Mundarija: Kirish i-bob. Chiqindisiz texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati va istiqbollari



Download 86,1 Kb.
bet3/7
Sana01.07.2022
Hajmi86,1 Kb.
#724916
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shahar va sanoatda chiqindisiz texnologiyalarni qo\'llashning ahamiyati va istiqbollari

1.2. Chiqindidan sifatli mahsulot


Namangan viloyatining Chust shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Savob” ko‘p tarmoqli agrofirmasida yangi texnologiya yordamida qog‘oz chiqindilari qayta ishlanib, karton mahsulotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
– Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarishga zamonaviy minitexnologiyalar va chet el investitsiyalarini jalb etish borasida yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, Xitoydan zamonaviy texnologik liniya keltirib, ishga tushirdik, – deydi korxona rahbari Valixon Hamidov. – Quvvati yiliga 900 tonnani tashkil etadigan mazkur loyiha ayni paytda bosqichma-bosqich o‘zlashtirilmoqda.
Korxonda yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘nta qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi. Asosan kollej bitiruvchilaridan tashkil topgan jamoa qisqa vaqt ichida oylik mahsulot ishlab chiqarish hajmini 25 tonnadan oshirdi. Buyurtmachilarga yil oxiriga qadar 300 tonna karton yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo‘lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ekt­lari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hi­soblanadi.
Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yil­larda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 foizi toksik chiqindilar toifasiga mansub), 35 mil­lion tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani ham­da ular 12 ming gektar may­donni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas.
Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ham­da ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri bosh­qarish tabiiy resurslarning o‘zgarishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda.
Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida na­faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug‘diradi. Shuning uchun mazkur muam­moga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qi­ladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hi­soblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shimoliy Yevropa mamlakatlarida allaqachon chiqindilarni alohida yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan, natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhitga ijobiy ta’siri juda katta. Chiqindilarni qay­ta ishlash energiya va xomashyo­ni sezilarli darajada tejaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘­ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34 foizi, shi­sha buyumlarning 43 foizi, qog‘oz va kartonning 54 foizi chiqindini qayta ishlash evaziga olinarkan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33 foizini, jun, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34 foizini turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi...
Bugungi kunda mamlakati­miz­da atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomat­ligi­ni himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foyda­lanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil ekologik siyosat yuritilmoqda. Ishlab chiqarish sohalarini zamonaviy texnologiya­lar bilan jihozlash va qayta jihozlash natijasida atmosferaga chiqa­rilayotgan zararli moddalarning miqdori 2,1 martaga, oqa­va suvlarning tash­lanishi 2 martaga kamaydi.
«O‘zbekistonda barqaror to­za ishlab chiqarish Dasturini ishlab chiqish va toza ishlab chi­qarishni tadbiq etish» hamda «O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni boshqarish bo‘­yicha Milliy strategiya va Ha­rakat rejasi» amalga oshirildi. BMTning Taraqqiyot Dastu­ri hamkorligida chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat siyosatini va harakatlar sa­maradorligini oshirishga qa­ratilgan «O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni boshqarish bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi» ishlab chiqildi.
Mazkur hujjat chiqindilar bo‘yicha muammolarni hal etish­da amalga oshiriladigan ishlarning strategik yo‘nalishi va muvofiqlashtirishning aso­si bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda asosiy e’tibor avvalo, chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat siyosatini va harakatlar samaradorligini oshirishga va ularni qisqartirishga, imkon darajasida ulardan qayta foydalanish hamda ikkilamchi qayta ishlashga qaratilgan.
Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar chiqindilar bilan birga, qimmatli modda va materiallarning yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, atrof-muhitning toksik sanoat va tibbiyot chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish, qattiq maishiy chiqindilarning yig‘ilishi, zararsizlantirish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan.
Chiqindilar bilan bog‘liq ish­larni amalga oshirish sohasi­dagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarga oid ekologik siyosat yuritish maqsadida 2002 yilda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonun qa­bul qilingan. Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’­sirining oldini olish ham­da chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishdan iboratdir.
Jamiyat rivojlangani sari huquqiy munosabatlar ham takomillashadi va tegishli sohalarga oid qonun hujjatlariga zarur qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish talab etiladi. Bugungi kunga kelib, yuqoridagi qonunni ham takomillashtirish zarurligini hayotning o‘zi ko‘r­satmoqda. Shuni hisobga olib, «Chiqindilar to‘g‘risida»gi O‘zbe­kiston Respublikasi Qo­nuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qo­nun loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Qonun loyihasida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish borasida aniq vakolatli davlat organini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga shart-sharoit yaratib berish, ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash, maishiy ro‘zg‘or chiqindilarini utilizatsiya qilishni tashkil etgan holda atrof-muhitga, insonlar sog‘lig‘i va mulkiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan bog‘liq me’yorlar belgilanayapti. Chiqindilarni qayta ishlash sohasini rivojlantirishda iqtisodiy usullardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, xorijiy investitsiyalarga yo‘l ochish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hisobiga zamonaviy chiqitsiz va kamchiqitli texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda Sog‘liqni saq­lash vazirligi tomonidan tib­biyot chiqindilari, ya’ni patogen mikroorganizmlar bilan zararlangan maxsus chiqindilarni yo‘q qilish va zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. Ammo, bunday chiqindilar qaysi toifaga mansub, ularga qanday yondashish zarurligi ushbu qonunning biron moddasida aks etmagan. Shuning uchun qonunga «xavf­li xususiyatga ega bo‘lgan max­sus (spetsifik) tibbiy va biologik chiqindilar» tushunchasini kiritish taklif etilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari ishlab chiqarish chiqindilarining bugungi kundagi holati yuzasidan monitoring ishlarini amalga oshirishga oid me’yor bilan kengaytirish zarur deb hisoblanmoqda.
Maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish yuzasidan korxonalarni rivojlantirish, texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalashda investitsiyalarni jalb etish hamda sohada raqobat muhitini yaratish maqsadida mutasaddi agentlikka qo‘shimcha vakolatlar berish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, chiqindilarni to‘p­lash va qayta ishlash sohasining qonunda belgilangan moliyaviy manbalari qatoriga xorijiy investitsiyalarni ham qo‘shish taklif etilayapti.
Qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan aksariyat huquqiy me’yorlar partiyamiz dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi bilan bevosita bog‘liqdir.
Xususan, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qi­lish, aholi salomatligini hi­moyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan islohotlar yanada izchil davom etishi, chiqindilar bo‘yicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning huqu­qiy asoslari mustahkamla­nishi partiyamiz elektorati manfaati nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga egadir.
Hozirda mazkur qonun loyi­hasini yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, «Chi­qindilar to‘g‘risida»gi Qonunga hayotning o‘zi taqozo qilayot­gan o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilishi mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari takomillashishiga, chiqindilar qayta ishlanishi rivojlanishiga, eng muhimi, ekologik madaniyat, iqtisodiyot yuksalishiga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz.

Download 86,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish