Ishning maqsad va vazifalari:
Kurs ishining maqsadi shundan iboratki inson hayotiy muhitni optimallashtirish tabiat hamkorligini oqilona tashkil etish tamoyilini amaliyotga tadbiq etishga doir asosiy yo‘nalishlardan biridir. Atrof muhitni optimallashtirish vazifalarini tabiatni maqsadli yo‘nalishda o‘zgartirish hamda insoning tabiatga ta’sirini cheklash va tartibga solish tashkil etadi. Optimallashtirishning har ikkala vazifasi tabiatdan oqilona foydalanish jarayonida muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida insonning tabiiy muhitga ta’siri tobora kuchayib borayotganligi tufayli uning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun xavfli ekologik vaziyatlar vujudga kelmoqda. Shu sababali jamiyat oldida nafaqat tabiiy resurlardan katta miqdorda foydalanish, balki fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda atrof tabiiy muhitni himoya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni muntazam va uzluksiz bo‘lishini ta’minlash vazifalari ham turibdi. Endilikda atrof-muhit sifatini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimini belgilashga o‘tilmoqda. Atrof-muhit sifati esa jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini hamda tabiat va insonning ekologik himoyasi talablarini mutanosib holda tartibga solish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Barqaror rivojlanish ekologik, iqtisodiy, sotsial va texnik masalalarni qamrab olganligi uchun bu ko‘p qirrali muammolar bilan qaysi fanlar shug‘ullanishi, u qanday qonuniyatlar asosida o‘rganilishi va qaysi o‘lchamdagi hududlar doirasida tadqiqotlar olib borish masalalari ham aniq emas. Ba’zi geograflar (Glazovskiy, 2002; Sdasyuk, 2002 va b.) barqaror rivojlanishni global, regional va mahalliy hududlarda o‘rganish zarur, deb yozadi. Tabiiy muhitni optimallashtirish uch bosqichdan iborat bo‘lishligi ta‘kidlanadi: a) geotizimlar tabiatini atroflichi tahlil asosida o‘rganish; b) insonning ta‘sir darajasi va geotizimlar reaktsiyasi; v) geotizimlarni yaxshilash bo‘yicha konstruktiv taklif va tavsiyalar berish.
Tabiiy muhitni optmallashtirishni geosistemalar doirasida bajaralishi A.A. Rafiqov, A. Abdulqosimov, L. Alibekov, S.SH. Zokirov va boshqalar ma‘qullashadi. Darhaqiqat, geosistemalar tabiat hosilalari bo‘lib, ularda komponentlarning bir – birlariga bog‘liqligi, aloqadorligi uyg‘unlashgan. Har bir geosistema o‘zlarining ichki tuzilishiga ko‘ra ma‘lum chidamlilikka va reaktsiyaga ega. Shu sababli ham bir xil antropogen ta‘sir turli geosistemalarda turlicha aks sado beradi va nihoyat, optimallashtirish tadbirlari ma‘lum chegaralari bo‘lgan aniq hududlarda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |