Mundarija: Kirish i-bob. Filogenetik daraxtni yaratish


Filogenetik daraxtlar tuzish



Download 272,77 Kb.
bet5/12
Sana09.06.2023
Hajmi272,77 Kb.
#950134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Filogenetik daraxtlarni tuzish algoritmlari

1.2. Filogenetik daraxtlar tuzish


Filogenetik daraxtlarda bizni qiziqtirayotgan turlar daraxt shoxlarining uchlarida joylanadi. Ushbu shoxlar turlarning evolyutsion tarixini ifodalagan holda oʻzaro tutashgan boʻladi. Umumiy ajdoddan rivojlanib chiqishi shoxlanish (yaʼni ikkiga ajralish) bilan ifodalanadi. Har bir shoxlanish nuqtasida shu shoxlardagi turlarning eng soʻnggi umumiy ajdodi joylashadi. Daraxtdagi har bir chiziq uzoq davom etgan rivojlanishdagi avlodlar ketma-ketligini ifodalaydi.

7-rasm.
Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0ʼga tegishli Taxonomy and phylogeny: Figure 2 (Taksonomiya va filogeniya: 2-rasm) nomli grafik material oʻzgartirib olindi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun filogenetik daraxtlar mavzusini koʻrib chiqing.
Filogenetik daraxtni oʻqiy olgan taqdiringizda ham sizni bir savol qiynashi mumkin: filogenetik daraxtlar oʻzi qanday tuziladi? Ushbu maqolada filogenetik daraxtlar qanday tuzilishi bilan yaqinroq tanishib chiqamiz.

Filogenetik daraxt tuzish ortidagi asosiy gʻoya


Filogenetik daraxt qanday tuziladi? Uning asosida Darvinning “modifikatsiyalangan avlod” nazariyasi yotadi. Umuman olganda, hozir mavjud organizmlardagi yangi paydo boʻlgan oʻzgarishlarga (yangi belgilarga) qarab ularning umumiy ajdoddan qanday rivojlangani haqida taxmin qilish mumkin.
Misol tariqasida quyida berilgan filogenetik daraxtni koʻrib chiqaylik (oʻylab topilgan sichqonsimon organizmlarning evolyutsion tarixi keltirilgan). Rasmda evolyutsiyaning turli bosqichlarida uchta yangi belgi paydo boʻlgani tasvirlangan: hurpaygan dum, katta quloq va moʻylovlar. Belgi paydo boʻlgan ajdoddan rivojlangan barcha turlarda ushbu belgi bor (rasmda alohida ajratilgan), ajdod paydo boʻlishidan oldin filogenetik daraxtdan shoxlangan turlarda esa ushbu belgi mavjud emas.

8-rasm.
Filogenetik daraxtlarni tuzish paytida bizni qiziqtirgan turlar guruhida bor, lekin ularning ajdodida boʻlmagan belgi yangi paydo boʻlgan belgi deb ataladi. Bizning misolimizda hurpaygan dum, katta quloqlar va moʻylovlar boʻlishi yangi paydo boʻlgan belgi, ingichka dum, kichik quloqlar va moʻylovlarning boʻlmasligi ajdod belgilari sanaladi. Shuni yodda tutish kerakki, yangi belgilarga oldin mavjud boʻlmagan belgi ham, mavjud belgining yoʻqolishi ham kiradi. Misol uchun, agar yuqoridagi misoldagi E turda dum yoʻqolganida, u ham yangi paydo boʻlgan belgi sanalar edi.
Toʻplangan maʼlumotlarda turlar yoki boshqa guruhlar ichida paydo boʻlgan yangi belgi filogenetik daraxtlarni tuzishda juda muhim oʻrin tutadi. Yuqoridagi misolda keltirilgan umumiy yangi belgilar turlar evolyutsiyasidagi shoxlanishlar sodir boʻlgani haqida muhim maʼlumot beradi.
Toʻplangan maʼlumotlardan foydalanib filogenetik daraxt tuzayotganimizda asosiy maqsadimiz hozir mavjud turlardagi yangi paydo boʻlgan belgilardan foydalangan holda ularning evolyutsiyasidagi shoxlanishlarni aniqlashdir. Muammo shundaki, bizni qiziqtirgan turlarning rivojlanishini va yangi belgilar ularda qachon paydo boʻlganini oʻz koʻzimiz bilan koʻra olmaymiz.
Buning oʻrniga biz teskari yoʻnalishda harakatlanamiz. Yaʼni oldin A, B, C, D va E turlarning belgilarini tahlil qilamiz, keyin esa ularning qaysi biri ajdoddan oʻtgan, qaysilari yangi paydo boʻlganini aniqlaymiz. Soʻngra olingan maʼlumotlar asosida yuqorida berilgandek daraxt tuzamiz. Bu usul bilan tuzilgan daraxt organizm turlari belgilarining shoxlanish qonuniyatlarini tushuntirib beradigan eng sodda sxema boʻlib, turlarning evolyutsion tarixi haqidagi gipoteza hisoblanadi.

Download 272,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish