ARALIYADOSHLAR OILASI (ARALIACEAE) Bu oilaga asosan daraxt va buta, ayrim hollarda tikanli hamda ilashuvchi liana va o‘t o‘simliklari kiradi. O‘simliklarning barglari poyada ketma-ket joylashgan, ba’zan qarama-qarshi yoki halqa bo‘ylab joylashgan, oddiy, chekkasi tekis, o‘yilgan yoki murakkab bo‘lishi ham mumkin.
Gullari sariq rangli, aktinomorf, mayda, ikki yoki ayrim jinsli, besh a’zoli, ko‘pincha soyabon to‘pguliga yig‘ilgan. Kosachabarglari yaxshi rivojlanmagan, tojibarglari esa tezda to‘kilib ketadi. Urug‘chisi 1-5 tagacha mevabargli. Tuguncha ostki, ba’zan yarim ostki hamda ustki ham bo‘lishi mumkin. Mevasi rezavor yoki danakcha. Oila vakillarining ko‘p qismi asosan tropik va mo‘tadil iqlimli zonalarda joylashgan
Bu oilaning pechak (Hedera), fatsiya (Fatsia), araliya (Aralia), jenshen kabi turkumlari bor. Chin jenshen (Panax ginseng) bo‘yi 40-50 sm keladigan, uzoq yillar davomida o‘sadigan, mevasi qizil rangli dorivor o‘t o‘simlikdir. Xitoyda, Rossiyaning Dengizoldi o‘rmonlarida yovvoyi holda uchraydi. Bu oilaning vakillaridan exinopanaks (Echinopanax), yovvoyi murch eleuterokokk (Eleutherococeus) lar daraxt va buta shaklidagi o‘simliklardir.
Jenshen dorivor o‘simlik sifatida Yaponiya, Xitoy, Sobiq Ittifoq yerlarida, shuningdek Sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida, Yevropa mamlakatlarida ham ekib o‘stiriladi. Ilmiy manbalardan yaxshi ma’lumki, 1753-yilda K.Linney tomonidan jenshen turkumiga berilgan nom aslida rapassa so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi barcha kasalliklarning davosi demakdir
Qizil jenshen (Panax ginseng) ildizi tarkibidagi saponinlar immun tizimini mustahkamlaydi, xotirani yaxshilaydi, insonning aqliy faoliyatini kuchaytiradi, charchoqlik, horg‘inlikni bartaraf etadi. Shuningdek, saponin bosh miya hujayralarining sintezini ta’minlaydi, xolesterin metabolizmining yaxshilanishiga yordam beradi, jigarni himoya qiladi.
Jenshen Iste'mol Qilish Kimlarga Mumkin Emas?
Fatsiya turkumi vakillari doimo yashil, yirik, panjasimon o‘yilgan, murakkab panjasimon shaklda bo‘ladi. Gullari mayda, soyabonsimon to‘pgulga yig‘ilgan, buta yoki daraxtlardir. Bu turkumning ikki turi bor. Qog‘ozli fatsiya (Fatsia papyrifer) Xitoy va Yaponiyada ekiladi va uning poyasining o‘zagidan presslash usulida yuqori sifatli qog‘oz tayyorlanadi. Yaponiya fatsiyasi (Fatsia japonica) sovuqqa chidamli o‘simlik bo‘lib, asosan manzarali o‘simlik sifatida yetishtiriladi. Araliyadoshlar oilasiga kiruvchi Manchjuriya araliyasining ildizidan asablarni qo‘zg‘atish xususiyatiga ega bo‘lgan dorilar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |