xloroz dog‘lari paydo bo‘ladi, barglar kuyadi va quriydi. Oftob nuri ta’sirida oksidlanib, havoni ifloslantiruvchi moddalar oldin pastki barglarni sarg‘aytiradi, so‘ngra o‘simlikni butunlay quritishi mumkin. Belgilari ozuqa moddalar yetishmasligiga o‘xshashligi tufayli, ifloslangan havo bilan zararlanishni tashxis qilish juda qiyin (Int. Potato Center, 1982).
Kartoshka barglarining virussiz buralishining sababi aniq ma’lum emas. Kasallikni ekologik faktorlar, ozuqa moddalar yetishmasligi, azot elementining zaharliligi, virusi bo‘lmagan oddiy shira bilan zararlanish va genetik faktorlar qo‘zg‘atishi ehtimol qilinadi. Kasallik odatda hosilni pasaytirmaydi (Int. Potato Center, 1982).
Kartoshkada ozuqa moddalar yetishmasligi kuzatilganda quyidagi belgilar rivojlanadi. Azot: oldin pastki barglar, so‘ngra butun o‘simlik sarg‘ayadi, o‘sishi buziladi. Bu belgilar rivojlanishi darajasi azotning qanchalik yetishmasligi bilan bog‘liqdir. Azotga ehtiyoj o‘simlik o‘sishi bilan birga o‘sadi. Ba’zi sharoitlarda ammoniy va nitrat tuzlari parchalanishida ajralib chiqqan azot ekinlarga zaharlilik (fitotoksiklik) namoyon etadi. Fosfor: o‘simlikning tepasi o‘sishi sekinlashadi, bo‘yi pasayadi, novdalari va poyasi ingichkalashadi, ba’zan mo‘rt bo‘lib qoladi, barglari ichkariga bukiladi va to‘qroq tus oladi. Tuganaklarning ichida, yuqori harorat qo‘zg‘atganga o‘xshash, xalqa shaklli zang dog‘lar paydo bo‘ladi. Kaliy: barglar to‘q-yashil, ko‘kish-yashil, yaltiroq, so‘ngra bronza tusiga kiradi va nekrozlar bilan qoplanib, quriydi. Tuganaklar ustida zich bo‘lmagan, qotgan, ba’zan botiq dog‘lar paydo bo‘ladi. O‘simlik va uning tuganaklari har xil kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qoladi. Kaliy yetishmasligi ko‘pincha yengil, ishqor bilan oson yuvilib chiqadigan tuproqlarda uchraydi. Kartoshka yaxshi o‘sishi uchun tuproqda pH 5-7 orasida bo‘lishi qulay (Int. Potato Center, 1982; Bo‘riyev va b., 2002).
Bu kasallik tuganakda qo‘ng‘ir chirish kasalligini keltirib chiqaradi.Zararlangan tuganak po‘stlog‘ining asosiy qismida uning mag‘zini chirigan xolga keltiradi.
Kasallikning rivojlanishi nam havoda, havo harorati 18-20 S bo‘lganda yaxshi ifodalanadi. O‘simlikka infeksiyaning kirib kelishi barg ustitsalari orqali sodir bo‘ladi. Bargda hosil bo‘lgan zoosporalar tuproqqa tushib, tuganakni zararlaydi. Keyinchalik zararlangan tuganakda Fusarium zamburug‘i vakillari keng tarqaladi. Kartoshka tuganagining chirigan to‘qimalar ustini oq, sariq, binafsha rangdagi zamburug‘ mitseliysi qoplab oladi.
Birlamchi infeksiya manbayi zararlangan tuganak va o‘simlik qoldiqlari bo‘lib u poya orqali bargga ko‘tarilib boradi va sog‘lom o‘simliklarni zararlash manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Kasallikka qarshi kurash choralari: tuproqqa sog‘lom tuganaklarni ekish, ximiyaviy ishlov berish ( 1 % li bordo suyukligini, 80 % tsineb, 90 % li mis xlorid eritmasini 1 ga yerga 500 - 600 l miqdorda xar 10-15 kunda sepish), almashlab ekishga rioya qilish, NPK o‘g‘itlarni kompleksini qo‘llash, mikroelementlar eritmasi bilan ishlov berish, kartoshkani quruq havoda yig‘ishtirib olish, saqlash rejimiga amal qilish, chidamli navlarni ekish.
Janubiy Amerika kartoshkasi Solanium demissum madaniy kartoshka S. tuberosum navi bilan olimlar tamonidan chatishtirilib fitoftoraga, sovuqqa chidamli, kraxmalga boy navlar yaratilgan.
Kartoshka raki.Kartoshka rak kasalligini qo‘zg‘atuvchisi Xitrodio-mitsetlar sinfi, Chytridiales tartibi vakili Synchytrium endobioticum hisoblanadi.Kasallik asosan tuganakni zararlaydi. Undagi kurtaklar atrofida o‘ziga xos dumaloq o‘simtalar paydo bo‘ladi. Ular kartoshka tuganagini chirishiga sabab bo‘ladi.
Infeksiya manbayi - kurtakda qishlagan zamburug‘ zoosporalari hisoblanadi. Ularning cheksiz bo‘linishidan o‘simta hosil bo‘ladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisining rivojlanishi va tarqalishi uchun 16-20 S va 70-80 % namlik zarurdir.
Kasallikka qarshi kurash choralari: kartoshkani yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarga amal qilish ( makkajo‘xori, karam, dukkakli va g‘alla ekinlarini almashlab ekishdan foydalanish), chidamli navlarni ekish (Kurer, Stolovoy - 19, Zourskiy), organik o‘g‘itlarni qo‘llash, tuproqqa 20-25 %li nitrofen bilan ximiyaviy ishlov berish (20 l eritma 1 m joyga).
Rizoktonioz kasalligi Rizoktonioz kassalligini qo‘zg‘atuvchisi Rhizoctonia solani zamburug‘i bo‘lib, kasallik 3 shaklda uchraydi: tuganakning qora parshasi, o‘simlikning kasallanishi va poyaning oq chirishi. Kasallik tuganaklarini, o‘simtani, poyani zararlaydi. Tuganakda qora rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Undan hosil bo‘lgan sklerotsiylardan bazidiosporalar vositasida ko‘payadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi mitseliy, sklerotsiy va bazidiya bosqichlarida rivojlanadi. Tuganakning o‘sishidan hosil bo‘lgan stolonlar ham qorayib qo‘rib qoladi. Sporalar yosh tuganaklarni ham zararlaydi. Infeksiya manbai kasallangan tuganak, o‘simlik va begona o‘tlarning tuproqdagi qoldiqlarida hosil bo‘ladigan zamburug‘ mitseliysi va sklerotsiylardir.
qarshi kurash choralari: Tuganakni tuproq harorati 7 S da 6-7 sm chuqurlikka ekish, tuproqda qatqaloqqa qarshi o‘z vaqtida kurashish, 1 t tuganakga 70 l fungitsid eritmasi bilan ishlov berish, almashlab ekishga amal qilish (g‘alla, dukkakli ekinlarni 3-4 yildan keyin ekish), begona o‘tlarga qarshi kurash, chidamli navlarni ekish.
Fuzarioz yoki kartoshkaning quruq chirishi. Bu kasallik tuganaklarni saqlash davrida kuzatiladi.Kasallikni Fusarium turkumiga mansub bir necha turdagi zamburug‘lar keltirib chiqaradi. Kasallik hosil yig‘ilgandan keyin 2-3 oy muddatda seziladi. Tuganak po‘sti bujmayib, usti oqish, qizg‘ish, ko‘ng‘ir rangdagi mitseliy bilan qoplanadi. Unda hosil bo‘lgan konidiylar vositasida sog‘lom tuganaklar zararlanadi. Namlik miqdorini ortishi, harorat 25-27 S da bo‘lishi zamburug‘ning tarqalishiga sabab bo‘ladi. Infeksiya manbayi tuproq zarrachalari, omborxonadagi zamburug‘ qoldiqlari va tuproq infeksiya manbayi hisoblanadi.
qarshi kurash choralari: urug‘lik uchun sog‘lom tuganaklarni saqlash, ularni mexanik zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, omborxonalarda haroratni meyyorida saqlay bilish.
Fomoz kasalligi Takomillashmagan zamburug‘lar sinfining vakili Phoma exigua zamburug‘i tamonidan keltirilib chiqariladi.Kasallik o‘simlikning tuganak va poyalarni kasallantiradi. Tuganakda doirasimon dog‘ hosil bo‘lib bu dog‘ borgan sari chuqurlashib kirib boradi. Uning yuzasida qora rangdagi zamburug‘ piknidiyalarida sporalar hosil bo‘ladi. Bahorga borib bunday tuganaklar chirib ketadi.
Birlamchi infeksiya manbayi ekin dalalaridagi tuproqda mavjud bo‘lgan zamburug‘ sporalari hisoblanadi.Poyada kasallik barg bandining har xil dog‘larini hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi. Kasallangan to‘qimalarda zamburug‘ning jigar rangdagi piknidiyalar hosil bo‘ladi. Kasallik tufayli kartoshkaning 25 % hosil miqdori kamayadi.
qarshi kurash choralari: sog‘lom urug‘larni ekish, almashlab ekishga amal qilish, o‘simlik qoldigini olib tashlash, tuganaklarni saqlash rejimiga amal qilish.
Bakterial kasalliklar - qora son. Kasallik poya va tuganakni zararlaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi - Putobacterium phytophthorum bakteriyasi hisoblanadi.Kasallik dalada maysa paydo bo‘lgandan keyin namoyon bo‘ladi. Kasal o‘simlikning poyasi qorayib, chiriy boshlaydi. Yuqoridagi barglar och yashil rangda bo‘lib, sarg‘ayadi va quriydi.Kasallangan o‘simlik poyasi tuproqdan tezda sug‘irilib ketadi.
Kasallik belgilari tuganakda uning chirigan holatida ko‘zga tashlanadi. To‘qimalari yumshoq, xidli, shilimshiq bo‘lib qoladi. Rangi to‘q qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Chirish omborxonada harorat ko‘tarilib ketganda tez tarqaladi.
Infeksiya manbayi kasallangan o‘simlik, o‘simlik qoldiqlari hisoblanadi.Kasallik dastlab poyaning pastki qismini qoraytirib chiritadi. Shunda o‘simlik gullamay xalok bo‘ladi.Kasallik kamroq tarqalganda esa stolonlar orqali tuganakka kirib boradi. Tuganak sog‘lom tuganaklarga aralashganda ularni zararlaydi.
Kasalikka qarshi kurash: ekish uchun sog‘lom o‘simlikdan urug‘lik tuganak olish, tugankni saralab qulay sharoitda saqlash, agrotexnika ( kam ozot, ko‘p sug‘orish) tadbirlariga amal qilish, kasallangan tuganakni tashlab yuborish, o‘simlikka kimyoviy ishlov berish, chidamli navlar ekish.
Virus kasalliklari.Kartoshkada bu kasallik barcha xo‘jaliklarda uchraydi. Uning zarari ekologik sharoit bilan bog‘lik bo‘lib, zarar darajasi o‘simlik navi, tuproq, urug‘lik sifati bilan o‘zviy bog‘liqdir.
Kasallikni- virus X - Solanium virusl, viruslar S, F, A, K, R keltirib chiqaradi.Kasallikni aniqlash uning tashqi belgilari bir xilligi tufayli uni aniqlashni qiyinlashtiradi.Kasallik qo‘zgatuvchisini aniqlashda elektron mikroskopdan foydalanish muhim ahamiyatga ega.Kasallikning infeksiya manbayi - kasallangan o‘simlikdan tayyorlangan urug‘lik tuganaklar hisoblanadi.Infeksiya begona o‘tlarda ham saqlanadi. Virus kasalliklari orasida eng ko‘p tarqalgan turlar qatoriga- bargni bukilishiga sabab bo‘luvchi lentasimon virusni kiritish mumkin. Kasallik belgisi barg va poyada nekrozli dog‘larni hosil qilish bilan namoyon bo‘ladi. Nekroz barg bandida va poyasida ham kuzatiladi. Kasallangan poya nimjon bo‘lib, qurib qoladi va osilib turadi. Infeksiya poyadan tugankka o‘tadi. Kasallik havo harorati 25 S bo‘lganda yorqin namoyon bo‘ladi. Bargning qurishi gullash fazasiga kadar namoyon bo‘lganda hosilni 50 % ga pasaytiradi. Kasallik qo‘zgatuvchisi Y virus bo‘lib u pomidor, moxorka, bolg‘ar qalampirini kasallantiradi va ular vositasida tarqaladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisini tarqatuvchisi shiralar bo‘lib, o‘simliklar bir biri bilan tutashganda ham kasallanishi mumkin. Kasallik asosan tuganakda saqlanadi. Kartoshka oddiy mozaikasini kartoshkaning X-virusi (Solanum virus 1) qo‘zg‘atadi. Virionlari ipsimon shaklli, 515x13 nm, inaktivatsiya harorati 68...75°S, barqaror (quruq barglarda 250 kungacha saqlanadi), oxirgi suyultirish 1:1000000, in vitro holatda bir necha hafta saqlanadi. Kriptogrammasi R/1;2,2/6;E/E;S/6.
Kartoshka navi va uni zararlagan virus shtammi bilan bog‘liq holda, kasallik hosilni 10% gacha pasaytirishi mumkin. Kasallik dalada mexanik usulda (kontakt orqali) hamda zararlangan tuganaklar bilan tarqaladi, shira bilan o‘tmaydi. Odatda, barglarda mozaika rivojlanadi, ba’zi navlar juda kam yoki tashqi belgilarsiz zararlanadi. Virusning virulent shtammlari barg g‘ijimlanishini qo‘zg‘atadi.
Kartoshkadan tashqari pomidor, qalampir, tamaki, sebarga, mingdevona, ituzum va b. zararlanadi (Peresipkin, 1982; Int. Potato Center, 1982).

Download 48,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish