Mundarija
Kirish.
I.BOB.Davlat tuzilish shakllari.
1.1. Ma`muriy-hududiy tuzilish.
1.2. O’zbekiston Respublikasining hududiy tuzilishi.
II.BOB.O’zbekiston ma’muriy hududiy tuzulishi va viloyatlar haqida ma’lumot.
2.1.Viloyatlar haqida qisqacha ma’lumotlar
2.2. Qoraqalpoqiston Respublikasining huquqiy holati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Oʻzbekiston hududining maʼlum qismlarga boʻlinishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-bobi Oʻ.Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishih.t.ga bagʻishlangan. Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat" (68-modda). Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriyhududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam boʻlmagan va uning 2/3 qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriy-hududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl staitsiyalari va boshqalar muhim obʼyektlar yaqinida joylashgan hamda, qoida tariqasida, kamida 2 ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriyhududiy tuzilish, toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida"gi qonun (1996-yil 30 avgust)da viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish tartibi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |