1.12. Porsiya bo‘laklab va mayda bo‘laklab dimlangan go‘sht hamda ich mahsulotlari
Duxovkada dimlab pishirilgan mol va qo‘y go‘shti. Bu taom ikki usulda tayyorlanadi:
B i r i n ch i u s u l: go‘shtni (orqa oyog‘i va kuragining yutori qismi) bir porsiyaga ikki bo‘lakdan tilib kesib quruq sho‘rva, jazlangan tomat-pyure qo‘shiladi va bir soatga yatin dimlanadi: qovurilgan sabzavot (kartoshka, sabzi, sholg‘om, pegrushka, piyoz) qo‘shib, xammasi birgalikda yana yarim soat dimlanadi. Go‘sht yetilishidan 10- 15 minut avval quruq sho‘rvada suyultirilgan jazlangan un, lavr yaprog‘i, murch qo‘shiladi. [16]
I k k i n ch i u s u l. Go‘sht quruq sho‘rva qo‘shilgan sabzavotdan alohida dimlanadi, sabzavot esa jazlangan tomat-pyure, quruq sho‘rva, dorivor bilan birgalikda dimlanib, jazlama un qo‘shiladi.
Birinchi usulda tayyorlangan go‘sht ikkinchi usulda tayyorlangan go‘shtga nisbatan shirin bo‘ladi, lekin uni porsiyalarga ajratish qiyin.
Gulyash. Go‘shtni bir xil bo‘laklarga to‘g‘rab (20-30 g), tuz sepiladi va qovuriladi, keyin issiq quruq sho‘rva, jazlangai tomat-pyure solib yetilgunicha dimlanadi. Qupuq sho‘rvani qo‘yib olib, unda sardak tayyorlanadi. Sardakka jazlangan piyoz, murch, lavr yaprog‘i va smetana qo‘shiladi. Ana shu sardakni go‘shtga solib, yana 15- 20 minut dimlandi. Gulyashni smetanasiz ham tayyorlash mumkin. Qayla uchun pishirilgan yoki govurilgan kartoshka, manniy krupadan tayyorlangan kletski, pishirilgan makaron qo‘shib beriladi. Taomni iste’molga berayotganda ustiga ko‘katlar sepiladi.
Karam qo‘shib dimlangan cho‘chqa go‘shti, dudlangan son tushti va kolbasa. Go‘sht mahsulotlari, sabzi va petrushkani somoncha yoki «kubik» qilib to‘g‘rab qovuriladi va dimlangan karamga (karam tomat bilan dimlanadi) qo‘shib dimlanadi. Dimlash oxirida taomga quruq sho‘rvada suyultirilgan jazlama un va qand qo‘shiladi, agar karam yangi bo‘lsa, unga sirka solinadi.
Ragu. 2-sort qo‘y go‘shtini 20-30 g li qilib to‘g‘raladi: Bu maqsadda butun tana yoki yelka umurtqa qismlari, kurak va son to’shti ishlatilsa, ilik suyaklari va umurtqa suyaklari olib tashlanadi. Go‘sht qovuriladi va ustiga issiq quruq sho‘rva, jazlangan tomat-pyure qo‘shib, yarim soat dimlanadi. Quruq sho‘rvani qo‘yib olib, unga jazlama un solib qizil sardak tayyorlanadi va bu sardak yana go‘shtga solinadi. Go‘shtga butunligicha yoki «kubik» qilib qovurilgan kartoshka, petrushka, sholg‘om va sabzi «kubik» qilib, boshpiyoz tilik qilib qo’shib, yetilguncha dimlanadi. Tayyor raguga qaynatilgan yashil no‘xat yoki loviya solish mumkin. Ko‘rsatilgan sabzavotlardan tashqari boshqa sabzavotlar - baqlajon, gulkaram, chuchuk qalampir va hokazolar qo‘ shish ham mumkin. Ragu porsiyali tovalarda beriladi; ustiga ko‘katlar sepiladi.
Azu, urib yumshatib «shpal» shaklida kesilgan go‘sht qovuriladi va issiq quruq sho‘rva qo‘yib, jazlangan boshpiyoz, tomatpyure yoki pomidori solib, yetilguncha dimlanadi. Quyuq sho‘rva qo‘yib olinadi va unga jazlama un qo‘shib sardak tayyorlanadi. Go‘shtga sardak, archib «rombik» qilib to‘g‘rab issiq suvga botirib olingan bodring, to‘g‘ralgan sarimsoq, «kubik» qilib to‘g‘rab qovurilgan kartoshka solib, 10 - 15 minut dimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |