Terak (Populus )Toldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 100 dan ortiq turi bor, turi bor. 30 ga yaqin turi Yevrosiyo, Shiyozishdanmoliy Amerika va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Aksariyati barg oldin, baʼzilari barg yozgandan keyin gullaydi. Urugʻi koʻsakcha, shamol va suv yordamida tarqaladi. Nam tuproqda tez unib chiqadi. Faqat anemofil daraxtlar bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Barglari uzun bandli, oddiy, butun. Barglari ketma-ket, barg plastinkasi yaxlit yoki kemtikli, nashtarsimon. Barg chiqarguncha gullaydi, to’pguli kuchala. Kuchalasi silindrsimon, boshoqsimon to’pgul. Gulqo’rg’oni oddiy kosachasimon. Mevasi 3-4 uyali ko’sakcha. Urug’lari ipaksimon tukchali. Teraklarning 110 dan ziyodroq turlari bor,shundan O’zbekistonda 8 tur yovvoyi teraklar tarqalgan, turi esa madaniy holda o’stiriladi. Aksariyat hollarda soy, daryo bo’ylarida, to’qayzorlarda o’sadi.
Gullari bir jinsli bolib, ko‘pincha kuchala yoki boshoqsimon, shingilsimon to‘pgullarga birlashgan.
Gulqo‘rg‘oni reduktsiyalangan, teraklarda duksimon yoki bokalsimon bo‘ladi. Erkak gulida changchilari ko‘p, urg‘ochi gulida 2 ta meva bargdan hosil bo‘lgan bitta urug‘chisi bo‘ladi. Tugunchasi ustki, ko‘p urug'kurtakli. Mevasi ikki pallaga ajraladigan ko‘sakdir.
Yopishqoq smola chiqaruvchi tukli kurtaklari xarakterli.Gul oldi barglari nishli,tojsimon gulqo’rg’onli.Shamol yordamida changlanadi.
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon bo’yi to’qayzor o’rmonlarining tarkibida dominantlar sifatida har xil bargli terak, turang’il(P.diversifolia) ni ko’proq uchratish mumkin.Bulardan tashqari, ko’k terak (P.Bachofenii),qora terak, mirza terak(P.nigra) kabi turlar ham uchraydi
Terakning O’rta Osiyoda tarqalgan asosiy turlari oq terak (Populus alba), mirza terak (Populus nigra), ko’k terak (populus bachofeni), turanga (Populus pruinosa) hisoblanadi.
Teraklar namsevar o’simliklar bo’lganligi uchun tog’liklarda,o’rmon va to’qaylarda yaxshi o’sadi.
O’zbekistonda terakning ko’kyaproqli yoki zangori bargli terak (Populus pruinosa Schrenk),furot terak (Populus Eupharitica Olid), mirzaterak (populus nigra), afg’on terak (Populus afghanica), oq terak(Populus alba),Baxofen teragi(Populus bachofenu Wierzeb) turlari o’sadi. Mirzaterak, oqterak, ko’kterak turlari ko’p ekiladi. Teraklarning ba’zi turlari bo’yi 30-45m (ba’zan 60m) gacha, diametri 1,5 (ayrim daraxtlarniki 3 m) gacha yetadi. Teraklar tanasi tik, shox-shabbasi tuxumsimon, piramidasimon, ovalsimon bo’ladi.
Teraklar issiqsevar, yorug’sevar, sovuqqa bardoshli (masalan mirzaterak) o’simliklar hisoblanadi. Sernam va unumdor tuproqda tez yetiladi,lekin ba’zilari so’rxok tuproqni xush ko’rmaydi. Terak qisqa umrli(25-30 yoshgacha yaxshi rivojlanadi) daraxt, lekin 150-200 yil umr ko’radigan turlari ham (mirzaterak va oqterakning ayrim turlari) mavjud.
Tol va teraklar O’zbekistonda qurilishda hamda yo’qilg’i sifatida va ro’zg’or buyumlari yasashda ishlatiladi.
Terak yog’ochi imorat qurilishida ,yog’ochni qayta ishlashda,mebel sanoatida ishlatilishdan tashqari selluloza qog’oz sanoati uchun muhim xomashyo hisoblanadi.Terak sellulozasidan gazlama,kord tolasi tayyorlanadi.Gugurt ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.Terak asosan ihota o’rmonlar hosil qilish uchub ko’p ekiladi.Keyingi yillarda O’zbekistonda imoratbop qurilish materiallari olish maqsadida terakzor o’rmonlar tashkil qilinmoqda.Amerika va Yevropadan tez yetiladigan terak navlari keltirib ekilmoqda.
Yogʻochi imorat qurilishida, yogʻochni qayta ishlash, mebel sanoatida ishlatilishidan tashqari sellyuloza qog'oz sanoati uchun muhim xom ashyodir. Uning yogʻochi gidrolizlanib etil spirti olinadi.Terakzorlar sof va aralash holda tashkil etiladi.
Xulosa
Toldoshlar oilasi tabiatda juda muhim amaliy ahamiyatga ega.Ulardan ko’plab xom ashyolar olinadi va inson ehtiyojlari uchun foydalaniladi.Xususan toldoshlar oilasiga mansub oq tol,terak,qora tol o’simliklardan tabiiy ihota o’rmonzorlari tashkil etilishida muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 1994-yil 8-fevraldagi ,,Sanoat terakchikigini rivojlantirish va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora tadbirlar tog’risidagi’’qarori e’lon qilinib,mamlakat hududida har yili 10 ming gektar maydonda terakzorlar tashkil etish rejasi belgilangandan keyin bu sohaga,terakchilikka jiddiy e’tibor berila boshlandi.
Teraklar ildizidan bachkilab,to’nkasidan o’sib chiqib ham ko’payadi. Qulay sharoit bo’lsa va terak yetishtirish texnologiyasiga rioya etilsa, 25-30 yoshida gektaridan (O’zbekistonda hatto 15-20 yilda)yetilgan (8-10 yoshida ishga yaroqli) 500-900 m³ gacha yog’och olinadi.Teraklar joy tanlamasligi, tez o’sishi va manzarali bo’lishi sababli ihota va o’rmon muhofazasi, ko’kalamzorlashtirish ishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |