5 Tadqiqot predmeti va ob’ekti; Andijon davlat universiteti qoshidagi 4- sonli akademik litseyda tahsil oluvchi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘rganilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida 50 dan ortiq o‘quvchilar jalb etilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarida litseyda tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etishda jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy faolityalarining xususiyatlari o‘rganilgan.
Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili: bitiruv malakaviy ishida ilmiy tadqiqotning adabiyotlar tahlili, pedagogik nazorat, eksperiment, natijalarini matematik statistik tahlil etish, tibbiy-biologik hamda psixologik nazorat uslublaridan keng foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishini yozishda mamlakatimiz va horijning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarining jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan tajriba va malakalari hamda INTERNET materiallari o‘rganildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi; bitiruv malakaviy ishi natijalariga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish keng o‘rin tutadi.
Tadqiqotning amaliy axamiyati: bitiruv malakaviy ishi xulosalariga ko‘ra jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda murabbiylar kasbiy faoliyatlarini takomillashtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga bu jarayonni samaradorligini orttirishda o‘quv soatlari hamda mustaqil ta’lim jarayonlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq.
I BOB. JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI TARIXI
l.1. “Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi” faniga
Qadimgi davrda jismoniy tarbiya Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining bir qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va taraqqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi bo‘lib, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlaming muhim qismini o‘zda mujassamlashtiradi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida uning vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiy otining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Uning vazifasi turli tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilaming sport sohasidagi faoliyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi to'rtta asosiy davrlarga bo‘linadi: 4» Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (miloddan aw al VIII mingyillik - milodiy IV asr). «4» 0 ‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar). 41 Yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII - XIX asr oxiri). Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari - hozirgi kungacha). Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanini o‘rganish manbalariga: > qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar; >jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar; > jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, bakitoblar, kino, foto, fonomateriallar; >turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari); >jismoniy tarbiya va sportga doir hukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy hujjatlari kiradi. 0 ‘zbekiston Respulikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘- risida»gi qonuni, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, jismoniy tarbiya va sportga oid Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ushbu fanni o'rganishda eng asosiy manbalar hisoblanadi. «Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniy taraqqiyot natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab berilgan g‘oyalarga tayanadi. Ulami jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o‘ziga metodologik asos qilib olgan. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining maqsadi - talabalarda jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlanish qonuniyatlari, g‘oyalari, tizimlari, asosiy shakllari, usullari va vositalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy bilimlami shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari - talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya usullari, shakllari, vositalari, sport sohasida erishilgan yutuqlar va eng ilg‘or tajribalardan foydalanishni hamda 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixini o‘rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o'rganish va uning rivojlanish yo‘llarini aniqlashdir. Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining eng muhim vazifasi - bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini yuksak g'oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir. ' »• U riff. Mamlakatimizda barkamol avlodning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini ta’minlashda jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslarini o‘rganish muhim vazifalar qatoriga kiradi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fani o‘quv rejastg . kiritilgan pedagogika, 0 ‘zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiybiologik fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati fanlari bilan uzviy aloqada o‘qitiladi. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi ijtimoiy fandir. Bu fan jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir hodisalarga davr talabi usosida yondashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining xilma-xil shakli, uslub va vositalarini turli bosqichlarda ochib beradi, ilg‘or fikr va qarashlar, amaliy tajribalar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Jahon miqyosidagi va 0 ‘zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari nazariyasi va uslubiyati, pedagogika tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilmoqda va rivojlanmoqda. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanini o'rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, A,K.Akramov, HA.Botirov, J. E.Eshnazarov va boshqalaming dars- lik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ulaming asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo‘llarini o‘rganish mumkin. Sobiq Ittifoq davrida R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1969) « 0 ‘zbekistonda fizkultura tarixi» o‘quv qoilanmasini yaratgan. Unda qadimgi Markaziy Osiyo, jumladan, 0 ‘zbekiston hududida yashagan qadimgi ajdodlarimiz jismoniy tarbiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach yaratilgan ilk o‘quv qo‘llanmalardan biri X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramovlar tomonidan yozilgan (1997) «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» o‘quv qo‘llanmasi hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada ajdodlarimiz jismoniy madaniyati tarixi qisqa va umumiy tarzda yoritilgan. RAbdumalikov, J.E.Eshnazarov «Ajdodlar jismoniy madaniyati tarixini o‘rganish masalalari» (1993) o‘quv qo‘llanmasida esa fanning ayrim mavzulari yoritilgan. J.E.Eshnazarovning «Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish» (2008) darsligida jismoniy tarbiya tarixi hamda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanlarining asoslari mujassam ravishda ilk bor keng va atroflicha bayon etilgan. E. Emazarovning “Olimpiada - jahon sporti bayrami” (2008) nomli ilmiy-ommabop kitobida xalqaro olimpiya harakati va 0 ‘zbekistonda zamonaviy sportning rivojlanish tarixiga doir ma’lumotlar olimpiya muzeyidagi ashyoviy dalillar asosida keng yoritilgan. 0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi fanining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o‘rganish maqsadida ishlangan o‘quv darslik deyarli yo‘q. Mazkur darslik mazmunida Djon Xom, Buyuk Britaniyadagi Lankashir Markaziy universitetining sport va sotsiologiya fakulteti professori va Garri Wennel, Buyuk Britaniyadagi Bedfordshird Ommaviy axborot vositalari fakulteti professori tomonidan yozilgan “Olimpiya o‘yinlari konsepsiyasi” kitobidan barcha mavzularga oid ma’lumotlar olingan. “Olimpiya o'yinlari konsepsiyasi barcha masalalarga Olimpiya o ‘yinlarining to'liq ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy kontekstini tadqiqot qilish yo'li orqali javob beradi. Bu jarayon Olimpiya harakati tarixi, uni Yunonistonda yuzaga kelishi davridan boshlab, uni о ‘n to ‘qqizinchi asrda yangitdan, juda ulkan tadbir sifatida qayta tiklanishi orqali kuzatiladi. “Olimpiya о ‘yinlari konsepsiyasi’’ kitobi o'quvchini Olimpiya о ‘yinlarini zamonaviy tadqiq qilishdagi barcha asosiy, jumladan quyidagi mavzular: Olimpiya о 'yinlari va siyosat, milliy xarakter va internatsionalizm; soddaligi va adolatligi; tantanaliligi va tomoshabinligi bilan; shahardagi rivojlanishi, siyosiy tejamkorligi; tijorat jarayonlari; Olimpiya 0 ‘yinlari va ommaviy axborot vositalari; Olimpiya о 'yinlarining xarakterli xususiyatlari bilan tanishtiradi. Ushbu kitob axborot berish uchun yozilgan bo ‘lib, Olimpiya о ‘yinlariga qiziqqanlar uchun yoki sport va jamiyat о ‘rtasidagi о ‘zaro harakatlarni о ‘rganish uchun juda muhim mutoala hisoblanadi”1. Qadimgi davrda jismoniy tarbiya Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi qadimgi davrda jismoniy tarbiyaning vujudga kelish xususiyatlarini o'rganishdan boshlanadi. Qadimgi dunyo jismoniy tarbiyasi deganda, insoniyat bosib o'tgan ikki tarixiy-ijtimoiy davr - ibtidoiy jamoa tuzumi va quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyasi tushuniladi. Insoniyatning eng qadimgi davr tarixi 3-3,5 million yil awal boshlanib, milodiy IV asrgacha davom etgan. Olimlaming ma’lumotlariga ko‘ra, odamzod dastlab Afrika, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda paydo bo'lgan. Keyinroq esa Osiyo va Yevropaning boshqa hududlariga kirib borgan. 0 ‘rta Osiyoda ham eng qadimgi odamlaming yashashlari uchun qulay sharoitlar mavjud bo'lgan. Ilk davrlarda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar va turli tabiiy ofatlardan saqlanish uchun harakat qilganlar. Inson uchun kerakli hayotiy malaka va ko‘nikn\alar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ulaming bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilingan. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan o'rgangan hamda ularga taqlid qilib rivojlantirgan. Qadimgi davrda odamlar mehnatining asosini ovchilik va termachilik tashkil etgan. Bu davrda odamlar yirik hayvonlami - mamont, ulkan ayiq, bizon, zubr, yowoyi ot, buqa kabi hayvonlami ovlaganlar. Yirik hayvonlami ovlash juda qiyin bo‘lgan, shuning uchun bu davrda jamoa bo'lib ovchilikning turli usullaridan foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |