55
“Terakli ota”, “Machitli ota”, “Malik Ajdar” (“Morguzar ota”), Jizzax ikkrida
“Xujagoziyon”, “Boboyakka”, “Xujamozor” va boshqa ko’plab manzillari borki,
ularni ham o’rganish, ilmiy tadqiq etish orqali viloyatda
turizmni rivojlantirish
imkoniyatlarini kengaytirish mumkin.
3.2. VILOYATNING REKREATSIYA-EKOTURISTIK RESURSLARI
VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Jizzax viloyatining tabiati o’ziga xos landshaftlarga ega bo’lib rekreatsiya
faoliyati va ekologik turizmni rivojlantirishga katta imkoniyat tug’diradi. Viloyat
geografik jihatdan Turkiston tog’ tizmasining shimoliy yon bag’ri, tog’ oldi
tekistliklarini O’zbekiston respublikasining Qozoqiston respublikasi bilan bo’lgan
chegaralarida joylashgan. Relefi tog’, tog’ oldi adir hududlari va dasht va shimolda
qumli cho’l maydonlaridan iborat. Yer yuzasi relefi tuzilishi jihatlaridan quyidagi
ekoturistik rayonlarga bo’linishi mumkin:
I. Turkiston tog’ yonbag’rlaridagi archazor o’rmonlar ekoturistik rayoni.
1.1. Zomin milliy parki.
1.2. Zomin tog’ o’rmon davlat qo’riqxonasi.
1.3. Zomin tog’lari ekologik landshaftlari.
1.4. Baxmal tog’lari landshaftlari.
II. Molguzar tog’ tizmalaridagi siyrak archazor o’rmonlari bog’liq tabiiy
landshaftlar ekoturistik rayoni.
III. Nurota tog’larining shimoliy-g’arbiy qismidagi tog’ o’rmonlari, yon
tokzorlar, tabiat landshaftlari bilan bog’liq ekoturistik rayon.
3.1. “Nurota” davlat qo’riqxonasi.
3.2. Forish tog’lari tabiat landshaftlari.
3.3. Qo’ytosh tog’laridan tosh haykallar va tog’
qoytoshlaridagi qadimiy
rasmlar.
IV. Mirzacho’l botig’i va tekisliklar qisman shimoldagi qumli cho’l ekoturistik
rayoni.
56
V. Suv havzalari ekoturistik rayoni.
5.1. Sangzor daryosi suv havzasi
5.2. Zominsuv daryosi suv havzasi
5.3. Arnasoy ko’li havzasi
5.4. Aydarko’l havzasi
5.5. Jizzax suv ombori
5.6. Arnasoy davlat zakazniki (uchib kelib ketuvchi qushlarni muhofaza
qiladi)
Keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki Jizzax viloyati hududlarida
respublikamizning barcha tabiiy geografik mintaqalaridan o’ziga
xos burchaklari
yoki maydonlari bor. Viloyatdagi tabiat landshaftlar hozirgacha ekoturistik
maqsadlarda o’rganilmagan, shuning uchun ham yuqorida keltirilgan ekoturistik
rayonlar shartli bo’linish hisoblanadi.
Endi biz xalqaro ekoturizm bozoridagi ekoturistik
talablarni va ekoturistik
mahsulotlar, ekoturistik xizmatlarga bo’lgan talablarni e’tiborga olsak viloyatdagi
ekoturistik resurslar quyidagicha ta’riflanishi mumkin:
I.Viloyatdagi davlat tabiat qo’riqxonalari va davlat tabiat buyurtmalari
ekoturistik resurs sifatida.
1.1. “Zomin” milliy parki.
1.2. “Zomin” tog’ o’rmon davlat qo’riqxonasi.
1.3. “Nurota” davlat qo’riqxonasi.
1.4. “Arnasoy” davlat zakazniki.
Do'stlaringiz bilan baham: