Mundarija Kirish I bob. Gulli o’simliklar haqida umumiy ma’lumot


Gulli o’simliklar klassifikatsiyasi



Download 34,47 Kb.
bet5/11
Sana13.11.2022
Hajmi34,47 Kb.
#865232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mundarija Kirish I bob Gulli o’simliklar haqida umumiy ma’lumot

1.2. Gulli o’simliklar klassifikatsiyasi
Magnoliyatoifalarni klassifikatsiyalashning turli taksonlar orasidagi filogenetik qimmatini olimlar turlicha talqin ctishadi va o'z sistemalarini qabila va oilalargacha yetkazishadi, xolos. Faqat A.Engleming filogenetik sistemasi (tizimi) turkumlargacha, ba’zan hatto turlargacha aniqlik bilan tuzilgan. Ayrim noaniqliklari bo'lishiga qaramasdan bu sistema hozirgacha ham o'z ilmiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Yer yuzidagi aksariyat mamlakatlardagi yirik gerbariylar, shu jumladan O 'zR FA „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazidagi Gerbariy ham Engler sistemasi asosida joylashtirilgan va u 1 million 400 mingga yaqin nusxadan iborat gerbariyni o'z ichiga oladi.
3-jadvalda bir qator muhim sistematik belgilaming filogenetik sxemasi keltirilgan (S.A. Shostakovskiy, 1971). Bunda A-primativ va qadimiy belgilar, B-murakkab va paydo bo'lishiga ko'ra nisbatan yosh belgilar.
Ammo sodda yoki murakkab, qadimiy yokipaydo bo'lishiga ko'ra yosh belgilarni ba’zan bir sistematik guruh yoki takson chegarasida, hatto bir tur doirasida ham kuzatish mumkin. Masalan, ko'pchilik Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga xos turlarning gullari aktinomorf, ammo isfarak (Delphinium) da, akonit (Aconitum) da, aksincha zigomorf; Nilufardoshlar (Nymphaeaceae) ning ayrim vakillarida tugunchasi ustki, shoxona viktoriya (Victoria regia) da esa tugunchasi ostki; Ra’nodoshlardan (Rosaceae) qulupnay (Fragaria) va maymunjon (Rubus) da tuguncha ustki, olma (Malus), nok (Pyrus), na’matak (Rosa) turkumlarida esa tuguncha ostkidir. Gavzabondoshlar (Boraginaceae) oilasining aksariyat turlarining gullari to'g'ri, ammo qiyagul (Lycopsis) da, ko'ztikan (Echium) ning gullari zigomorf va hokazo.
Bundan tashqari, ko'pchilik hollarda sodda tuzilganlik birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin va uni aniqlash ancha qiyin. Masalan, oddiy gulqo'rg'onning umuman bo'lmasligi A.Engler va R. Vettshteyn bo'yicha birlamchi belgi hisoblansa, G .G allir va A.Taxtadjyanlar uni ikkilamchi belgi deb hisoblaydilar. Anemofiliya ham xuddi shunday, R.Vettshteyn, A.Engler, N.Bush uni birlamchi hisoblasalar, G.Gallir va A.Taxtadjyanlar fikricha bu ikkilamchi holdir. Ikki jinsli gullar va bir uyli o'simliklarning paydo bo'lishini A.Engler va R.Vettshteynlar ikkilamchi deb hisoblaydilar, ammo G .G allir va A.Taxtadjyanlarning fikricha u birlamchi hisoblanadi. Gulli o'simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistcmalari orasida rus olimi akademik A .L. Taxtadjyanning sistemasi o'zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so'nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko'rsatilgan.
1. Magnoliyasimonlarning urug'lari ikki urug'pallali, Lolasimonlarniki esa bir urug'pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug'lari bir urug'pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar
(Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria) da, Navro'zguldosh (Prirnulaccac) lardan siklamcn (Ceclamcn) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan esa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug'larning ikki urug'pallali ekanligi aniqlangan. Ba’zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi eng muhim belgidir.
2. Magnoliyasimonlarda urug'pallalar lateral (ikki yon tomonda), Lolasimonlarda esa terminal, ya’ni poyachaning uchida o'rnashgan.
3. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo'g'onlashishga ega, kambiy halqasi bor va o'q ildiz sistemasi shakllanadi; Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo'ladi, kambiy halqasi yo'q, qo'shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi shakllanadi.
4. Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashuv sodir bo'ladi; Lolasimonlarda esa kambiy yo'q, poya ikkilamchi yo'g'onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylinc) larda ikkilamchi yo'g'onlashuv mavjud, u poyaning periferik qismida yangi nay-tolali tutamlar hosil bo'lishi hisobiga sodir bo'ladi. Ammo ba’zi liliyalar (Lilium), makkajo'xori (Zea mays), qo'g'alar (Tupha) va boshqalarda dastlab kambiy bo'ladi, ammo tezda uning faoliyati to'xtaydi.
Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan podofillum da (ikki urug'pallalilar) kambiy butunlay yo'q.
5. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy, murakkab bandli, o'troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun, kesilgan, bo'lakli; asosan to'rsimon va patsimon tomirli, ba’zan bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy, bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan, yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo'lakli barglarni faqat palma va aronniklardagina ko'rish mumkin. Ammo ikki urug'pallalilardan Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) va Zupturumdoshlar (Plantaginaceae) ning barglari ensiz, qinli, parallel yoki to'rsimon tomirlangan.
6. Magnoliyasimonlarning gul qismlari asosan 5 tadan, qisman 4 tadan, ya’ni 4—5 doirali, changchilari ba’zan 2—3 doira hosil qilib o'rnashadi, umumiy gul formulasi: Ck5 Ct5 CH5+5 U(5). Lolasimonlarda esa gullari 4 doirali va 3 a’zoli, umumiy gul formulasi: Ck0 Ct3 CH3 U(3). Har bir oila va turkum doirasida gul qismlarining soni, doiralari soni qisman o'zgarishi mumkin. Masalan, Magnoliyasimonlardan zirklarda (Berberis), lavrda (Laurus) gul qismlari har doirada uchtadan; Lolasimonlardan qarg'ako'z (Paris), rdest (Potamogeton) da esa gul qismlari 4 tadan.
7. Nihoyat bu ikkala ajdod vakillari changlarining hosil bo'lishi va joylashuv tartibiga ko'ra ham farq qiladi. Ikkala ajdod ajdod belgilarini taqqoslash, ularni ajratish uchun ayrim olingan bir belgi emas, balki belgilar majmualaridan foydalanish va ularga asoslanish lozimligini ko'rsatadi. Ayrim darsliklarning mualliflari (Kuznetsov, Bush, Lotsi) bir urug'pallalilar (Lolasimonlar)ni mustaqil sinf deb qaramaydi va bu o'simliklarning oilalarini ikki urug'pallali (magnoliyasimon) lar sistemasining turli qismlariga joylashtiradilar. Ammo bu tabiiy haqiqatni unchalik aks ettirmaydi, chunki bir urug'pallalilar o'ziga xos guruh bo'lib, ikki urug'pallalilardan ko'p jihatdan farq qiladi.
Magnoliyatoifalarni magnoliyasimonlar va lolasimonlar ajdodlariga ajratish eng yangi sistemalarda ham qabul qilingan va asosli deb hisoblangan (V.Simmctman, A.Taxtadjyan). Um um an olganda, magnoliyasimonlar va lolasimonlarni o'zaro farq qiladigan eng muhim belgi urug'pallalarining sonidir. Hozirgi vaqtda bir urug'pallalilarning kelib chiqishi to'g'risida 4 xil nazariya mavjud.
1. Bir urug'pallalilardan ikkita urug'pallaning birlashib o'sishidan bitta urug'palla hosil bo'lgan.
2. Urug'pallalardan biri cndospcrmdan oziq moddalarni so'rib oladigan organga (bug'doydoshlar urug'ida) aylangan, ikkinchisi esa reduksiyalangan (bug'doydoshlar urug'idagi cpiblast).
3. Urug'pallalardan biri endospcrmdan oziq moddalarni so'rib oluvchi organga, ikkinchisi tuproq yuzasiga chiqib, dastlabki yashil bargga aylangan.
4. Urug'pallaning poya uchida terminal joylashuvi va uchki kurtakning yon tomonida hosil bo'lishiga ko'ra ayrim olimlar ikkinchi urug'palla umuman bo'lmagan deb hisoblaydilar. Ammo A.Taxtadjyan buni mutatsion jarayonda paydo bo'lib, irsiy mustahkamlanish natijasida kelib chiqqan deb tushuntiradi.
Bu nazariyalarning birontasi ham to'liq isbotlangan emas, balki ikkinchi yoki to'rtinchi nuqtayi nazar haqiqatga yaqinroqdir. Bir urug'pallalik va ikki urug'pallalikni sistematik belgi sifatida dastlab Jon Rey (XVIII asr) qabul qilgan va keyinchalik A.Braun o'zining tabiiy sistemasida, R.Varming, A.Engler, R.Vettshteyn, I.Gorojankin, M.Golenkin va A.Taxtadjyanlar Magnoliyatoifalarni bir urug'pallalilar (Lolasimonlar) va ikki urug'pallalilar (Magnoliyasimonlar) ajdodlariga bo'lishgan.
Uzoq yillar davomida oliy maktablarda o'qitilayotgan P.M.Jukovskiy, M.V.Kultiasov, M.Golenkin, B.M.Kozo-Polyanskiy, L.I.Kursanov va boshqalar, S.A. Shostakovskiy, S.S.Sahobiddinovlarning „Botanika" darsliklarida ham gulli o'simliklar bo'limi ikki urug'pallalilar va bir urug'pallalilar sinflariga bo'lib ta’riflangan.
Hozirgi vaqtda ko'pchilik sistematiklar ikki urug‘pallalilami birlamchi hisoblashib, bir urug'pallalilarni ularning ayrim qabilalaridan (Polycarpicac) kelib chiqqan deya fikr yuritishadi (R.Vettshteyn, A.Taxtadjyan). A.Engler esa ikkala ajdod parallel rivojlangan deb hisoblasa-da, o'z sistcmasida bir urug'pallalilarni ikki urug'pallalilardan oldin joylashtirgan. A.Engler, R.Vettshteynlar bir urug'pallalilarni monofiletik guruh deb hisoblashsa, G .G allir va N.Kuznetsovlar polifiletik guruh deb tan olishadi.
So'nggi ma’lumotlarga qaraganda, hozir Yer yuzida magnoliyatoifalarning 2 ta ajdod, 533 oila va 13000 turkumga mansub 250000 taga yaqin turlari mavjud.

Download 34,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish