Mundarija: Kirish i-bob. Genetika faniga kirish, maqsadi, vazifalari va rivojlanish istiqbollari



Download 43,76 Kb.
bet4/8
Sana01.07.2022
Hajmi43,76 Kb.
#722001
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Genetikaning dolzarb muammolari va istiqbollari

Gеnеtika va tibbiyot. Hоzirgi vaqtda оdamlar оrasida 2500 ga yaqin irsiy kasalliklar mavjudligi aniqlangan. Ayrim irsiy kasalliklarni vaqtida aniqlab, unga tеgishli yo’llar bilan yondashilsa, ularning оldini оlish imkоniyati tug’iladi. Ayniqsa, yangi tug’iladigan chaqalоqlarning hayotini – galaktоzеmiya, fеnilkеtоnuriya kabi kasalliklardan tеgishli dоri-darmоnlar va parhеz yo’llari bilan saqlab qоlish mumkin. Insоn hayotini оg’ir kasalliklardan saqlab qоlishda antibiоtik prеparatlarining kashf etilishi farmasеvtik gеnеtika fanini vujudga kеltirdi. Bu fan yutuqlaridan fоydalanish farmasеvtika sanоatida antibiоtik prеparatlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda muhim ahamiyatga ega. Turli irsiy kasalliklarni aniqlash va ularni davоlashda gеnеtika muhim ahamiyatga ega. Bu sоhada оlib bоrilayotgan ilmiy ishlar tibbiyot gеnеtikasini vujudga kеltirdi.
Gеnеtika va ekоlоgiya. Insоn ishtirоkida tabiiy jarayonlarga turlichа o’zgartirishlar kiritildi, ya’ni o’rmоnlar kamaytirildi, dеngiz va daryolarda suv kamaydi. Masalan, Оrоl dеngizi qurib bоrmоqda. Muhitni iflоslantiruvchi оmillarning atrоf-muhitga tarqalishi natijasida tuprоq, havоning tarkibi buzildi. Bu esa o’z navbatida, o’simlik va hayvоnlar populasiyalari dinamikasining o’zgarishiga оlib kеldi.
Insоn tоmоnidan qo’llaniladigan turli хil mutagеn оmillarning atrоf-muhitga tarqalishi anоmal gеnlar konsentrasiyasining to’planishiga va irsiy kasalliklarning ko’payishiga imkоniyat tug’diradi. Shuning uchun ham qishlоq хo’jaligi, tibbiyot yoki оziq-оvqat sanоatiga tavsiya etilgan har qanday yangi mоddaning, yangi ta’sirning gеnеtik faоlligi o’rganiladi va kеyin ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Gеnеtik faоllikni o’rganishda turli хil sinоv tizimlari: mikrооrganizmlar, drоzоfila, sichqоn va bоshqalardan fоydalaniladi. Umuman, irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rganuvchi gеnеtika fanini insоn faоliyati bilan bоg’liq barcha tirik оrganizmlarga – o’simliklar, hayvоnlar, оdamlar va mikrооrganizmlarga tatbiq qilish mumkin.
1.2. Genetika fanining maqsadi va vazifalari
Tirik organizmlarning ikki xususiyatini – irsiyati va o‘zgaruvchanligini genetika fani o‘rganadi. O‘rganish obektiga ko‘ra biologik fanlar jumlasiga kiradi.
Genetika o‘rganadigan irsiyat va o‘zgaruvchanlik yer yuzidagi olam evolyusiyasini ta’minlovchi muhim 2 ta omil xisoblanadi. Irsiyat barcha organizmlarga xos bo‘lib ularning oila, avlod, tur va turkum navga xos bo‘lgan xususiyatlarni nasldan – naslga o‘tkazadi. Irsiyat tufayli ota-ona organizmlarining belgisi va xususiyatlarining kelgusi avlod uchun turgun saqlanib qolishi irsiyatning bir tomoni, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashunuvi harakatlarini va rivojlanish tipini ta’minlashdir.
Hujayraning jinsiy va jinssiz ko‘payishi orqali ota-ona belgi va xususiyatlari kelgusi avlodga beriladi.
Jinsiy ko‘payishda erkak (sperma) va urg‘ochi (tuxum) hujayralar o‘zaro qo‘shilib, urug‘lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda bo‘lib, avlodlar shu orqali bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Jinsiz ko‘payishda ham xuddi shunday bo‘ladi. Har qanday organizmning belgi va xususiyatlari indivudial rivojlanish jarayonida tashqi muxit ta’sirida shakllanadi.
Har bir organizmning rivojlanishi uning irsiyati bilan bog‘langan. Shunday bo‘lmaganida edi bir turdan ikkinchi bir tur vujudga kelmasdi.
Irsiyatning moddiy negizi – har bir hujayraning, qiz hujayraga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lishidir. Bunda asosiy rolni hujayra yadrosidagi xromosomalar o‘ynaydi.
Xromosoma grekcha so‘z bo‘lib “xromos—bo‘yoq, rang, soma- tana” degan ma’noni bildiradi. Xromosoma o‘z nusxasini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, hujayra bo‘linganda xromosomaning bu nus’halari uzunasiga ikkiga bo‘linadi.
O‘zgaruvchanlik har bir organizmning ikkinchi xossasi bo‘lib avlodlarning bir yoki bir qancha belgilari bilan o‘z ajdodlaridan farq qilishdir. Bunday qaraganda o‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, u ham aslida tirik organizmga xos xususiyatdir. Organizmlar rivojlanish sharoitiga qarab o‘zgaradi.
O‘zgaruvchanlikning o‘zi bir necha xil bo‘ladi. Ota-onada bo‘lmagan va uzoq ajdodlarda bo‘lmagan belgi va xususiyatlarni paydo qiladi. Organizmlarning belgi xususiyatlarining o‘zgarishi tashqi sharoit bilan birga bir qancha genlarning o‘zgarishiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgaruvchanlik mutasiya deyiladi. Mutasiya tasodif yuzaga keladigan sifat o‘zgarishidir.
Bundan tashqari kombinasion o‘zgaruvchanlik ham mavjud. Bu odatda chatishtirish yo‘li bilan, har xil genlarning birikishi natijasida hosil bo‘lib organizm belgilarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Misol: Sersut sigirni sergo‘sht buqa bilan chatishtirishda ona va ota belgilarining o‘tishi, ikki xil rangga mansub gulni chatishtirish natijasida boshqa bir xil belgilar olish, tik turadigan bug‘doy navini, ser hosil yotib qolishga moyil nav bilan chatishtirish va xokozo. Bu belgilar keyingi avlodlarga o‘tadi. Individual rivojlanish jarayonida organizmlarning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin. Buni ontogenetik yoki fenotipik o‘zgaruvchanlik deyiladi. Bu ham irsiyatga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi sharoit ta’sirida har qanday organizm rivojlanib boradi. Rivojlanish sharoitining farqi genlar ta’sirining yuzaga chiqishini ham o‘zgartiradi. Rivojlanish sharoitining o‘zgarishi natijasida genlar ta’sirining yuzaga chiqishida sodir bo‘ladigan o‘zgaruvchanlik modifikasion o‘zgaruvchanlik deyiladi. Modifikasion o‘zgaruvchanlikda genlar o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bunday o‘zgarishlar keyingi avlodlarga berilmaydi. Irsiyat tufayli nafaqat avlodlar o‘rtasidagi o‘xshashlik emas, balki o‘zgaruvchanlik ham bir qator bo‘g‘inlarda saqlanib qoladi.
Xulosa qilib aytganda bizga tirik organizmga xos bo‘lgan bir-biriga teskari va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jarayonlarlarni, ya’ni irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganish genetika fanining bosh mavzusi hisoblanadi.
Zamonaviy genetika fani irsiyat va o‘zgaruvchanlikni tirik tabiatning molekulyar xromosoma, hujayra, tirik mavjudot va populyasiya darajasida o‘rganadi. Tekshirish usullari va manbalarning har xilligi uning bir qancha bo‘limlarini yuzaga keltirdi. Masalan: populyasion genetika, matematik genetika, sitogenetika, o‘simlik, hayvon va odam genetikasi, mikroorganizmlar genetikasi kabilardir.
Har qanday organizmning irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganishda genetik tahlil usuli asosiy hisoblanadi. Uni o‘zi bir qancha tekshirish usullarini o‘z ichiga oladi.
Chatishtirish natijasida olingan duragayning keyingi bir qancha bo‘g‘inlariga ota-onaning ba’zi bir belgilarining berilishi, genlarning o‘zgartirishi va birikishi (kombinasiyasi) gibridologik tahlilning asosiy usuli hisoblanadi.
Irsiyatning moddiy asosi Sitologik usul asosida o‘rganiladi. Bu usul irsiyatning anatomiyasini o‘rganishga xizmat qiladi. Hujayra tuzilishi har xil mikroskop orqali o‘rganiladi. Shu bilan birga irsiyatning asosini o‘rganishda sitokimyoviy, biokimyoviy, biofizikaviy fiziologik usullar qo‘llaniladi.
Sitologik va gibridologik tahlil usullarini birga qo‘shib o‘rganish mustaqil sitogenetik usulini tashkil etadi.
Fenogenetik yoki ontogenetik usul yordamida organizmlarning individual rivojlanish davrida genlar ta’siri natijasida ularda yangi belgilar paydo bo‘lishi, yuzaga chiqishi o‘rganiladi. Bu usulda genning ta’siri har xil bo‘ladi. Masalan: bir hujayra yadrosini ikkinchi hujayraga ko‘chirish, irsiy jihatdan har xil bo‘lgan to‘qimalar payvandlash kabilar o‘rganiladi.
Keyingi vaqtlarda organizmlarning xo‘jalik uchun qimmatli miqdoriy belgilarining irsiylanishini o‘rganishda matematik usuldan foydalanmoqda.
Hozirgi zamon genetika fanning asosiy vazifasi irsiy va o‘zgaruvchanlik bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy masalalarni o‘rganish bilan birga qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni ham o‘rganishdir.
Genetika—seleksiya va urug‘chilikning nazariy asosi xisoblanadi.
Seleksiyada tur va navlarni, avlod va ajdodni o‘zaro chatishtirish geografik, sistematik yo‘nalishda bo‘ladi. Umuman bir biridan juda uzoq turlarni chatishtirishda qiyinchilik katta bo‘lib, olingan duragaylar ko‘p hollarda naslsiz bo‘lib chiqadi.
Har tomonlama va puxta-pishiq mutantlar seleksiyaning oltin fondi hisoblanadi.



Download 43,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish