"Jondahar ota" ziyoratgohi
. Forish tumanining G’orli
Tarasha qishlog’ida
Muhammad SHarif (Mavlono Grekushox) nomi bilan aziz tutilguvchi ikkita
ziyorat manzili bor. Birinchisi, ul zoti bobaroqotning xonaqoxlari bo’lsa, ikkinchisi
"Jondahar ota" -
"jonga darmon beruvchi"
ma’nosida ziyoratgohi hisoblanadi.
Garasha qishlog’ining nomi ham (Mavlono Grekushox) "tugunlarni
yechuvchi" so’zidan olingan bo’lishi mumkin. Keyinchalik chashma atrofida ko’p
ming kishilik kurton qal’a quriladi. Bu rivoyatlarga ko’ra XII asrga to’g’ri keladi.
CHashmaning suvi shifobaxщ xususiyatlarga ega, masalan sariq kasalligiga,
teridagi har xil dog’larni ketkizadi, qutirgan it qopganlar bu suvda cho’miladilar,
har xil oshqozon-ichak xastaliklarida ham bu chashmaning suvini ichish koni
foyda..."
Garashalik qishloq keksalari Umarxon bobo Ixtiyorov, Homid bobo
Abdurahmonov, Rauf bobo Rashidov, Abdurahmon bobo Asrorov, Sulaymon bobo
Tovboevlar tomonidan saqlab kelingan juda ko’hna arabiy imlodagi ikki hujjat
2001 yilda Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etilgan bo’lib, ular o’rganib
chiqildi.
46
"O’smat ota" ziyoratgohi.
O’zbekistonda mavjud avliyolar qabrlari, aziz
qadamjolarning aksariyati islom dunyosiga mashhur kishilar, payg’ambarlar, aziz-
avliyoyu anbiyolar, pirlar, xalifalar va shayxlarning nomi bilan mashhurroq.
Bunday bo’lishiga tabiiy va tarixiy asoslar bor.
Baxmal tuman markazida, qo’rg’ontepa poyida so’lim go’sha «O’smat ota»
- aslida
«O’smon ota»
ziyoratgohi bor. Xuddi Samarqanddagi Shohi Zinda
rivoyatiga o’xshash hayratli afsona kezib yuradi. Bu odam kofirlardan qochib bir
tutning ortiga o’tgan va kofirlardan qutilib qolgan ekan. Keyinchalik shu atroflarda
yashagan va bu joylarni obod qilgan ekan...
Zamonlar o’tib e’tikodli xalq O’smon ota uchun ramziy qabr tiklab,
kichikkina xonaqox quradi. (Usmat qishlog’ining nomi ham shu tarixiy maskan
nomi bilan bog’liq,
degan taxminlar yuradi. Lekin, O’smat tarixan avvalroq,
eramizning boshlarida paydo bo’lganligini tarixiy asari, arxeologii materiallar
tasdiqlaydi.)
Baxmallik yozuvchi Sayid Azim tarixchi olimlar-Olimjon Juraev va
Jaloliddin Juraevlar fikriga tayanib Usmat ota qabrini usmatlik fiqhshunos olim, o’z
davrining yirik qonunshunosi bo’lmish Abul Fath Muhammad ibn Abdulhamid
Usmandiy as-Samarqandiy nomi bilan bog’laydi. (Abul Fath Usmandiy 1095 yilda
tavallud topib 1158 yilda, 63 yoshida vafot etganligi ma’lum. Uning arab tilida
bitilgan, bir necha jilddan iborat bo’lgan "Sharx al-Jomi’ al-Kabir" asari bizgacha
yetib kelgan.)
«Hazrati Bashir tarixi» kitobida yozilishicha Hazrati Bashir va ustod Usmoni
Turkistoniy Turkistonga Xoja Ahmad Yassaviyning ziyoratiga yalangoyok yo’l
oladilar. Yo’lda ko’p kiyinchiliklar ko’radilar. Firorga (Avliyo qishlog’ning avvalgi
nomi shunday bo’lsa extimol) yetganlarida bir uydan, «o’choqda ozroq
oyog’imizni isitib olaylik», deya ijozat so’raydilar. Uy egasi «ozroq yog’ beradi,
oyoqlarining yorilgan joylariga surib olovda toblaydilar».
Xonaqoh 2000 yili Usmatlik Alishoev Davir Islom o’g’li va shu paytlarda
Baxmal tumani hoqimi bo’lib ishlagan Mo’sa Anarboevning sa’yi harakatlari bilan
47
urgutlik usta Abdujabbor o’g’li Abdujalil va uning o’g’illari, hamda jiyanlari
tomonidan 72 kunda qayta tiklangan.
"Usmat ota" ziyoratgohi Baxmal tumanining markazida, bahavo tog’
buloqlari qurshovida joylashgan bo’lib, yer maydoni 0,42 gektarni tashkil etadi.
Ayni paytda rekratsion-hordiq, ziyorat maqsadlarida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |