Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


I.2.Katalitik riforming jarayonining kimyoviy asoslari



Download 0,98 Mb.
bet4/26
Sana14.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#795070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
BMI.Anvar (3)

I.2.Katalitik riforming jarayonining kimyoviy asoslari.
Katalitik riforming-benzinlarning detonatsion barqaror-ligini oshirish va arenlarni, asosan benzol, toluol va kislotalarni olish uchun mo‘ljallangan jarayon bo‘lib hisoblanadi. Jarayonni yuqori haroratda (500 °C atrofida), vodorodning bosimi (1,5-4MPa) bo‘lganda va kislotali hamda gidrogenlovchi–degidrogenlovchi funksiyalarni o‘zida mujassam qilgan bifunksional katalizatorda amalga oshiradilar. Kislotali funksiyani asosan alyuminits oksidi, gidrogenlovchi–degidrogenlovchi funksiyani esa VIII guruh metallari, asosan platina bajaradi.
Katalitik riforming asosida uchta turdagi reaksiyalar yotadi:
1)Alkanlarni degidrotsiklizatsiyalash, alkilsiklopentan-larni degidroizomerizatsiyalash, siklogeksanlarni degidrogenlash yo‘li bilan dastlabki xomashyoni aromatlash;
2) Uglevodorodlarni izomerlash;
3) Gidrokreking.
Katalitik krekingda bo‘lgani kabi yuqorida nomlari keltirilgan riforming reaksiyalarini amalga oshirish benzinning oktan sonini oshishiga olib keladi.
Bifunksionalli katalizatorlarni qo‘llash katalitik krekingga nisbatan rifoming jarayonlarida karbkationning hosil bo‘lishini ancha engillashtiradi. CHunki reaksiyaning boshlanishi uchun zarur bo‘lgan alkenlar platinali katalizatorlarda alkan va sikloalkanlarning qisman degidrogenlanishidan hosil bo‘ladi. Alkenlar undan keyin kislotali katalizatorda protonlanadi va karbkationlarga xos bo‘lgan barcha reaksiyalarga kirishadi. SHuning uchun riforming jarayonidagi kislotali katalitik reaksiyalarning tezligiga katalitik krekingdagiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi.
Alkanlarning o‘zgarishlari. Riforming jarayonida alkanlarning izomerlanishiga, degidrotsikllanishiga va gidrokrekinglanishiga duchor bo‘ladi.
Alkanlarning izomerlanishi karbkationli mexanizm bilan boradi, bunda riforming sharoitida termodinamik barqarorroq bo‘lgan kam tarmoqlangan izomerlar hosil bo‘ladi. Izomerlanish tezligi alkanning molekulyar massasi oshishi bilan oshadi.
Degidrosikllanish- riformingning asosiy reaksiyalaridan biridir, uning mohiyati alkanlarni arenlarga aylantirishdan iborat:

Degidrotsikllanish issiqlikning yutilishi (250 kJ/mol atrofida) bilan amalga oshadi, shuning uchun reaksiyaning muvozanat konstantasi harorat oshishi bilan oshadi. Bosim reaksiya muvozanatini chapga, ya’ni arenlarni gidrogenlash tomoniga siljitadi. Ammo amalda katalizatorda koksning to‘planishini kamaytirish uchun jarayonni vodorodning yuqori bosimi ostida olib boradilar. 500 0C haroratda vodorodning bosimi 1,5–1,7MPa bo‘lganda n–geptanni toluolga konversiyalanishining muvozanatli darajasi 95 %ni tashkil qiladi.
1.Platinada alkanlarni triengacha degidrogenlab, so‘ngra uni platina yoki alyuminiy oksidida sikllash:

2.Platinada halqali oraliq kompleks orqali C5 – sikllanish:

3.Platinada alkanlarni alkenlargacha degidrogenlash va alkenlarni alyuminiy oksidida sikllanib besh a’zoli halqani hosil qilishi. Reaksiya kelishilgan mexanizm bo‘yicha boradi va bu mexanizm qo‘shbog‘ni kislotali markaz bilan protonlashni hamda shu vaqtning o‘zida zanjirdagi uglerod atomidan protonni ajratib olishni o‘z ichiga oladi:

Hosil bo‘lgan besh a’zoli sikllar kislotali markazlarda olti a’zolilarga izomerlanadi va so‘ngra metallarda arenlargacha degidrogenlanadi.
Eksperimental ma’lumotlar aromatlash jarayoni ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha borishini isbotlaydi.
Agar dastlabki alkanning asosiy zanjirida oltitadan kam uglerod atomi bo‘lsa, unda aromatlash jarayonidan oldin asosiy zanjir uzayishi bilan boradigan alkanlarning izomerlanishi sodir bo‘ladi. Aromatlashning tezligi alkan zanjir uzunligining oshishi bilan oshadi. O‘nta va undan ortiq uglerod atomini saqlagan alkanlar tutashgan halqali arenlarni hosil qiladi. Ancha uzun yon zanjirga ega bo‘lgan arenlar qo‘shimcha halqalarni hosil qiladi:

Alkanlarning degidrotsikllanishi natijasida halqada maksimal miqdorda metil guruhlarini saqlagan benzol va naftalinlarning gomologlari hosil bo‘ladi.
Alkanlarning gidrokrekingi past molekulali birikmalarning hosil bo‘lishiga olib keladi:

Riforming jarayonida gidrokrekingning roli bitta ma’noga ega emas. Bir tomondan, alkanlar molekulyar massasining pasayishi oktan sonining oshishiga olib keladi, ikkinchi tomondan gidrokreking natijasida ancha ko‘p miqdorda gaz holidagi mahsulotlar hosil bo‘ladi, bu esa benzinning chiqishini kamaytiradi. SHunday qilib, gidrokreking roli chegaralangan bo‘lishi kerak. Haroratga bog‘liq bo‘lgan holda 0,7 MPa da va xomashyo yetkazib berishning hajmiy tezligi 2 soat -1 bo‘lganda n–geksan riformingining natijalari 2-jadvalda keltirilgan:
2-jadval

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish