Agar siz qachonlardir biolog olim boʻlsangiz va ilmiy ishingiz uchun filogenetik daraxt tuzishingiz zarur boʻlsa, dastlab unda organizmlar guruhini tanlab olishingiz kerak boʻladi. Bundan tashqari, ushbu organizmlarning qaysi belgilariga asoslanib filogenetik daraxtni tuzishni ham aniqlash zarur (ularning bir nechta jismoniy, biokimyoviy va xulq-atvor belgilaridan ayrimlari tanlab olinadi).
Agar filogenetik daraxtni sinflar uchun tuzadigan boʻlsak, belgilar odatda jadval koʻrinishida beriladi. Biz esa uni daraxt koʻrinishiga keltirishimiz kerak. Misol uchun, quyidagi jadvalda turli belgilarning bor (+) yoki yoʻqligi (-) koʻrsatilgan:
Belgi
|
Minoga
|
Antilopa
|
Oqbosh suvburgut
|
Alligator
|
Dengiz okuni
|
Oʻpka
|
0
|
+
|
+
|
+
|
0
|
Jagʻ
|
0
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Pat
|
0
|
0
|
+
|
0
|
0
|
Halqum
|
0
|
0
|
+
|
+
|
0
|
Yung
|
0
|
+
|
0
|
0
|
0
|
1-jadval. Robert Bear va boshqalar CC BY 4.0 ʼga tegishli “Taxonomy and phylogeny: Figure 4” (Taksonomiya va filogeniya: 4-rasm) nomli jadval oʻzgartirib olindi.
Keyingi qadamda berilgan belgilarning qaysi biri ajdodlarga tegishli, qaysi biri yangi paydo boʻlganini aniqlashimiz zarur. Misol uchun, oʻpkalarning mavjudligi ajdodlarda boʻlganmi yoki yangi paydo boʻlganmi? Eslatib oʻtamiz, ajdod belgi bu bizni qiziqtirgan organizmlar guruhi uchun umumiy boʻlgan ajdoddagi belgi sanaladi. Yangi belgilar esa ajdod turdan ajralib chiqish natijasida paydo boʻladi.
Oʻtmishni koʻrmasdan turib (zoʻr boʻlgan boʻlar edi, afsuski, iloji yoʻq-da) qaysi belgilar ajdodga tegishli, qaysilari yangi paydo boʻlganini qanday bilib olishimiz mumkin?
Test ishlayotganingizda yoki uyga vazifani bajarayotganingizda sizdan soʻralgan savolda odatda belgilarning qaysi biri ajdodga tegishli yoki qaysilari yangi paydo boʻlgani aytiladi.
Agar siz ilmiy ish ustida ishlayotgan boʻlsangiz, odatda ajdod va yangi belgilarni bir-biridan farqlash uchun yetarli bilimga ega boʻlasiz (masalan, qazilma qoldiqlariga asoslanib).
Sizni qiziqtirayotgan turlar guruhiga nisbatan uzoqroq qarindoshlik darajasiga ega boʻlgan tashqi guruh haqida maʼlumot ham beriladi.
Agar tashqi guruh berilgan boʻlsa, u shartli ravishda ajdod tur boʻlib xizmat qiladi. Yaʼni u ajdod turning belgilarini oʻzida namoyon qilgan deb hisoblashimiz mumkin.
Bizning misolimizdagi minoga jagʻsiz, normal skeletga ega boʻlmagan baliq boʻlib, u tashqi guruh vakili sanaladi (mustahkamlash uchun maʼlumotlar yana takrorlandi). Minogada jadvalda berilgan belgilarning hech qaysisi yoʻq. Unda oʻpka, jagʻ, pat, halqum va yung mavjud emas. Ushbu maʼlumotga tayangan holda, ushbu belgilarning boʻlmasligi ajdod belgi, ularning boʻlishi esa yangi paydo boʻlgan belgi deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |