Mundarija: kirish I. Bob. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va ularni xisoblash


II.BOB. MILLIY IKTISODIYOT RIVOJLANISHI JARAYONLARIDA TURLI MAKROIQTISODIY KO`RSATKICHLAR



Download 0,78 Mb.
bet5/9
Sana17.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#813564
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tayyor Iqtisodiy ko\'rsatkichlarni tasniflash kurs ishi

II.BOB. MILLIY IKTISODIYOT RIVOJLANISHI JARAYONLARIDA TURLI MAKROIQTISODIY KO`RSATKICHLAR.


2.1. Mamlakatning makroiqtisodiy xolati ko`rsatkichlar tizimi.

Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko`rsatkichlar o`rtasida ma`lum proportsiyalar yoki tenglik ta`minlanishi lozim. Proportsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo`laklarining nisbatini, yoki shu bo`laklar o`rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YAMTD ning yakuniy iste`mol va milliy jamg‘arishga bo`linishini misol qilib keltirish mumkin.


Odatda YAMTD xajmida yakuniy iste`mol hajmi yukori bo`ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy xalq Respublikasi misolida ko`rdikki milliy jamgarmalarning ulushi xam yuqori bo`lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste`mol va milliy jamg‘armalarning YAMTD dagi ulushi 3:1 proportsiyada xam, 2:1 proportsiyala xam bo`lishi mumkin ekan.
SHu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo`lishi uchun ayrim ko`rsatkichlarning aynan teng bo`lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, yoki ko`rsatkichlar guruxlari o`rtasidagi mavjud bo`ladigan, yoki mavjud bo`lishi iqtisodiy qonuniyat xisoblagan o`zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblangan YAIM ko`rsatkichlarining o`zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat xisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o`rtasidagi tenglik xisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bo‘g‘lik bo`ladi. Bu ikki ko`rsatkich o`rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muxim shartidir.
Agarda, milliy iqtisodiyot tashki dunyo bilan xech kanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=O), deb faraz qilinsa, unda YAIM orkali ifodalangan ishlab chiqarish xajmi SHTD ga teng bo`ladi. Ya`ni:
YAIM = SHTD = S + S, ayni paytda: YAIM = S + I

Bu erda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:


S + I = S + S yoki I = S


Ushbu ayniyatdan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklarining jamg‘arishga bo`lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xoxishlariga mos tushsa, unda daromadlar xajmi (SKS) va yalpi xarajatlar (SKI) xajmiga tengligiga yoki ishlab chikarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.


Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochik, ya`ni eksport-import aloqalari yo`lga qo`yilgan, solik solish va transfert to`lovlari ko`rinishida davlat aralashuvi mavjud bo`lsin. Bunday xolatda jam‘arish tushunchasi murakkablashib, kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

S = Sp + Sd + Sx


Bu erda: Sp - xususiy jamgarmalar;


Sd - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (U), transfert to`lovlari (TR), davlat zayomlari bo`yicha foizlar yigindisidan (N) soliklar (T) va iste`mol (S) xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo`ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jagmarmalari kuyidagi mikdorga teng bo`ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamgarmalari nolga teng bo`lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamgarishning manfiy mikdori byudjet takchilligini (BT) bildiradi
BT = - Sg
Bu erda: BT – byudjet takchilligi mikdori.

Boshka mamlakatlarning jamgarmalari tashki dunyoning bizning importimiz xisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan xarajatlarini ayirib topiladi.


Sx k=M – X yoki Sx = -Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko`prok import kilsa, unda daromadlarning bir kismi xorijda koladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko`chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Xar kanday xolatda xam barcha turdagi jamgarmalarning umumiy yigindisi investitsiyalarga teng bo`ladi:
Sp = Sd + Sx = (U + TR + N –T ) -C + ( T – TR – N )) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sd + Sx = U - C - G - Xn
S = C + I + G - Xn - C - G - Xn
S = I

Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar xisobiga, balki tashki dunyo jamg‘armalari hisobiga xam amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o`sishiga olib keluvchi muxim shartlardan biridir.


Keynschilar fikriga ko`ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. CHunki investorlar va jamg‘aruvchilarnnig rejalari o`zaro mos kelavermaydi. SHu tufayli davlat to`gri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barkarorlikni ta`minlashi shart.


Iqtisodiyotda mavjud bo`lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni xisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaqtning o`zida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar miqdor va baxo darajalarining o`zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM miqdoriga bir vaqtning o`zida xam ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning fizik xajmi, xam baxo darajasi o`zgarishi ta`sir ko`rsatadi.
Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslama baxolarda xisoblashni zarur etib qo`yadi. CHunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real xolatini buzib ko`rsatadi. Iqtisodiyotni taxlil kilish, muammolarni aniqlash xamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baxolarda xisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baxolarda xisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o`larok milliy iqtisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baxolarda xisoblash qiyin. SHu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar baxosining o`zgarishi koeffitsienti ( baxolar indeksi) xisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baxolar indeksini yoki inflyatsiya darajasini xisoblash uchun:
- deflyator (Paashe indeksi);
- iste`mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baxolari indekslari xisoblanishi lozim.
Deflyator ko`rsatkichi quyidagi formula bilan xisoblaganadi:

 Qi1 Pi1


Deflyator = ------------- 100
 Qi1 Pi0

Bu erda: i – deflyatorni xisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni;


Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar xajmi mikdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko`ylak va x.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — maxsulotning shu yilga baxosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – maxsulotning bazis yildagi baxosi.
Deflyatorni xisoblash shartlari:
- odatda o`tgan yilga nisbatan xisoblanadi;
- bozor savati joriy yilda aniklanib keyingi yillarda o`zgartirilishi mumkin;
- bozor savatiga xam iste`mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YAIM dagi ulushi katta qismini tashkil kilishi kerak;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar xajmlari o`rtasidagi nisbat ularning YAIM dagi ulushlari o`rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.

Nominal YAMM


Real YAIM = ———————————— x 100
Deflyator

Iste`mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:


 Qi0 Pi1


INI = ------------- 100
 Qi0 Pi0
Bu erda:
Qi0– bazis yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar xajmi;
Pi1 – i – tovarning joriy yildagi baxosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi xajmi.
Iste`mol narxlari indeksi xisoblashning shartlari;
- bozor savati bazis yil uchun aniklanadi va bir necha yil davomida o`zgarmaydi;
- bozor savatiga fakat iste`mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning xajmi iste`mol xarajatlarining katta kismini tashkil etishi kerak.

INI ko`rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o`zgarmas bo`lganligi tufayli axoli iste`moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o`zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro`y bergan o`zgarishlarni xisobga olish imkonini bermaydi SHu sabrbli bu indnks baxolar darajasini biroz oshirib ko`rsatadi.


YAIM deflyatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar baxolarining oshishini xisobga olish imkonini bermasligi tufayli baxolar darajasini biroz pasaytirib ko`rsatadi. SHu sababli bu ikki indeksning o`rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi xisoblanadi:


If = Idef * Iini
Sanoat ishlab chikaruvchilar baxo indeksi iste`mol narxlari indeksi singari xisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat maxsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baxolarda xisoblanadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish