Zomin milliy parki
. 3omin milliy - Zomin tog’ o’rmon mintaqasida qishgi
sport turlari markazi, sog’lomlashtirish sport majmuasi tarzida 1976 yilda tashkil
etilgan. 1978 yilda «O’zbekiston xalq bog’i» nomi berilgan. Tarkibiga Zomin
o’rmon xo’jaligining Zomin uchastkasi, O’rmon xo’jaligining Ko’lsoy tayanch
punkti, Zomin tog’-o’rmon davlat qo’riqxonasi kirgan. Umumiy maydoni 24,1
ming ga (2002).
Zomin milliy parki Zomin tumanida, asosan, Turkiston tog’,
qisman
Molguzar tog’ning 1000-4030 m gacha bo’lgan balandliklarida joylashgan. Uning
geomorfologik landshafti har xil bo’lib, tabiiy sharoitlari tog’
balandlik poyaslariga
bog’liq hududining geologik tuzilishida eng yuqori tabaqani har xil paleozoy
(slanets, ohak, qum-toshlar) yotqiziqlari tashkil qiladi. Paleogen va neogen
58
yotqizkilari ham keng rivojlangan. Ayniqsa kengligi 500 m va chuqurligi 450 m
teng bo’lgan Cho’rtanga jarligidagi sharshara, Supa tekisligi turistik jihatdan katta
e’tiborga ega.
Bu bog’
hududida asosan Sangzor va Zominsuv daryosi havzalari joylashgan.
Umuman bog’ning gidrografik tarmoqlari unchalik qalin emas. Xalk bog’ning
umumiy iqlimi kontinental va qurg’okchil. Bog’
hududida Sangzor —1307 m,
Ko’lsoy - 2100 m, Guralash - 2260 m va SHahriston - 3200 m meteorologik
styalari joylashgan. Tog’ oldi yerlarida yillik yog’in miqdori 353 mm, baland
tog’larda 348 mm, o’rta tog’larda esa 405 mm ga teng, ularning 50—60 bahor
fasliga to’g’ri keladi. Havoning yillik o’rtacha nisbiy namligi 30-35% tashkil qiladi,
o’rtacha yillik Harorat ko’rsatkichi 21.7° - 26,3° ga teng. Ko’lsoy Shoxiston
punktlarida iyun oyining o’rtacha harorati 21,9°- 9,9° ga teng.
Bog’da tuk, kulrang, och jigarrang, archa o’rmonzor tuproqlari, yuqori tog’
yaytov. utloqi-botqoqi, o’tloqi tuproqlar turlari uchraydi. O’simliklar dunyosi
dasht, archa o’rmonzorlari, tog’
kserofitlari va subalt poyaslaridan iborat.
Archazorlar bog’
maydonining 55% tashkil qilib, 2000-3000 m balandliklarda
joylashgan. Bu yerda archaning zarafshon (qora archa), sovur archa va turkiston
archalari turlari tarqalgan. Bog’
mintaqalarida 400 yoshli va undan katta archalarni
uchratish mumkin. Ayniqsa bog’
hududida dorivor o’simliklarning 30 dan ortik,
turi, lolalarning ko’pligi, mevali butalarning keng tarqalishi e’tiborga sazovor.
Umumiy o’simliklar turlari soni 100 dan ortiq bog’da daraxtlarning 8, butalarning
15 va o’t - o’lanlarning 220 dan ko’proq turlari uchraydi.
Hayvonot dunyosi bog’ning landshaftiga qarab moslashgan, ammo ularning
tarqalishida alohida chegara yo’q, Pastki tog’ landshaftlarida (400-2000 m) tulki,
quyon, cho’l bo’risi, bursik, o’rta tog’
landshaftlarida oq tirnoqli ayik, yovvoyi
to’ng’iz, tulki, quyon, bo’ri, baland bog’-
rog’larda ayik, to’ng’iz, o’rta osiyo tog’
echkisi, Severtsev ko’yi, oq, suvsar, silovsin; uy sichqoni, o’rmon sichqoni,
archazor sichqoni, olmaxon; qushlardan chug’urchuq, burgut, mayna, sava ko’k
karg’a, zag’izg’on, sariq, chumchuq, bul-bul, chug’urchuk, burgut, ular, kirg’iy,
o’kki, sava, loyxo’rak, kabo’tar bor. Zominsuv va Sangzor irmoqlari bo’lgan
59
soylarda marinka va shoh, baliqlar suv; ilonlardan sariq ilon, suv iloni, chipor ilon,
qalqon tumshuq, ilon, turkiston atamasi va suv baqalari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |