5-Jadval
|
IBC
|
IBc
|
iC
|
Ic
|
iC
|
IBiCC
|
IBiCc
|
iiCC
|
IiCc
|
ic
|
IBiCc
|
IBicc
|
IiCc
|
Iicc
|
Ikkinchi avloddagi qizning qon guruhi birinchi – 0 bo`lsa-da, unda yana uchunchi qon guruhini belgilovchi gen – B bo`ladi. Lekin bu gen ikkita retssesiv epistatik gen ta’sirida o`z belgisini yuzaga chiqara olmaydi. Shunday genotipli qiz ikkinchi qon guruhli – A yigitga turmushga chiqqan, ya’ni:
IBicc IBiCC
Ikkita epistatik genlar (cc) IB genning ta’sirini yo`qtadi. Natijada bu qizning qon guruhi birinchi bo`ladi va oilada tug`ilgan bollarning genotipini quyidagicha yozish mumkin.
6-Jadval
|
IBc
|
ic
|
IAC
|
IAIBCc
|
IAiCc
|
iC
|
IBiCc
|
iiCc
|
|
|
|
Pennet katakchasida tug`ilish ehtimoli bo`lg anlarninggina genotiplari ko‘rsatilgan. Shulardan ikkitasi qizlar bo`lib birining qon guruhi — AB (IAlBCc), ikkinchisiniki esa - 0 (iiCc). To‘rtinchi qon guruhli qizning genotipida retsessiv epistatik genning (c) dominant alleli bo`lib (С ), с genning epistatik ta’sirini yo'qotadi. Natijada IA va IB allellar birgalikda to ‘rtinchi guruhli qonni, ya’ni o‘z belgisini yuzaga chiqaradi.
II BOB EPISTAZ TA’SIR XILLARI
2.1. Dominant epistaz
Allel bo`lmagan genlaming o‘zaro ta`sirining yana bir tipi epistazdir. Epistazda bir gen alleli ikkinchi allel bo`lmagan genning fenotipik namoyon bo`lishiga to‘sqinlik qiladi. Epistaz genlarni o‘zaro ta’sir turi belgilarning to`liq dominantligiga o‘xshash sodir bo`ladi. Lekin dominantlikda bir genning ikki alleli, bir-birini ustidan masalan, A>a ustidan dominantlik qilsa, epistazda esa allel bo`lmagan ya’ni A>B yoki В>А, a>B yoki b>A ta’siri kuzatiladi. Ustunlik qiluvchi genlar epistatik genlar nomini olgan. Ular ingibitor yoki supressorlar deb ataladi hamda I va S harflari bilan ifoda qilinadi. «Bo‘g‘ilgan» genlar gipostatik genlar deb ataladi. Epistaz genlarni o‘zaro ta’siri ikki turga bo`linadi:
1. Dominant epistaz;
2. Retsessiv epistaz.
Dominant epistazda ingibitor genlar sifatida dominant genlar qatnashadi. Dominant epistazda F2 da belgilaming fenotip bo‘yicha 13:3 va 12:3:1 nisbatda ajralishi kuzatiladi. F2 da belgilarning nisbatini 13:3 sxemada bo`lishi. Misol qilib tovuq va xo‘rozlardagi pat rangini olish mumkin. Tovuqning Leggom zotida patlar oq rangdadir.Ulami genotipi CCII Bunda C geni belgini namoyon qiladi, I dominant geni boisa, C geni ta’sirini «bo‘g‘adi». Natijada C genini fenotipda namoyon bo‘lishi rо‘у bermaydi. Viandot tovuq zotida ham patlar oq rangda bo‘lib, genotipi iicc. Leggom tovuqlarini Viandot xo‘rozlari bilan chatishtirishdan olingan Ғ1 avlodida tovuq va xo‘rozlar oq rangda bo`ladi. avlodidagi tovuq va xo‘rozlar o‘zaro chatishtirilsa F2 duragay avlodida 13/16 oq patli, 3/16 rangli patli tovuq va xo‘rozlar rivojlanadi.
Epistaz - tashkilotning fenotipik darajasidagi o'zaro ta'sir . Muayyan epistatik o'zaro ta'sirda ishtirok etadigan genlar genotipik darajada hali ham mustaqil assortimentni ko'rsatishi mumkin. Biroq, bunday hollarda, fenotipik nisbatlar mustaqil assortiment bilan kutilganidan farq qilishi mumkin. Ikki genni o'z ichiga olgan epistatik munosabatlar Yuqorida aytib o'tilganidek, olimlar digenik epistatik munosabatlarni yaxshiroq tushunish va tasniflash uchun ko'plab tadqiqotlar o'tkazdilar. Ikki gen o'rtasidagi o'zaro ta'sir yangi fenotip hosil qilish uchun topilgan tadqiqotning eng mashhur misollaridan ba'zilari keyingi bo'limlarda ko'rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |