Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


n–geksan riformingining natijalari



Download 0,98 Mb.
bet5/26
Sana14.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#795070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
BMI.Anvar (3)

n–geksan riformingining natijalari

Riforming

474 °C

500 °C

525 °C

O‘zgarish darajasi, %:



80,2

86,8

90,4

O‘zgargan alkanlarga hisoblaganda chiqish, % (mol).
Arenlarning (benzol):
Izomerlanish mahsulotlari:
Gidrokreking mahsulotlari:

16,6
58,0


25,0

24,1
36,9
38,0

27,4
23,4
49,0

Gidrokreking rolini susaytirish uchun jarayonni mumkin qadar past bosimda olib borish maqsadga muofiqdir, bu esa bir vaqtning o‘zida arenlarni muvozanatli chiqishiga olib keladi. 510 °C haroratda, hajmiy tezligi 1,5 soat -1 bo‘lganda va turli xil bosimda n – nonan riformingining (dastlabki nonanga nisbatan %da):


0,7 MPa 2,1 MPa
C1 – C4 10,5 21,5
Aromatik bo‘lmagan C5 va yuqori 19,0 20,0
C6 1,6 2,0
C7 3,1 5,8
C8 6,2 10,1
C9 54,5 36,4


Sikloalkanlarning o‘zgarishi. Riforming sharoitida sikloalkanlar ham izomerlanish, arenlargacha degidrogenlash va gidrokrekingga duchor bo‘ladi.
Olti a’zoli sikloalkanlar besh a’zolilarga karbkationli mexanizm bilan izomerlanadi:

Katalitik krekingda bo‘lgani kabi izomerlanishning muvozanati o‘ngga to‘liq siljigan bo‘lsa ham, reaksiya qaytardir, chunki olti a’zoli sikloalkanlar riforming sharoitida arenlargacha degidrogenlanadi, shu bilan birga muvozanat arenlar tomoniga juda ko‘p siljigan:

Siklogeksanni metilsiklopentan va benzolga tanlab o‘zgarishi reaksiya tezliklarining nisbati bilan aniqlanadi va katalizator komponentlarining faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Mexanizm bo‘yicha sodir bo‘ladi, shuning uchun katalizatorning yuqori kislotaligiga metil-siklopentanning chiqishi oshadi. Degidrogenlash katalizatorning metalli komponentida sodir bo‘ladi va metallning faolligi oshishi bilan benzol hosil bo‘lish tezligi oshib boradi. Olti a’zoli sikloeanning metalldagi adsorbsiyasi yo bir vaqtning o‘zida oltita S – N bog‘larning dissotsilanishi bilan yoki vodorod atomlarining birin – ketin tez uzilishi bilan sodir bo‘lishi mumkin:

Reaksiya endotermik, shuning uchun harorat oshishi bilan arenlarning muvozanatli chiqishi oshadi. Siklogeksan gomologlarining degidrogenlanish tezligi siklogeksannikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. gem – almashgan siklogeksanlar metil guruhining uzilishi yoki uning ko‘chishi bilan aromatlanadi:

Bitsiklik olti a’zoli sikloalkanlar ham monotsikliklarga o‘xshab degidrogenlanib naftalinning hosilalarini hosil qiladi.
Olti a’zoli sikloalkanlarning gidrokrekingi ma’lum darajada alkanlar uchun keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshadi. Riforming sharoitida olti a’zoli sikloalkanlar arenlargacha degidrogenlanish tezligi boshqa reaksiyalarning (besh a’zolillarga izomerlanish va gidrokreking) tezligidan yuqori bo‘ladi. SHuning uchun sikloalkanlarning tanlab arenlarga aylanishi deyarli 100 % ni tashkil etadi.
Besh a’zoli almashingan sikloalkanlar riforming sharoitida quyidagi reaksiyalarga kirishadi:
1. O‘rinbosarlarning o‘rniga qarab izomerlanish (oraliq karbkationlar orqali):

2. Degidroizomerlanish:

Birinchi reaksiyani katalizatorning kislotali markazlarida, ikkinchisi esa – metallik markazlarda amalga oshadi. Benzolning chiqishi haroratining oshishi va bosimning pasayishi bilan oshadi. 500 °C haroratda bosim 3,6 dan 1,5 MPa gacha pasaytirilganda benzolning chiqishi 45 dan 90 % gacha oshadi. Siklopentanni siklopenten va siklopentadiengacha degidrogenlanishi deyarli bormaydi, chunki reaksiyaning tezligi degidroizomerlanishning tezligidan ancha past. Siklopentadien metallda mustahkam adsorbsiyalanadi va katalizatorni zaharlaydi.
3. Halqaning ochilishi (gidrokreking):

Turli C-C bog‘ gidrolizining nisbiy tezligi dastlabki uglevodorodning tuzilishi, katalizatorning xossalari va reaksiya sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. toza alyumoplatinali katalizatorda gidrogenoliz platinada boradi va mahsulotning reaksiyalar (1), (2) va (3) bo‘yicha nisbati 2,4:2,1:1. ga teng. Jarayon sharoitida platinaning qisman faolsizlanishi sodir bo‘ladi va gidrogenoliz keyinchalik kislotali markazlarda karbkationli mexanizm bo‘yicha boradi:

Reaksiyaning asosiy mahsuloti bo‘lib n-geksan hisoblanadi.
Metilsiklopentanlarning degidroizomerlanishi reaksichsining tezligi izomerlanish va gidrokrekinglarnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi, shuning uchun metilsiklopentanning riformingda benzolning chiqishi 60 – 70 % ni tashkil qiladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish