1.14. Go‘sht qiymasidan tayyorlangan ovqatlar
Kotlet, bitochka, shnitsel. Kotlet massasidan kotlet, bitochka, shnitsellar yasaladi; shnitsel tayyorlanadigan kotlet massasiga bug‘doy unidan yopilgan non kamroq solinadi. Maxsus bitochkalar tayyorlanadigan kotlet massasi cho‘chqa va mol go‘shtidan tayyorlanadi, unga boshpiyoz yoki sarimsoq, qo’shish ham mumkin. Kotlet massasini suxariga bosib, bevosita iste’molga berishdan oldin qovuriladi, buning uchun maxsulot yog‘i 100 - 160° gacha qizdirilgan tovaga solinadi va ikki tomoni sovutilgach, qovurish shkafiga 5- 7 minut qo‘yiladi.
Kotlet va shnitsellar ustiga moy sepib, bitochka esa smetanali sardak, qizil sardak va piyozli sardak, gorchitsa yoki kornishon solingan piyozli sardak qo‘shib beriladi. Qayla uchui qovurilgan kartoshka, kartoshka-pyure, sut sardagida tayyorlangan sabzavotlar, yog‘da dimlab qaynatilgan sabzavotlar, gurunch va hokazolar ishlatiladi.[17]
Zraza. Kotlet massasi shnitsel tayyorlangandek tayyorlanadi. Lekin zrazaga bug‘doy noni kamrog’ solinadi. Qiyma jazlanma boshpiyoz, to‘g‘ralgan tuxum, suxari, petrushka ko‘kidan tayyorlaiadi: Zrazani tuxumsimon shaklda yasab, bulanadi va pshuriladi. Qovurilgan zrazaning ustiga eritilgan yog‘ sepib alohida tomat sardak, piyoz sardak berish mumkin. Zrazalar bir porsiyaga ikki donadan qilib sara bug‘doy yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki murakkab qayla bilan beriladi.
Tefteli va frikadelka. Bu mahsulot unga bulanadi va qovurilgach, tomat yoki sizil sardakka solib; 7- 10 minut dimlanadi. Tefteli porsiyasiga 3-4 donadan, frikadelka esa 6-10 donadan solib beriladi. Qayla sifatida qovurilgan kartoshka yoki guruch beriladi.
Sut sardagida qizartirib pishirilgan kotletlar. Yasalgan kotletlar bulanmaydi, yog‘ surtilgan tova yoki protivenga solib, kotletning bo‘yiga qarab chuqurcha yasaladi va shu chuqurchaga shira va oshpazlik sopchasidan quyuq sut sardagi solib to‘ldiriladi va ustiga maydalangan pishloq va moy sepib qizartirib pishiriladi. Taom turli xil qaylalar bilan beriladi. Qizil sardak taomning yoniga qo‘yiladi.
Smetanali sardakda qizartirib pishirilgan bitochka. Gargo‘sha guruch bo‘tqasiga jazlangan tomat-pyure solib, ikkitadan bitochka qo‘yiladi, ustidan tomat va piyozli smetana sardagi qo‘yiladi, maydalangan pishloq sepib qizartirib pishiriladi.
Lo‘la kabob. Qo’y go‘shti, boshpiyoz, qo’y yog‘i mayda chopiladi yoki qiymalagichdan o‘tkaziladi va tuz, murch, limon sharbati solib, 2- 3 soat qo‘yib qo‘yiladi. Shu massadan bir porsiyaga ikki donadan qilib lo‘la yasaladi va sixga o‘tkazib, laqqa ko’mlir alangasida pishiriladi. Qayla uchun ko‘k yoki boshpiyoz, bir bo‘lak limon ishlatiladi. Lavash (bexamirturush) non aloxida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |