Kurs ishi tuzilishi: Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati iborat bo‘lib, har bir bob o‘z navbatida ichki fasllarga bo‘lingan.
1-bob. XX asr Misr adabiyoti va unda Najib Mahfuz o‘rni.
1.1. XX asr Misr adabiyotida muhiti
XX asr boshlaridagi arab adabiyotida ko‘proq nasr taraqqiy topdi. Poeziyada esa, bu davrda mazmunan ko‘pincha an’anaviy lirika ustunligicha qoldi. Shoir va shoiralar ko‘hna o‘lchov shakliga amal qildilar.
Arab she’riyatida mumtoz an’analar kuchli bo‘lib, yangilanish jarayoni sekin va og‘ir kechdi. Shunga qaramasdan, ko‘hna qasida shakli yangi mazmun bilan boyidi: jo‘shqin vatanparvarlik, ozodlik harakatiga da’vat va jamiyatning boshqa dolzarb muammolari qasidaning asosiy mavzusiga aylandi. Qasida shaklining asta-sekin yemirilishi jarayoni boshlandi, poetik ijodni keng kitobxonlar qatlamiga yaqinlashtirish, tilni soddalashtirish keng tus oldi.5
Ushbu davrdagi adabiy muhitni kuzatar ekanmiz, unda adib va adibalar, shoira va shoiralar jamiyatdagi insonlar muammolarni olib chiqishga harakat qildilar. Ular endi jamiyatni emas, balki jamiyatda yashayotgan insonlarning his-tuyg‘ulari, ularning ichki dunyosini ochib berishga harakat qildilar. Bunda ular nafaqat jahon adabiyoti unsurlaridan, balki milliy merosdan ham foydalanib ochib berishga harakat qildilar. Jamiyatda faqatgina kuchli iroda sohiblari, yetuk insonlar rivojlantira oladi, degan g‘oya ular yaratgan asarlarning negizini tashkil qildi. G‘arb adabiyotidan kirib kelgan “ong oqimi” ularning asarlariga o‘zgacha joziba kasb etdi. Endi asarlarning qahramonlari ham, ularga yondashish ham o‘zgardi. Insonlarning ichki dunyosi, ularning o‘y-fikrlari tarannum etildi. Ushbu davrda avvalgi asarlar mayuslik, g‘amginlik ruhi ustun bo‘lsa, keyinchalik Misr yozuvchilari bu mayuslikning sabablarini qidira boshladilar. Bunga biz, Najib Mahfuzning “Favazer xuzeyran” (Iyun oyining topishmoqlari)6 romanini misol qilishimiz mumkin. Ushbu davrda samarali ijod qilga yana bir ijodkor Muhammad Hofiz Rag‘ab bo‘lib, u ham o‘z asarlari bilan ma`rifatga ilm olish bilangina erishish mumkin deb hisoblaydi. Uning “Al-Kura va ra’s ar-rajul” (To‘p va odam boshi)7 hikoyasida qahramon hammani jalb etish, ilm ulashish uchun o‘zini qurbon qiladi, lekin baribir odamlar unga e`tibor qilmaydi. Xuddi shunga o‘xshash yana bir hikoya Muhammad al-Busatiyning “O‘lgan odam haqida qissa”8 hikoyasi hisoblanib, u ham odamlarni ilmga chorlaydi, lekin oshkora emas. U vafot etadi lekin, ortidan odamlarni ergashtira oladi. Bundan tashqari ushbu davrda nafaqat insonlarni ichki dunyosini tasvirlash bilan asarlar, hikoyalar yozilgan balki, adiblar tashqi muhitni tasvirlash bilangina cheklanadilar. Bunday hikoya turiga Mahmud al-Vardaniyning “Qissat rajul mayyit” (Dengiz yonida)9 hikoyasini misol qilsak bo‘ladi. Bunda yozuvchilar tashqi hodisalrni, predmedlarni vasfiga ko‘proq vasf berib, voqelikni oddiy tasvir etsa-da, unda insonning ichki olami ham yashirin bo‘ladi.
Xullas, 60-yillarda esa jamiyating itimoiy tahlili va hayotni, hayotda sodir bo‘ladigan voqea hodislarni haqqoniy aks ettirish doirasida obrazlar tizimi va novellaning tuzilishida bir muncha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. XX asrning 60-yillaridagi voqealar Misr hikoyanavisligiga mayuslik olib keldi. Ayni shu davrda Misr novelistikasida yango yosh ijodkorlar o‘z asarlari bilan chiqib, eski uslublar, g‘oyalar, mazmun-mohiyatlarni o‘zgartirish va o‘rniga yangilariga ehtiyoj tug‘ilayotganligini ayta boshladilar. Endi ular olam va odam tushunchalariga alohida tusuncha sifatida qaray boshladilar. Shu davrda yozilgan asarlarni o‘qisak bilishimiz mumkinki, ularda yangi uslublardan tashqari o‘zlarining milliy merosi ya’ni an’anaviylik, milliylik qisman bo‘lsa-da saqlanib qolgan. Bu xususiyat, ayniqsa, Ibrohim Aslan, Hofiz Rag‘ab, Diyo ash-Sharqoviylarning ijodida kuzatishimiz mumkin. Ushbu adiblar Misrda “Yangi mavj” oqimi vujudga keltiradilar. Bu oqim vakillari jahon adabiyoti yutuqlarini milliy meros bilan birgalikda ijodiy qo‘llagan holda badiiy sara yarata boshlaydilar va shu tarzda o‘z milliy adabiyotlarini jahon adabiyoti sirasiga kiritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |