MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………...3
I ASOIY QISM. SO‘Z YASASH JARAYONI TIL LUG‘AT TARKIBINI BOYITISH VOSITASI SIFATIDA
1. Fransuz tilida so‘z yasash usullari…………………….…..……..….…………4
2. Konversiya so‘z yasash usuli sifatida ………...……….…………..……….…7
3. Sifat so‘z turkumida konversiya va uning grammatik xususiyatlari..............13
4. Boshqa so‘z turkumlarida konversiya jarayoni ……....................................19
XULOSA …......……………………………………...…………………………..54
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI .………………………..60
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida katta o’zgarishlar yuz berdi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishdar yo’lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi”1 hamda “Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg’or mezonlar bilan o’lchanishi lozim”1, degan fikrlari fanimiz taraqqiyoti uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy hodisa sifatida faoliyat ko’rsatayotgan til doimiy harakatda bo’lib, to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Til nafaqat tafakkur mahsuli, ma’lum bir fikrni ifoda etuvchi vosita, balki butun bir olam mazmun-mohiyatini inson ongida aks ettirishga xizmat kiladi. Jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar tilda albatta o’z ifodasini topadi va tilning tarkibiy qismi hisoblangan konsept va tushunchalar kabi hodisani tilshunoslik nuqtai nazardan o’rganish maqsadga muvofiqdir2.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2010-yil 10-dekabr PQ 1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan yosh avlodni chet tillar o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxasislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida ularning jahon tamaddun hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishni bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida ilgari suradi.
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa yoshlarning jahon hamjamiyatida o‘ziga xos o‘rin egallashga intilayotganini ko‘rsatadi. Xalqimizning chet el mamlakatlari bilan hamkorlikda xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga katta ahmiyat berilmoqda.
Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi gaplari fikrimiz isbotidir: “O‘zbek bolasiga chet tilining ajib dunyosiga bemalol kirishi uchun imkoniyatlarni to‘liq ochib berishimiz darkor. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish milliy asosdagi jadallashtirilgan metodikasini tayyorlashni tezlashtirishimiz kerak”.3 Yurtboshimiz ta’lim tizimi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar bildirib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |