Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………………………..2
I bob. Gulli o’simliklar haqida umumiy ma’lumot…….…………....6
1.1 Yopiq urug’lilar yoki gulli o’simliklar bo’limi………………………...6
1.2 Gulli o’simliklar klassifikatsiyasi……………………………….14
II bob. Tolnamolar qabilasiga mansub turkum va turlarning ta’rifi…………………………………………………………………….…………………….16
2..1 Tolnamolar qabilasi………………………………………………….………..16
2.2 Toldoshlar oilasi va turkumi…………………………………………………………………18
2.3 Tol turkumiga mansub o’simliklar haqida…………………………..21
Xulosa………………………………………………………………….….…….…………….26
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….…………………..……...27
Kirish
O’simliklar insonlar hayotida va tabiatda juda katta amaliy ahamiyatga ega. Sababi, o’simliklar dunyosi suv, tuproq, atmosfera, hayvon va inson siklida muhim element bo’lib xizmat qiladi. Botaniklar va o’simlikshunoslar oldida turgan eng muxim vazifalar – sayyoramizning tez ko’payib borayotgan axolisini oziqlantirish.O’simliklarni o’rganish bilan esa botanika fani shug’ullanadi.
Botanika (yunoncha- botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — o’simliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi.
Botanika bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, fiziologiya, ekologiya, o’simliklar xom ashyosi, biokimyo, o’simliklar geografiyasi, dendrologiya, palinologiya kabi tarmoqlarga boʻlinadi.
Botanika suvoʻtlar, yoʻsinlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻli oʻsimliklar, zamburugʻlar va lishayniklar deb ataladigan boʻlimlardan iborat.
Botanika boshqa biologiya fanlari kabi kuzatish, tarixiy taqqoslash va tajriba usullaridan foydalanadi. Bu usullar kolleksiyalar yigʻish va tuzishdan, tabiatda va tajriba maydonlarida kuzatish va tajribalar oʻtkazish, olingan maʼlumotlarni matematik usulda ishlab chiqishdan iborat. Botanika. klassik botanika. metodlari bilan bir qatorda zamonaviy kimyo, fizika, kibernetika va boshqa fanlarning metodlaridan ham foydalanadi.
Har qanday fan singari botanika fani ham jamiyatni rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlangan
Yer sharida o`simlik turlari shunchlik ko`pki, ulardan hozirgacha faqat 500 mingdan ortiqrog`igina fanga ma`lum.
O`simliklarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi belgilarning o`xshashlik darajasiga qarab o`simliklar dunyosini ma`lum tartibga – sistema (tizim)ga solish o`simliklar sistematikasi deb ataladi.
O`simliklar sitimatikasi botanika fanining asosiy qismi bo`lib, unda o`simliklar kelib chiqishi, o`xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruhlarga – sistematik birliklarga bo`linadi.
O`simliklar sistematikasidagi taksonomik birliklarning asosiylari bo’lim,ajdod qabila,oila,turkum va tur bo’lib har bir o’simlik turi shu taksonomik birlikka mansub. O`simliklar olamining eng kichik va asosiy taksonomik birligi turdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |