4. BOSHQA SO‘Z TURKUMLARIDA KONVERSIYA JARAYONI
Fransuz tilida sifat so‘z turkumi bilan bir qatorda ot va fe’l so‘z turkumlarida konversiya jarayoni ko‘p uchraydi. Mashhur tilshunos Delfin Tribu (Delphine Tribout) ushbu mavzu yusadidan ilmiy izlanishlar olib brogan va ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan. Jumladan uning “Les conversions de nom à verbe et de verbe à nom en français” (Fransuz tilida otdan fe’lga va fe’ldan otga o‘tish holatida konversiya) qo‘llanmasi fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi.4 U o‘sarida konversiyga shunday ta’rif beradi : “ La conversion est un procédé morphologique de formation d’unités lexicales, illustrée par les exemples en (1), au même titre que les procédés affixaux comme, par exemple, la suffixation en -iser formant des verbes dénominaux (cf. (2a)) et la suffixation en -age formant des noms déverbaux (cf. (2b)).
(1) a. agrafe > agrafer
b. marcher > marche
(2) a. caramel > caraméliser
b. laver > lavage
La conversion diffère cependant des procédés affixaux sur deux points essentiels :
a. elle est transcatégorielle, contrairement à l’affixation qui peut construire des unités de même catégorie que la base (cf. lire > relire, maison > maisonnette) ;
b. elle construit des unités lexicales phonologiquement indistinguables de leur base. À l’opposé, l’affixation marque formellement le dérivé comme différent de sa base”.5
U ushbu asarida konversiyaga uchragan so‘zlarni atroflicha, aniqroq qilib aytganda, semantik, morfologik va sintaktik jihatdan analiz qilib o‘rganib chiqadi. Asaridagi bir bobni ushbu analizlarga bag‘ishlaydi. U o‘zining asarida konversiya haqida gapirar ekan, fransuz tilida fe’l so‘z turkumidan ot so‘z turkumiga o‘tish holatlarini alohida ta’kidlab o‘tadi. Zamonaviy fransuz tilida bu holat juda ko‘p hollarda uchraydi. Bunday jarayon suffeks, prefekslar yordamida amalga oshadi.
Masalan:
a. bas>baisser>baisse,
carré>carrer>carre,
lissea>lisser>lissen – kabi;
“bas>baisser>baisse” – misolida ko‘rishimiz mumkinki dastlab sifatdan (bas) fe’l so‘z turkumi (baisser) hosil qilingan, keyin esa fe’ldan ot so‘z turkumi (baisse) hosil qilinmoqda.
Bundan tashqari fransuz tilida konversiya jarayonida ot so‘z turkumidan fe’lga va undan ya’na o‘zgargan holda boshqa yangi bir ot holida qaytish holatlarini ham uchratish mumkin.
Masalan :
bagot (nom)>bagotter (verbe)>bagotte (nom),
déclenche (nom)>déclencher (verbe)>déclenche, (nom)
groin (nom)>grogner (verbe)>grogne (nom)
jour (nom)>ajourer (verbe)>ajour, (nom)
rive (nom)>dériver (verbe)>dérive, (nom)
bout (nom)>embouter (verbe)>embout (nom)
char (nom)>charroyer (verbe)>charroi, (nom)
patte (nom)>patouiller (verbe)>patouille (nom)
Bir qarashda bu holar shunchaki oddiy qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash kabidek ko‘rinadi, lekin tilshunosh Delfin Tribu bu holatni konversiya sifatida asariga kirgizgan6.
Zamonaviy fransuz tilida so‘z yasashning bu usulidan foydalanish keng ommalashgan va bu holatda so‘zning bajargan grammatik vazifasi ham o‘zgarib ketadi ya’ni uning bajarayotgan sintaktik vazifasi ham o‘zgaradi. Bundan tashqari bu holatda unga beriladigan so‘roq ham boshqasiga o‘zgaradi.
Masalan:
a. Jean a fait tomber une agrafe.
b. Jean agrafe les feuilles ensemble.7
Birinchi misolda “agrafe” so‘zi ot so‘z turkumi bo‘lib, uning gapdagi sintaktik vazifasi COD ya’ni to‘ldiruvchi bo‘lib kelmoqda. Agar biz bu gap bo‘lagiga savol bermoqchi bo‘lsak qu’est-ce que so‘rog‘idan foydalanamiz. Ikkinchi misolda esa “agrafe” so‘zi fe’l so‘z turkumi bo‘lib kelmoqda. Bu esa tabiiy ravishda uning sintaktik vazifasini o‘zgarishiga olib kelgan va u gapda prédicat ya’ni kesim bo‘lib kelmoqda. Va buning natijasi o‘laroq uning so‘rog‘I ham o‘zgarmoqda ya’ni unga endi inversiya yoki “est-ce que” konstruksiyasi bilan savol berish mumkin.
Yoki yana bir boshqa misolni ko‘rib chiqsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |