§ Davlatdagi millatlarning soni va o’zaro munosabatlari;
§ Davlat hududining katta yoki kichikligi.
Milliy davlat tuzilishi ma`lum principlar asosida amalga oshiriladi. Ular:
§ Millatlarning suverenligi va teng huquqliligi;
§ Millat va elatlarning ozod rivojlanishi;
§ Baynalminallik, millatlarning hamkorligi va do’stligini ta`minlash.
O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar shuningdek Qoraqalpoqiston Respublikasidan iborat.
O’zbekiston Respublikasining davlat tuzilish jamiyatimizning siyosiy tashkillashtirilishida muhim o’rin tutadi va mustaqillikning real ifodasi hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bilan belgilangan hududiy tashkillashtirishdir. Ushbu masala davlatning tarkibiy qismlarga bo’linishini, bir butun davlat bilan uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabatini bu qismlarning har birini huquqiy holatini qamrab oladi.
Ma`muriy-huquqiy bo’linma - bu ma`muriy-huquqiy tuzilish tizimining mustaqil tarkibiy qismi bo’lib, bunda davlatning vazifalari va asosiy funkciyalariga muvofiq tarzda davlat apparati mahalliy organlarining strukturasi tuziladi va faoliyati amalga oshiriladi.
Ma`muriy huquqiy bo’linmalar deganda, har bir davlatning joylardagi huquqiy bo’laklari tushuniladi.
Ma`muriy hududiy bo’linish ikki xilda namoyon bo’ladi:
§ siyosiy-hududiy bo’linish;
§ ma`muriy-hududiy bo’linish.
Ma`lum davlat hududida siyosiy jihatdan alohida davlat mavjud bo’lsa, bunday davlatning hududiy bo’linishi murakkab hisoblanib, u siyosiy-hududiy bo’linishga ega bo’lgan davlat deyiladi.
Agar davlat faqat ma`muriy-hududiy bo’laklardan iborat bo’lsa, bunday davlat ma`muriy-hududiy bo’linishga ega davlat deyiladi.
O’zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilish jarayoni dastlab ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bu – O’rta Osiyo milliy davlat chegaralanishi bo’lib u davlat tarixiga ma`muriy-hududiy rivojlantiruv degan nom bilan kirib keldi (1924-1925 yillar).
Ikkinchi bosqich – oblast`, uezd, volst, qishloq soveti shakllaridagi to’rt bo’qinli ma`muriy bo’linishdan – okrug, rayon, qishloq soveti shakllariga o’tish orqali amalga oshirildi. 1930 yildan boshlab okrug ma`muriy birligi oblast` ma`muriy birligi bilan almashtirildi.
O’zbekiston davlati o’z mustaqilligiga konstitusiyaviy, tinch yo’l bilan erishdi. Uning ma`muriy-hududiy tuzilishi ham barcha davlat organlari institutlari singari o’zining konstitusiyaviy kafolatlariga egadir. Bu to’qrisida Respublikamiz Konstitutsiyasining yuqorida ko’rsatilgan 16 bobi 68-moddada tasdiqlangan
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16bobi Oʻ.Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishih.t.ga bagʻishlangan. Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat" (68-modda). Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriyhududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — tuman, shahar, shaharcha, sishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam boʻlmagan va uning 2/, qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriyhududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl staitsiyalari va boshqalar muhim obʼyektlar yaqinida joylashgan hamda, qoida tariqasida, kamida 2 ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriyhududiy tuzilish, toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida"gi qonun (1996 yil 30 avg .)da viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish tartibi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |