Mundarija kirish i-bоb. Cholg'uda ijro etishni o'rgatishning asosi



Download 164,68 Kb.
bet1/9
Sana14.07.2021
Hajmi164,68 Kb.
#118539
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

MUNDARIJA
Kirish

I-bоb. Cholg'uda ijro etishni o'rgatishning asosi

1.1. Kontrabas cholg`usida ijro etishni o'rgatish

1.2. Kontrabas cholg'usi to'g'risida

II -bоb. Cholg'uchining ijro etish paytidagi holati (Postanovka)

2.1. Kontrabasda tovush hosil etishning asosiy usullari

2.2. Sahnada ijro etish amaliyoti

Xulosa.


Adabiyotlar ro`yxati
KIRISH

Respublikamizda torli cholg‘ular ijrochiligini yanada yuqori pog'onalarga ko'tarishda o'rgatish uslubiyotining sifatli darajada bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim muassasalariniring oldiga qo'yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda cholg'uda o'rgatish ishi uchta asosiy vazifani ko'zda tutadi: ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta'lim berish vazifasi asosiy va hal qiluvchi masalalardan bin bo'lib, o'quvchilar cholg'uda ijro etish1 uchun zarur bo'lgan bilimlarni egallaydilar va shu bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini hosil qiladilar.

Rivojlantirishning asosiy maqsadi shundan iboratki, o'quvchilarning bilimni anglab yetish imkonlyatlarini rivojlantirib, turli ilmiy axborotlardan to'g'ri xulosa chiqarib olishga o'rgatishdir. Bu jarayonda o'quvchilarni asta-sekin ijodiy fikrlashga o'rgatish ishi ham amalga oshirib boriladi.

Tarbiyalash vazifasi (ta'lim berish va rivojlantirish bilan birgalikda) ta'lim umumiy jarayoniga kompleks yondashishning ajralmas qismidir. Tarbiyalashdan maqsad, dars mazmuni va uslublari orqali yosh avlodni o'z jamiyati mafkurasini to'g'ri idrok qilishga o'rgatishdir. O'quv tizimining barcha pog'onalarida torli cholg’ularda ijro etishni o'rgatish uslubiyoti o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, ma'naviy va madaniy ongini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Cholg'uda ijro etishni o'rgatish jarayoni o'quvchilar tomonidan ijro asoslarini ongli ravishda puxta egallash, ijro uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni hosil qilish va ularni amalda qo'llay olish hamda mustaqil ijodiy fikrlash va kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, estetik didni shakllantirishga qaratilgan. Ijro etishni o'rgatish jarayonining quyidagi o'zaro bog'liq bo'lgan qismlari mavjud:



  1. Ta'limning mazmuni, ya'ni ijro etishni o'rgatish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar;

  1. та'lim berish (o'rgatish), o'qituvchining o'quvchilarda bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini uyg'otish, ijro etishni o'rgatish bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlarni bayon etish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, o'zlashtirilayotgan bilim va ko'nikmalarni nazorat qilib .borish;

v) o'rganish — o'quvchilarning bilim olishlari bilan bog'liq bo'lgan o'quv faoliyatlari, bunga aqliy va jismoniy harakatlar kiradi;

g) o'quv vositalari — bunga darsliklar, qo'llanmalar, cholg'u asbobi, notali uslubiy ko'rsatmalar va hokazolar kiradi. . (

Endi cholg'uda ijro etishni o'rgatishning quyidagi vazifalarini ko'rishimiz mumkin:


  • kontrabasda ijro etishni o'rgatishning asosiy maqsadini aniqlash va asoslash;

  • o'rgatish mazmuni va tarkibiy qismlarini aniqlash va ularni muntazam ravishda takomillashtirish;

  • o'rgatish jarayonida ta'lim-tarbiya va o'quvchi shaxsini rivojlantirish.

Ijro etishni o'rgatishning vazifalarini qisqacha shunday tushuntirish mumkin: nima uchun va qanday o'rganish kerak?

O'rgatish tajribasi asosan nazariyaga suyangan holda ishlab chiqilishi mumkinligi sababli o'rgatishning; asosiy vazifasi cholg'uchilik tajribasiga tayangan holda ijro etish nazariyasini takomillashtirish, ta'lim jarayonining o'ziga xos muhim qonuniyatlarini hamda bevosita ijro etishni o'rganishdir.

Ijro etishni o'rgatish jarayonida o'quvchilarning ma'lum bilimlarga ega bo'lishlari qay darajada dars berish bilan bog'liq ekanligini aniq ko'rsatib berish qiyin. Lekin bunday bog'liqlik mavjud ekan, o'rgatish uslubiyotining maqsadi shu masalani oydinlashtirish, idrok etish va ilmiy jihatdan ko'rsatib berishdir.

Ta'lim va tarbiya umuman juda murakkab jarayon bo'lib, uning yo'nalishiga ko'plab omillar ta'sir etadi. Ta'lim berish bilan o'rganish hammavaqt ham bir xil natija beravermaydi.

O'rgatish uslubiyotining dolzarb masalasi — o'rgatish ishining tuzilishi va mazmunini aniqlab, ularni muntazam ravishda takomillashtirib borishdan iborat.

Ijro etishni o'rgatish jarayonida o'quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyati, irodasi hamda uning kamoloti uchun zarur bo'lgan boshqa sifatlar ham rivojlanib boradi. O'quvchida bilim va ko'nikmalarning mujassamlanishi asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Shu sababdan ijro etishni o'rgatishning faqat qisqa vaqt ichidagi natijasi bilan tanishish yetarli bo'lmay, balki o'rgatish va o'rganishning barcha bosqichlarini kuzatish kerak bo'ladi. Torli cholg’ularda ijro etishni o'rgatish ob'yektiv jarayon bo'lib, u ma'lum darajada shu sohadagi yig'ilgan tajriba va yutuqlar bilan bog'liqdir. Ijro etishni o'rgatishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

Boshqa fanlarda bo'lganidek, ijro etishni o'rgatish uslubiyotida ham musiqa bo'yicha umumiy bilim berish, o'rgatishning uslublari, o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish, o'quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish kabi masalalar ko'riladi.

Ayrim fanlarni o'rgatish uslubiyoti bilan tanishib chiqqandan so'ng, cholg'uda ijro etishni o'rgatishning asosiy vazifalari deb quyidagilarni tanladik:



  1. ijro etish asoslarini o'zida mujassamlashtirgan bilimlar tizimi bilan o'quvchilarni tanishtirish, cholg'uda ijro etish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar, usul va uslublar, tovush hosil etish ko'nikmalari, musiqa asarini o'rganish va ijro etish uslubiyotini amalda qo'llay olish;

  2. cholg'uda ijro etishni o'rgatish jarayonida o'quvchilarning eslab qolish qobiliyatlarinigina emas, balki mustaqil fikrlay olish va ijodiy qobiliyatlarini boyitish;

  3. o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

  4. ijro etishni o'rgatish jarayonida ma'naviy hamda estetik tarbiyani amalga oshirish;

5)o'quvchilarning umumiy musiqiy tarbiyasini amalga oshirish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash. Bu vazifalarni alohida, bir-biridan ajralgan holda hal etib bo'lmaydi. Ularning barchasi ta'lim jarayonida

bir-biriga bog'liq holda amalga oshiriladi.

O'quv materiallarini ilmiy asosda tanlash bilan o'rgatishning kerakli uslublarini qo'llash orqali cholg'uda ijro etishni o'rgatish oldiga qo'yilgan vazifalarni ijobiy hal etish mumkin.


Download 164,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish