Mavzuning o‘rganilganligi. Ushbu kurs ishida bugungi kunda dolzarb masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy-amaliy tahlil asosida muhim masalalarni ochib berishga katta e’tibor berilgan.
Kurs ishining maqsadi. Ishning maqsadi neft va gaz qazib olinadigan hudularni tahlil qilish va qazib olish texnologiyalarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari. Tadqiqotning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar shakllantirilgan va yechimi amalga oshirilgan:
Neftni qazib chiqarish tarixi, asosiy neft saqlovchi hududlar.
Neftni foydali jihatlarini va xalq xo’jaligida ishlatilishini kashf etilishi. Dastlabki neft konlarini topish va qazib olish ishlari. Dastlabki Zamonaviy neft burg’ulash ishlari. Birinchi neft tankerlari.
Birinchi neftni qayta ishlash zavodi. Neftni qayta ishlash zavodlarining rivojlanish bosqichlari.
Respublikamizdagi neftni qayta ishlash sanoat korxonalari, ularning rivojlanish bosqichlari.
So’ngi yillarda O’zbekistonda neft sanoatining rivojlantirish istiqbollari.
Kurs ishining predmeti va obekti. Mamlakatimizda istiqlol yillarda davlatimiz rahbari tomonidan atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni keng jalb etish, diyorimizning boy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ravnaq toptirib, ularni aholi turmish darajasi va sifatini yanada oshirishga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilayapti. Ishda agrosanoat komplekslarida biomassa energiyasidan foydalanish samaradorligini asoslash tadqiqot obyekti sifatida, iste’molchilar uchun muqobil energiya manbalari asosida ishlaydigan issiqlik ta’minoti tizimini tadqiq qilish tadqiqot predmeti sifatida olingan.
I. Asosiy qism
I.1. Neftni qazib chiqarish tarixi, asosiy neft saqlovchi hududlar.
Neft va tabiiy gaz faqatgina yonilg‘i emas, balki kimyo sanoati uchun juda muhim xomashyodir. Buyuk kimyogar olim D.I.Mendeleev «Neftni yoqish – bu pullarni yoqish demakdir» - degan edi.
Neft va gazni qayta ishlash jarayonida har xil sun’iy tolalar (kapron, neylon, viskoza, jersi va x.), plastmassalar, kauchuk va rezinalar, sirt – aktiv moddalar, mineral o‘g‘itlar, sun’iy yunglar (nitron, kashmilon), spirtlar, yog‘lar, dori – darmonlar, xattoki oqsillar, va hokazolar ishlab chiqariladi.
Turli xildagi yonuvchi qazilma boylik turlari bo‘lgan (tabiiy energiya tashuvchilar) ko‘mir, neft va tabiiy gaz insoniyatga qadim zamonlardan ma’lum. Arxeologlar eramizdan oldingi 6-4 ming yilliklarda Efrat daryosi qirg‘oqlaridan neft qazib olinganligini va turli maqsadlarda, jumladan dori sifatida foydalanilganini isbotlashgan. Bundan tashqari quruvchilar Vavilon minorasi, Buyuk Xitoy devoridagi g‘ishtlar orasini mustahkamlashda ham neftdan (o‘sha vaqtlarda “er qatroni, ya’ni er smolasi deb atalgan”) foydalanishgan. SHuningdek neftni Efrat daryosidagi qadimgi to‘g‘on qurilishida va Semiramida osma bog‘lari qurilishida hamda asfaltlashda qo‘llaganlar. Neft qadimgi tarixda “YUnon olovi” deb nomlangan yonuvchi jismning asosiy qismi bo‘lib xizmat qilgan. Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarida, ya’ni Oksus (hozirgi Amudaryo) daryosi bo‘yida yashovchi xalqlar aholisi neftdan uylarini yoritishda foydalanganlar. Bu haqda qadimgi rim tarixchisi Plutarx (Aleksandr Makedonskiy yurishlari haqida yozgan tarixchi) ma’lumot berib ketadi.
Neft haqida YAqin va O‘rta SHarq, G‘arbiy Evropa va O‘rta Osiyo allomalarining asarlarida ham keltirib o‘tilgan.
Bobokalonimiz Buyuk Amir Temur armiyasida ham neftdan foydalanishgan. Qo‘shinning og‘ir artelleriya qismida ishlatiladigan, neftga bo‘ktirilgan, uzoq masofaga olovli jism otuvchi “Naftandoz” deb ataluvchi qurilma ishlatilgan.
XIII asrda sayohatchi olim Marko Polo Boku neftidan qanday foydalanishganini aytib o‘tadi. Unga ko‘ra Boku nefti yoritishda va teri kasalliklariga qarshi dori sifatida foylanilgan. XVI-XII asrlarda neft Evropaning ayrim mamlakatlariga, jumladan Rossiyaning markaziy rayonlariga Bokudan olib borilgan va undan meditsina, rassomchilikda ishlatiladigan ranglarni erituvchisi sifatida, shuningdek harbiy maqsadlarda granatalar tayyorlashda, shamolda o‘chmadigan chiroqlar, ovoz chiqarmasdan otiladigan qurollarning o‘zagi sifatida foydalanilgan.
Neftdan XVIII asrdan boshlab esa undan kerosin, XIX asrda benzin olib ishlatila boshladi.
Hozirgi kunda dunyodagi neft zahiralari 139,5 mlrd tonna (208,5 mlrd tonna shartli yonilg‘i) deb baholanmoqda. Bu zahira hozirgi kunda qazib olinayotgan hajmda qazib olinsa 40,1 yilga etishi mumkin. Ushbu zahiraning 66,4 %i YAqin va O‘rta SHarqda joylashgan. Bu hududlarda joylashgan neft konlari nafaqat yirik zahiralari bilan balki noyob tarkibi yuqoriligi (1 mlrd tonnadan ko‘p) va mahsulotlar turi yuqoriligi bilan (300 mln tonnadan 1 mlrd tonnagacha) ahamiyatga ega. Ushbu mamlakatlar orasida dunyodagi barcha neft zahirlarining chorak qismi mujassamlashgan Saudiya Arabistoni birinchi o‘rinni egallaydi. Yirik neft zahirasiga ega davlatlardan Iroq, Eron, Quvayt va BAA bo‘lib, ularning har birida dunyoning o‘ndan bir qism neft zahirasi mavjud. Neft zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Amerika qit’asi egallaydi – 15,3 % . Venesuela, Meksika, AQSH, Argentina va Braziliya shular jumlasiga kiradi. Afrikadagi neft zahirasi 6,3%ni tashkil qiladi. SHundan Liviya – 2,9, Nigeriya – 1,5 va Jazoir – 0,9% ga tegishli.
G‘arbiy Evropa hududida shu paytgacha neft va gaz zahiralariga boy emas. Lekin oxirgi o‘ttiz yil ichida SHimoliy dengizning Britaniya hududida (0,5 mlrd tonna) va Norvegiya hududida (1,5 mlrd tonna) neft zahiralari borligi aniqlangan.
Osiyo va Tinch okeani hududida Xitoy (2,35 %), Indoneziya (0,5 %), Malayziya va Astraliya (dunyodagi zahiraning 1% miqdorida) o‘z zahiralariga ega. SHarqiy Evropa mamlakatlari va MDH hududi 5,8% zahirasiga (dunyo zahirasiga nisbatan) ega.
Hozirgi kunda jahonda 25 mingdan ortiq sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan neft konlari topilgan bo‘lib, shundan 29 tasi eng katta zahiraga ega hisoblanadi (yirik konlarning ichida to‘rttasi deyarli 30 mlrd tonna zahiraga ega bo‘lib, bu dunyo bo‘yicha 22 % ni tashkil etadi) (jadval 1).
Noyob tarkibli va yirik neft konlarning (ular dunyoda 45 ta) katta qismi O‘rta SHarq va Lotin Amerikasi mamlakatlarida joylashgan.
Tarkibi kerakli neft mahsulotlariga boy bo‘lgan eng katta konlar Havar va Katta Burgon konlari hisoblanadi. Saudiya Arabistonida joylashgan Havar koni 10,2 mlrd tonna (bu MDH davlatlarining umumiy neft zahirasidan ham ko‘proq) neft zahirasiga ega bo‘lib, 1948 yilda ochilgan. Uning uzunligi 225 km, eni 16 dan 25 kmgacha, chuqurligi 1550-1750 m. Bir sutkada 1500 tonna neft qazib olinadi. Katta Burgon koni (Quvayt) 9,9 mlrd tonna zahirasiga ega bo‘lib, 1938 yilda ochilgan. CHuqurligi 1700-2300 m. Sutkasiga 1500 - 2000 tonna neft qazib olinadi
Agar neft va gaz konlarining geografiyasiga qaraydigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligi dengizlar yoki uning atrofida joylashgan. Bugungi kunda neft va tabiiy gaz barcha 5 ta okeanning tubida, jumladan Antarktidada ham mavjud.
Hozirgi vaqtda umumiy qazib olinayotgan neftlarning uchdan bir qismi dengiz neftlariga to‘g‘ri kelmoqda. Kelajakda bu ko‘rsatkich, ya’ni dengiz va okeanlar qa’ridan qazib olinadigan neft va tabiiy gaz miqdori jami qazib olinishi kerak bo‘lgan neft va gazlarning yarimiga teng bo‘ladi.
Dunyoda qidirib topilgan va hozirgi kundagi qazib olinayotgan uglevodorod xom ashyosi zahiralarining asosiy qismi beshta hududda: Fors ko‘rfazida, Marakaibo ko‘lida (Venesuela va Kolumbiyaga qaraydi), Meksika ko‘rfazi, Kaspiy va SHimoliy dengizda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |