Mundarija Kirish I bob. Innovatsiya va innovatsion rivojlanish nazariyasi innovatsiya tushunchasi va innovatsion siyosatning mohiyati Xulosa 9 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 10 Kirish


I BOB.INNOVATSIYA VA INNOVATSION RIVOJLANISH NAZARIYASI



Download 26,75 Kb.
bet4/6
Sana14.04.2022
Hajmi26,75 Kb.
#550981
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kirish xulosa

I BOB.INNOVATSIYA VA INNOVATSION RIVOJLANISH NAZARIYASI
1 .1.Innovatsiya tushunchasi va innovatsion siyosatning mohiyati
2008-yilda boshlangan va hozirgacha davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiyotning deyarli barcha sohalariga sezilarli zarar yetkazdi. Inqiroz boshlangan ilk paytda barchamiz uchun uning kelib chiqish sabablari, oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish dolzarb masala bo’lgan bo’lsa, hozirga kelib uning salbiy oqibatlari natijasida gravitatsiya markazi birmuncha o’zgargan jahon iqtisodiyotining kelajakdagi rivojlanish tendensiyalari ustuvor masalaga aylanmoqda. Aynan shu masalalar qatoriga innovatsion rivojlanish, inson omilining kuchayishi, “aqilli iqtisodiyot”, yangi moliyaviy tizim, diversifikatsiyalashgan va modernizatsiyalashgan ko’pqirrali iqtisodiyot va shu kabi bir nechta barchamiz uchun qiziqarli va aktual yo’nalishlarni kiritishimiz mumkin. Ushbu yo’nalishlarning asosiylaridan biri hisoblangan innovatsion rivojlanish ushbu ishimizning bosh mavzusidir. Hozir ushbu mavzuga bevosita to’xtalib o’tish bilan birga uning nazariy asoslarini ham yoritishga harakat qilamiz.
Innovatsion rivojlanish – bu rivojlanishning yangi texnologiyalar va usullarga asoslangan ko’rinishi bo’lib, ilm-fan rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir. Xususan, fan-texnika inqiloblari natijasida yuzaga keladigan innovatsion o’sish aynan iqtisodiyotning o’sishini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi.
Fan-texnika inqilobi – bu XX asrning o’rtalarida yuz bergan ishlab chiqarishning sifat va texnologiya jihatidan tubdan o’zgarishidir. Bunda ilm-fan ishlab chiqarishda asosiy faktorga aylanadi. Ushbu atama asosan, industrial va postindustrial jamiyatlarga xos bo’lib, ishlab chiqarishning texnologik asoslari tubdan o’zgarishi bilan xarakterlanadi.

Xulosa


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, innovatsion texnologiyalar bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili bo`lib xizmat qilmoqda. Chunki mavjud resurslardan to`laqonli foydalanayotgan mamlakatlar o`zining ishlab chiqarish hajmini yangi innovatsiyalar kiritish, modernizatsiya qilish orqali yuqori darajalarga ko`tarmoqda. Har bir davlat o’ziga xos innovatsion rivojlanish yo’liga va tajribasiga ega. Davlatlar innovatsiyalarni dastavval, ishlab chiqarish sohalariga, keyinchalik boshqa sohalarga olib kiradilar. Innovatsiyalarni ishlab chiqarish sohasiga olib kirilishi mahsulotlarning miqdor va sifat jihatidan takomillashishiga olib keladi. Hozirgi kunda nafaqat bizning davlatimiz, balki jahonning boshqa mamlakatlari ham iqtisodiyotini har bir sohasiga innovatsiyalar olib kirishga urinmoqda. Bu harakatlar tezda samara berib, davlatning milliy iqtisodiyotini, eksport va import hajmini, aholi turmush darajasini oshishiga olib kelmoqda. Innovatsion texnologiyalarning bunday katta miqdorda jalb qilinishi davlat iqtisodiyoti uchun ichki va tashqi jihatdan foydalidir. Birinchidan, innovatsiyalarni davlat avvalo sanoat, keyin boshqa sohalariga joriy etadi va iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Ikkinchidan, ular yordamida ishlab chiqarilgan tovar va mahsulotlarni chet davlatlarga eksport qilish orqali tashqi savdo balansini ko`taradi. Shuning uchun ko`p davlatlar innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarilishini rag`batlantirib, texnoparklar va ilmiy tadqiqot markazlari tashkil qilishga harakat qilishadi. Bu esa o`z navbatida quyidagi omillarni talab qiladi: Investitsiya omili (innovatsion investitsiya, qiziqish bildirgan tomon investitsiyasi), xaridor omili, transport omili, davlat yordami, inson omili, geografik omil kabilar. Misol qilib AQSH davlatidagi Silikon vodiysini olishimiz mumkin. Bu texnoparkka minglab olimlar yig`ilgan bo`lib, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. AQSHning Intel, Apple Inc. va boshqa innovatsiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari shu yerda joylashgan va davlatning YaIM da katta ulushni tashkil qiladi.
Qator mamlakatlarning innovatsion tizimlarini tahlil qilish asosida shuni xulosani qilishimiz mumkinki, zamonaviy shart-sharoitlarda milliy innovatsion tizimni yaratmasdan va uni uzluksiz mukammallashtirib bormasdan jahon bozorining yetakchi o’yinchilari bilan muvaffaqiyatli raqobat olib borish mumkin emas. Ko’pchilik milliy innovatsion tizim modellarida davlat asosiy rolni o’ynaydi.
Milliy innovatsion sistemani muvaffaqiyatli amalga oshiruvchi omillar quyidagilar:

  1. Davlatning aniq maqsad va vazifalarga asoslangan ketma-ket va uzoq muddatli innovatsion siyasati;

  2. Innovatsion siyosatni amalga oshirishda va innovatsion iqtisodiyotni qurishda mavjud bo’lgan potensialdan ratsional foydalanish;

  3. Xususiy, tadqiqot ishlari olib boradigan va ta’lim sohasilari orasidagi hamkorlikni sistematik ravishda mustahkamlash;

  4. Innovatsion-texnologik potensial uchun muhim bo’lgan yo’nalishlarni aniqlash va maqsadli qo’llab quvvatlash;

  5. Transnatsional korporatsiyalarning investitsiyalarini aqliy jalb qilish;

  6. Davlat tomonidan qo’llab quvvatlash orqali iloji boricha ko’p innovatsion potensialga ega bo’lgan firmalarni egallash;

  7. Yaratilgan va o’zlashtirilgan innovatsion texnologiyalarning kommersializatsiya dasturini rivojlantirish;

  8. Aqliy mulk sohasida rivojlangan qonunchilikning mavjudligi;

  9. Jahon tajribasini sistematik ravishda o’rganish va eng yaxshilarini tadbiq etish;

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”, O’zbekiston n , Toshkent 2009.

  2. “Zamonaviy xalqaro munosabatlar va O’zbekiston tashqi siyosati”/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to’plami No 13, 2010-yil, may, JIDU

  3. "Newsweek", 25.06-1.07.2007.

  4. "Известия" от 17 июня 2009 с.

  5. David Waugh "Manufacturing industries (chapter 19), World development (chapter 22)". Geography, An Integrated Approach. Nelson Thornes Ltd.(3rd edition 2000). pp. 563, 576–579, 633, and 640.

  6. EU - Polen - Ungam. Bonn, EU Veriag, 1993, S. 287.

  7. IMF World Economic Outlook Database, April 2010. GDP-PPP figures of selected NIC countries for 2009.

  8. James E. McClellan III, Harold Dorn. Science and Technology in World History. Second Edition. Johns Hopkins university press, 2006. p.263

  9. Mauro F. Guillén "Multinationals, Ideology, and Organized Labor". The Limits of Convergence. Princeton University Press(2003).. pp. 126 (Table 5.1).

  10. Meredith, R The Elephant and the Dragon: The Rise of India and China and What it Means for All of Us, "W.W Norton and Company"(2008)

  11. Paweł Bożyk "Newly Industrialized Countries". Globalization and the Transformation of Foreign Economic Policy. Ashgate Publishing(2006)., Ltd. pp. 164.

  12. Z. Bonn „Europavon A“ , EU Verlag, 2007, S. 210-213.

  13. Азгальдов Г. Г., Костин А. В. Интеллектуальная собственность, инновации и квалиметрия // Экономические стратегии, 2008. — № 2(60). — С.162-164.

  14. Антюшина Н.М. Адаптация сферы НИОКР к рыночным условиям(опыт России и восточных земель ФРГ) // Общество и экономика. -1995.-№10-11.

  15. Бакош Г. Технологическая политика в Японии: уроки для стран Восточной Европы // Вопросы экономики. -1997. - №9.

  16. Бездудный Ф.Ф., Смирнова Г.А., Нечаева О.Д. Сущность понятия инновация и его классификация. - "Инновации", №2-3 (13), 1998.

  17. Белл Д. Грядущее постиндустриальное общество: Опыт социального прогнозирования. Пер. с англ. / Иноземцев В.Л. (ред. и вступ. ст.). М.: Academia, 1999.

  18. Беренс В., Хавранек П. Руководство по подготовке промышленных технико-экономических исследований: Пер. с англ. - М.: Интерэксперт, 1995.

  19. Бжилянская Л. Инновационная деятельность: тенденции развития и меры государственного регулирования //Экономист. -1996. - №3.

  20. Будкин В., Петренко 3.,Нгуен Тхи Хань. Зоны высоких технологий: мировой опыт и реалии Украины. "Экономика Украины" № 10,2005, с. 70.

  21. Бушуев В.С. “Кремниевая долина» переедет поближе к Кремлю”.2010

  22. Валдайцев СВ. Оценка бизнеса и инновации. - М.: Информационно-издательский дом "Филинъ", 1997.

  23. Гапоненко Н. Инновации и инновационная политика на этапе перехода к новому технологическому порядку // Вопросы экономики. -1997. - №9.


  24. Download 26,75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish