Mundarija: kirish I. Bob. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va ularni xisoblash


I. BOB. ASOSIY MAKROIKTISODIY KO`RSATKICHLAR VA ULARNI XISOBLASH



Download 0,78 Mb.
bet2/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#813564
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tayyor Iqtisodiy ko\'rsatkichlarni tasniflash kurs ishi

I. BOB. ASOSIY MAKROIKTISODIY KO`RSATKICHLAR VA ULARNI XISOBLASH.
1.1. Milliy iqtisodiyotni taxlil qilishda qo`llaniladigan asosiy
ko`rsatkichlar Yalpi ichki maxsulot tushunchasi.
Makroiqtisodiy statistika va taxlilda uzok davr mobaynida yalpi milliy maxsulot va yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Xar ikkala agregat ko`rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o`zaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy xisobchilik tizimini qo`llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkich sifatida tan olindi.
Ko`pgina iqtisodiy adabiyotlarda [YAIMga ishlab chiqarilishida ko`llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat`iy nazar, mamlakatning jugrofiy xududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baxolari yigindisi] deb ta`rif berib kelingan.
1993 yilda qabul kilingan BMT MXTning yangi talqiniga ko`ra Yalpi ichki maxsulot (YAIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi.
Yangicha talqiniga ko`ra:
YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma`lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baxolarininng umumiy yigindisidan iborat.
YAIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. CHunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat xududida bir yildan ortik faoliyat yuritsa o`sha mamlakat rezidenti deb karaladi.
«Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat`iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy xududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo`lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shugullanadigan, yoki mamlakat xududi bir yildan ortik yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar( korxonalar, uy xo`jaliklari) rezident xisoblanishadi»

Elchixonalar va xarbiy bazalar o`zlari tegishli bo`lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo`lib qolaveradilar. Aynan shu jixat YAIMni xisoblashda iqtisodiy va jug‘rofiy xudud o`rtasidagi farq deb qaraladi.


YAIM uch xil usul bilan xisoblanadi:
1) ishlab chiqarish usuli;
2) xarajatlar usuli;
3) daromadlar usuli.
Xar uchala usul bilan xisoblangan YAIM ko`rsatkichi xajmi statistik xatolar istisno etilganda o`zaro teng bo`lishi lozim. SHu bilan birga xar uchala usul bilan YAIM ko`rsatkichni xisoblashda o`ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.
Ishlab chiqarish usulida xisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo`shilgan qiymatlar yigindisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniklash statistik jixatdan qulay bo`lishi bilan birga uni xisoblashning muxim shartiga amal qilish, ya`ni bir qiymatni ikki bor xisobga olish, yoki oralik maxsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish xajmini to`gri xisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko`rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta xisobga olinish kerak. Ko`pgina maxsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o`taydi. SHu sababli YAMMda ayrim maxsulotlarni ikki va undan ko`p marta xisobga olmaslik uchun, fakat pirovard maxsulotning bozor qiymati xisobga olinadi, oralik maxsulotlar esa xisobga olinmaydi.
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash tsiklidan chiqqan, yakuniy iste`mol, jamgarish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.
Yakuniy tovarlar va xizmrtlarni ishlab chikarishda sarflangan oralik tovarlar va xizmatlar baxosi YAIMga qo`shilmaydi..
Qo`shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish baxosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o`rtasidagi farqi ko`rinishida aniqlanadi.

O`zbekiston Respublikasida YAIM dinamikasi va


ishlab chiqarish tarkibi






YAIMning ishlab chiqarish tarkibi,%

Davr-lar

Mos davrlarda joriy baxolarda, mlrd.so`m

O`tgan yilning mos davriga nisbatan % (taqqoslama baxolarda)

Sano-at

Kishlok
xo`ja-
ligi

Quri-lish

Xizmat ko`rsatish soxasi

Sof soliqlar

2016

3255,6

103,8

14,2

30,1

6,0

37,2

12,5

2017

4925,3

104,2

14,2

30,2

5,8

28,2

11,9

2018

7450,2

104,2

14,5

30,1

4,9

37,9

12,6

2019

9837,8

104,4

15,8

28,6

4,5

37,4

13,7

2020

12189,5

107,7

17,1

26,8

4,5

37,6

14,0

Manba: «O`zbekiston iqtisodiyoti» Taxliliy sharx. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining SISM nashri,«№ 8,mart 2020,17- bet

Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM ko`rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni taxlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo`shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o`zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baxo berish imkonini beradi. ma`lumotlariga tayangan xolda O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan YAIMning tarmoq tuzilishini ko`rib chiqamiz


Avvalambor respublikamizda barqaror iqtisodiy o`sish tendentsiyasiga erishilganligi va 2004 yilda real o`sish sur`ati 107,7 foizni, YAIMning nominal xajmi esa 12189,5 mlrd. so`mni tashkil etganini qayd etish zarur.
2004 yilda YAIMning 17,1 foizi sanoat tarmoqlarida, 26,8 foizi kishlok xo`jaligida, 4,5 foizi qurilish soxasida va 37,6 foizi xizmat ko`rsatish soxasida yaratildi. Iqtisodiyot rivojlanishi, real sektorda ishlab chiqarish samaradrligi oshib borishi bilan sanoat va ayniqsa xizmat ko`rsatish sohalarining YAIMdagi ulushi ortib borilishi jaxon iktisodiy tarixida kuzatilgan xodisadir. O`zbekiston Respublikasida 2002-2004 yillarda sanoat tarmoklarining YAIM dagi ulushi ortib borayotganligi progressiv tarkibiy siljishdan dalolat beradi. Qo`shilgan qiymatlar yigindisi ko`rinishida xisoblangan YAIM tarkibiga sof bilvosita soliqlar, ya`ni davlat byudjetiga tushgan qo`shilgan qiymat soligi, aktsiz solig‘i va bojxona boji to`lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat byudjetidan ishlab chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o`rtasidagi farq xam qo`shiladi.
Sof soliklarning YAIMdagi ulushi 2004 yilda O`zbekiston Respublikasida 14 foizni tashkil etdi.
YAIMni xarajatlar bo`yicha xisoblash.
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb xam yuritilib, unda YAMMni xisoblash uchun yakuniy maxsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o`zaro qo`shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruxlanadi:
Uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari (S):
a) uzok muddat foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste`mol buyumlari sotib olishga;
v) iste`mol xizmatlari to`loviga.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini kurishga sarflangan;
v) tovar zaxiralari o`rtasidagi farklar yoki zaxiralarning o`zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu gurux xarajatlariga maxalliy va markaziy boshkaruv xokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard maxsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil’ yo`llari va pochta muassasalari kurilishi, davlat korxonalarida to`lanadigan ish xaki) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to`lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo`yicha xarajatlar o`rtasidagi fark.
YAMMni xarajatlar orkali xisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YAIM = S + I + G + Xp

O`zbekiston Respublikasida yaratilgan YAIMning foydalanish (xarajatlarga ko`ra) tarkibi taxlili (2-jadval) shuni ko`rsatadiki uy xo`jaliklarining iste`mol xarajatlari YAIM tarkibidagi eng salmokli komponent ekan. Bu ko`rsatkichning YAIMdagi ulushiga ko`ra O`zbekiston Rossiya Federatsiyasi, YAponiya va Frantsiya davlatlariga yakin turadi. YAlpi jamgarish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo`yicha ikkinchi komponent bo`lib 2004 yilda YAIMning 23,9 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 22,1 %ni, zaxiralarning o`zgarishi 1,8 %ni tashkil etgan. Takkoslov uchun maklumotlar keltiradigan bo`lsak[2002 yil yakunlariga ko`ra yalpi investitsiyalarning YAIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 21%ni, YAponiyada 17 foizni,Frantsiyada 24%ni, Xitoy Xalk Respublikasida esa 40 foizni tashkil etgan.


O`zbekiston Respublikasida YAIMning foydalanish tarkibi (%)


Davr


YAkuniy iste`mol xarajatlari jami, %

YAlpi jamgarish

Sof eksport

Xususiy

Davlat

Asosiy kapitalga yalpi ichki investitsiya

Zaxiralarning o`zgarishi va boshkalar

2016

61,9

18,7

24,0

-4,4

-0,2

2017

61,5

18,5

27,9

-6,8

-1,1

2018

60,2

18,0

22,1

-0,9

0,6

2019

55,6

17,5

21,0

-0,3

6,2

2020

51,7

17,1

22,1

1,8

7.3

Manba: «O`zbekiston iqtisodiyoti» Taxliliy sharx.


O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining SISM nashri,
«№ 8,mart 2020 ,17 bet

Tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi YAIMdagi salmogi jihatidan uchinchi pogonada bo`lib, 2019yilda YAIMning 17,1 %ini tashkil etgan.


Eksport xajmining keskin o`sishi va 2019 yilda tashki savdoda 1,03 mlrd. AQSH dollariga teng ijobiy qoldiqqa erishilishi tufayli sof eksportning YAIMdagi ulushi ko`tarilib 7,3 foizni tashkil etdi.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish